"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 321-330
321. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib o‘tgan?
Javob: Bartolomeo Dias.
322. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni "œKatta Bill" deb atashgan?
Javob: AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni "œKatta Bill" deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun mazsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.
323. Birinchi marta "œQahramon ona" ordenini kimga berishgan?
Javob: "œQahramon ona" fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar "œQahramon ona"lar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.
324. Pomidorning vatani qayer?
Javob: Braziliya.
325. Kofening vatani qayer?
Javob: Efiopiya.
326. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy qirg‘oqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?
Javob: Abel Tasman.
327. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?
Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss Grantdir. AQShning 17-prezidenti o‘z otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.
328. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo bo‘ldi. Uning kashfiyotchisi kim?
Javob: Genry Ford.
329. Asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 38-prezidenti Gerald R. Ford.
330. Eng uzun mo'ylov, eng uzun tirnoq kabi bema'ni rekordlar mualliflari qaysi davlat fuqarolaridir?
Javob: Hindiston.