"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 181-190
181. Qur'oni Karim tafsiri bo'yicha katta bilimga ega bo'lganliklari uchun "tarjimanul Qur'on" laqabini olgan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos
182. Rasululloh s.a.v: "Kim jang qilmoqchi bo'lsa ... kabi jang qilsin", deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Osim ibn Sobit
183. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga "Muborak honadonni muborak kishisi" deya tarif berganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Sobit ibn Qays al-Ansoriy
184. Qur'onda har bir surani o'qishdan avval Allohni ismi zikr qilinadi lekin bir sura bor uni o'qishdan avval Allohning Rahmon va Rahimlik sifatlari tilga olinmaslik kerak bu qaysi sura?
Javob: Tavba surasi.
185. Alloh bizni nima uchun yaratdi? Bunga Quroni Karimdan dalil keltiring.
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. "Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Vaz-zoriyot, 56).
186. Rasululloh SAV "Olloh senga najot bersin, badaningdagi soch va tuklaringni barokatli qilsin", deya duo qilgan, duoning sharofati bilan yetmish yil umr ko‘rib, dunyodan xuddi o‘n besh yashar boladek navqiron bo‘lib o‘tgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Qatoda
187. Muhammadning s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning r.a. farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim? Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan yollangan?
Javob: Tarixiy asarlarda kelishicha, Imom Hasanning r.a. qotili o'zining ayoli Qays ibn Eshyos qizi Jiyda bo'lgan. Va buni Muoviya ibn Abu So'fyon yollagan.
188. Imom Husayn r.a. va u zotning qarindoshlarini qatl qilish uchun yuborilgan lashkar orasidan Imom Husayn tomonga bir ksihi o'tadi. Bu kishi ushbu fojeada birinchi shahidlikka erishadi. Bu kishini ismi nima?
Javob: Bu zot Riyoh o'g'li Huyur.
189. Islom olamida pochtani tashkil qilgan sahobiy kim?
Javob: Hazrati Umar.
190. Bizga ma'lumki inson avvali tuproqdan yaratilgan va yana tuproqqa aylanadi. "Tuproq" so'zi bilan tugaydigan sura qaysi???
Javob: Bu sura "Naba'" surasi bo'lib, uning so'nggi oyati shunday: 40. (Ey Makka kofirlari), darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe’ bo‘ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o‘zi qilib o‘tgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko‘rur va kofir kimsa: «Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam-(u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam)», deb qolur.