Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506098 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 20 B


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:28:18

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 321-330

321. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib o‘tgan?
Javob: Bartolomeo Dias.

322. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni "œKatta Bill" deb atashgan?
Javob: AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni "œKatta Bill" deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun mazsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

323. Birinchi marta "œQahramon ona" ordenini kimga berishgan?
Javob: "œQahramon ona" fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar "œQahramon ona"lar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

324. Pomidorning vatani qayer?
Javob: Braziliya.

325. Kofening vatani qayer?
Javob: Efiopiya.

326. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy qirg‘oqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?
Javob: Abel Tasman.

327. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?
Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss Grantdir. AQShning 17-prezidenti o‘z otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.

328. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo bo‘ldi. Uning kashfiyotchisi kim?
Javob: Genry Ford.

329. Asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 38-prezidenti Gerald R. Ford.

330. Eng uzun mo'ylov, eng uzun tirnoq kabi bema'ni rekordlar mualliflari qaysi davlat fuqarolaridir?
Javob: Hindiston.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:28:39

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 331-340

331. Eng uzoq umr ko’rish bo’yicha qaysi davlat aholisi birinchi o’rinda turadi?
Javob: Andorra.

332. O’zbekistonda aholini ro’yxatga olish birinchi marta qaysi yili amalga oshirilgan?
Javob: 1865 yili.

333. Grekchadan "œbinafsha" degan ma’noni anglatuvchi modda?
Javob: Yod.

334. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen nurini kashf qilgan olim - Rentgen.

335. Professor unvonini olgan birinchi o’zbek olimi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat.

336. Pashshada 19 ta, olmaxonda 22 ta, bo’rida 42 ta, kitda 60, quyonda 28ta, shilliqqurtda 25 000 ta. Bu nima?
Javob: Tish.

337. Dunyoda eng birinchi tramvay qaerda paydo bo’lgan?
Javob: 1832 yili Nyu yorkda ot qo'sgilgan tramvaylar paydo bo'lgan.

338. Interpolga kim asos solgan?
Javob: Monako shahzodasi Albert.

339. O’tgan asrlarda bolta Rossiyada qaysi kasb egalarini ramzi hisoblangan?
Javob: O't o'chiruvchilar.

340. Norma Jin Bekker qaysi mashhur aktrisaning haqiqiy ismi?
Javob: Merilin Monro.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:28:52

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 341-350

341. Odam organizmidagi eng kuchli muskul qaysi muskil hisoblanadi?
Javob: Til.

342. O’zbek maqomchilar ansamblining asoshisci kim?
Javob: Yunus Rajabiy.

343. Komila taxallusi bilan ijod qilgan shoira kim?
Javob: Nodirabegim.

344. 22 yoshida "œO’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist", 27 yoshida "œXalq artisti" nomini olgan buyuk o’zbek sana’tkori kim?
Javob: Botir Zokirov.

345. Yagona saksafon chala oladigan AQSH prezidenti kim?
Javob: Bill Klinton.

346. "œHijron" tahallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy.

347. Spartada bu turdagi erkaklar eng past toifa erkak sifatida qaralgan. Bular qanday erkaklar edi?
Javob: Bo'ydoqlar.

348. Eng uzoq vaqt suvsiz yashay  oladigan jonzot?
Javob: Kalamush.

349. Yura olmaydigan qush qaysi?
Javob: Kolibri.

350. Injilda faqatgina bitta uy hayvoni haqida aytilmagan, bu qaysi hayvon?
Javob: Mushuk.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:29:06

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 351-360

351. Kenguru — qanday qilib bu nomni olganini tarixini bilasizmi?
Javob: Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "œMana bu sakrab-sakrab yuruvchi g‘alati hayvon nima?" deb so‘rashgan, ular esa "œKenguru" deya javob berishgan. Bu so‘z "œTushunmaymiz", degan ma’noni anglatadi.

352. Boshqa davlatlar bilan eng ko'p chegaradosh mamlakat  qaysi?
Javob: Xitoy.

353. Dunyodagi barcha mamlakatlar orasida reklama uchun mablag' sarflaydigan davlat qaysi?
Javob: AQSh.

354. Xitoyda 90 millionta kishini bog’lab turuvchi narsa bor. Bu narsa nima?
Javob: Li familiya egalari.

355. AQSh prezidentlari orasida eng bo’yi pasi va eng novchasi kim bo’lgan?
Javob: Eng bo'yi uzuni Linkoln, pasti Medison.

356. Servantes bilan Shekspirni hayotida bir kunda bir yilda bir hil voqea bo’lib o’tgan. Bu qanday voqea?
Javob: Ikkalasi ham bir kunda — 1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

357. Nobel mukofoti har yili qaysi kuni topshiriladi va marosimning aynan shu kuni o’tkazilishining sababi bilasizmi?
Javob: 10 dekabr, Nobel vafot etgan kun.

358. Dunyodagi 1-chi afisha qartda paydo bo’lgan?
Javob: Fransiya.

359. Billiard o’yini qaerda kashf  etilgan?
Javob: Xitoy.

360. Futbol bo’yicha I-chi Jahon chemoionati qachon va qaerda bo’lib o’tgan?
Javob: 1930 yil 13-30 iyulda Urugvayda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:29:20

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 361-370

361. Silvio Gazzani  jahon futboliga bir ish qilib katta hissa qo’shgan. U nima ish qilgan?
Javob: Italiyalik zargar jaxon chempionati kubogi oltin mabudani yaratgan.

362. Eng mitti davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

363. Dunyodagi eng tez (minutiga 350 ta so`z) gapiradigan millat qaysi?
Javob: Fransuzlar.

364. Suvdan qo'rqish kasalligi qanday nomlanadi?
Javob: Gidrofobiya.

365. Dunyoda eng ko'p tarqalgan ism qaysi?
Javob: Muhammad.

366. Koala ayig'i kuniga necha soat uxlaydi?
Javob: 22 soat.

367. Oyga inson qadami nechanchi yilda qo'yildi?
Javob: 1969 yil, Nil Armstrong.

368. Insondan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

369. Qondagi zararli moddalarni tozalaydigan inson a'zosi qaysi?
Javob: Jigar.

370. Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya paytida o'lsa, shifokorga qanday jazo berilgan?
Javob: Qo'lini kesib tashlashgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:29:39

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 371-380

371. Pivo ichish bo'yicha qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?
Javob: Chexiya.

372. Fransiyada qanday tasvirli qo'g'irchoqlar sotilishi taqiqlangan?
Javob: O'zga sayyoraliklar tasvirli qo'g'irchoqlar.

373. Qaysi shaharda Pinokkioga haykal o'rnatilgan?
Javob: Italiyaning Kollodi shahrida.

374. Qaysi hayvonlar ko'zi ochiq holda uxlaydilar?
Javob: Bo'ri va delfinlar.

375. Dunyo davlatlari bayroqlarida eng ko'p tasvirlangan hayvon qaysi?
Javob: Sher.

376. Italiya milliy bayrog'i kim tomonidan yaratilgan?
Javob: Napoleon.

377. Birinchi bo'lib qaysi davlatda jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlangan?
Javob: Irlandiyada.

378. Samo jismlarining ellips orbita bo’ylab harakat qilishini  Keplerdan ancha oldin kim aytgan?
Javob: Beruniy.

379. "œQonun" asari olti asr mobaynida Fransiya va Italiya universitetlari tibbiyot fakultetlarida asosiy darslik bo’lib hizmat qilgan. Bu asar muallifi kim?
Javob: Abu Ali ibn Sino.

380. Bluetooth moslamasi qayerda ilk bor ishlab chiqarilgan?
Javob: Daniyada.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:29:51

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 381-390

381. Inson yuragi bir yilda necha marta uradi?
Javob: 42 000 000 marta uradi.

382. Inson terisi har yili necha marta yangilanadi?
Javob: 3 marta.

383. Qaysi fransuz qiroli Quyoshli qirol nomi bilan mashhur bo'lgan?
Javob: Lyudovik 14.

384. Albert Eyshteynning vafoti paytida aytgan so'zlari u bilan birga qabrga ketgan. Nima uchun uning so'nggi so'zlarin saqlanib qolmagan?
Javob: Chunki Enshteyn nemis bo'lgan. Uni gapini tushunishmagan.

385. AQShning qaysi mashhur kishisi mamlakatning milliy ramzi sifatida kurka tovuq tayinlanishifa tarafdor bo'lgan?
Javob: Benjamin Franklin.

386. Insonning qaysi a'zosi kuniga 2 tonnaga yaqin qonni haydaydi?
Javob: Yurak.

387. Dunyodagi eng birinchi dorixona qachon va qayerda ochilgan?
Javob: Bag'dodda. 1000 yilda.

388. Rus knyazlari orasida birinchi bo'lib podshoh (А¦арь) unvoniga ega bo'lgan shaxs kim?
Javob: Ivan Grozniy.

389. U Italiyada - qirol, Ispaniyada - qirolning akasi, Germaniyada - protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada - mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bo’lgan. gap kim haqida ketayapti?
Javob: Napoleon.

390. Viktor Gyugoning fikricha, qaroqchi va halol inson o'rtasida tinchlik o'rnatishning buyuk vositasi bor. Bu nima?
Javob: Pul.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:30:07

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 391-400

391. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko'p qahva iste'mol qiladiganlar kimlar?
Javob: Shvedlar.

392. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o'yinni o'ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo'lgan o'yin qaysi?
Javob: Stol tennisi.

393. Samuraylarning o'zini tutish kodeksi (qonun-qoidasi) nima deb ataladi?
Javob: Busido.

394. Yer sayyorasidan 330 marotaba katta. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Quyosh.

395. Mendeleyev oilada nechanchi farzand bo'lgan?
Javob: 17-chi.

396. Dunyoda bolalar salmog'i eng kam va eng ko'p bo'lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Germaniya-Keniya.

397. Dunyoda qariyalar salmog'i eng kam va eng ko'p bo'lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Qariyalar soni Shvesiyada esa eng ko'p (24 foiz) va Quvaytda eng kam (2 foiz) dir.

398. Dunyoning qaysi davlatlarida aholini ro'yxatga olish o'tkazilmagan?
Javob: Yaman va Qatar

399. 1918-1919 yildagi bu epidemiyadan AQSH va Yevropada 20 mln odam nobud bo’lgan. Gap qaysi kasallik haqida ketayapti?
Javob: Gripp.

400. Ma’muriy markazi Littl york bo’lgan bu AQSH shtati 1836-yil 15-iyunda 25-shtat deb e’lon qilindi?
Javob: Arkanzas

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:30:21

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 401-410

401. 1945-yil 15-iyunda ingliz xarbiylari ushbu xind siyosatchisini ozod qilishdi?
Javob: Javaharla'l Neru.

402. 1999-yil 15-iyun Belgiyada kimyoviy moddalari ko’pligi uchun bu salqin ichimlikni sotish taqiqlab qo’yildi?
Javob: Coca-cola.

403. San-fransiskodagi "œOltin darvozalar" ko’pigini o’lim ko’prigi deb xam atashadi. Buning sababi nimada?
Javob: Ko'prikdan ko'pchilik o'zini tashlab vafot etadi.

404. 1885-yil 17-iyulda Fransiya sovg’asi sifatida AQSHga uni olib kelishdi?
Javob: Ozodlik haykali.

405. Yunon mifologiyasida aks sado ma’budasi?
Javob: Exo.

406. Yer shari iqlimlari tavsifini o’rganuvchi fan?
Javob: Klimatologiya.

407. Teador Ruzveltning xotini va onasi o’lgan kuni biz qaysi avliyoni yodga olamiz?
Javob: Avliyo Valentin.

408. "œO’zbekfilm" kinostuditosi oldin qanday nomlangan?
Javob: 1925 yili "Sharq Yulduzi" nomi bilan tashkil etilgan.

409. Titanik filmida eng ko’p ishlatilgan so’z qaysi?
Javob: Rouz (Rose) so'zi.

410. Vashingtonda joylashgan bu bino 1800-yil 4-iyunda qurib bitkazildi?
Javob: Oq Uy.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:30:46

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 411-420

411. 2007-yil 7-oyning 7-kunida ularning yangi talqini aniqlandi?
Javob: Dunyoning yangi yetti mo'jizasi.

412. Marakaybo ko’li qaysi davlat xududida joylashgan?
Javob: Venesuelada.

413. Asl isni Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf Ibn Zakiy Muayyad bo'lgan xamsanavis shoir kim?
Javob: Nizomiy Ganjaviy.

414. 1703-yil 27-mayda u Sankt-Peterburgga asos soldi?
Javob: Pyotr I.

415. Mashxurligi bo'yicha Pepsi va Koladan keyin 3-o'rinda turuvchi salqin ichimlik qaysi?
Javob: Fanta.

416. Bu so'z lotincha "vita" so'zidan olingan bo'lib, hayot degan ma'noni bildiradi?
Javob: Vitamin.

417. Bu so'zni lotinchadan tarjima qilsak "zaxar" degan ma'noni bildiradi?
Javob: Virus.

418. Hozirgacha eng ko'p saxnalashtirilgan  personaj kim?
Javob: Sherlok Xolms.

419. U olimpiada chempioni va olimpiadaning eri bo'lgan?
Javob: Filipp II.

420. Amerikaliklar xazillashib krestdan ko'ra sariq rangdagi bir xarfni ko'proq ko'rganmiz deyishadi. Bu lotin alifbosidagi qaysi xarf va u nimani bildiradi?
Javob: M (MacDonalds).

Qayd etilgan