"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 601-610
601. Farz nima degani va necha qismdir?
Javob: Qat'iy dalillar bilan sobit bo'lgan ilohiy amrlar farz deyiladi. Farz ikki xil bo'ladi: farzi ayn va farzi kifoya.
602. Farzi ayn va farzi kifoya qanday ishlardir?
Javob: Farzi ayn: har oqil va bolig' bo'lgan musulmon qilishi shart bo'lgan farzlar - 5 vaqt namoz o'qish, ramazon oyida ro'za tutish, muhtojlarga zakot berish, qudrati bo'lganda Hajga borish. Farzi kifoya: ba'zi musulmonlarning bajarishi boshqa musulmonlarga bog'liq bo'lgan ishlar - janoza namozi, salom berish va olish kabi.
603. Vojib nima degani?
Javob: Alloh taolo amr etgan, olimlarning dalillarida shubhali ishlardir. Hanafiy mazhabida shubhali dalil bilan sobit bo'lgan ishlar. Bular: vitr namozini o'qish, Ramazonda Fitr sadaqasini berish, qurbonlik qilish, hayit namozlarini o'qish.
604. Sunnat nima?
Javob: Farz va vojib bo'lmay, Payg'ambar alayhissalom har doim tark etmagan amallardir. Bular - misvok ishlatish, Tarovih namozini o'qish, jamoat bilan namoz o'qish, yosh bolallarni sunnat qilish kabilardir.
605. Sunnat necha qism va qaysilar?
Javob: Sunnat 2 qismdir: 1. Sunnati muakkada. 2. Sunnati g'ayri muakkada. Sunnati muakkada Payg'ambarimiz SAV har doim amal qilgan va ba'zi uzrli sabablarga ko'ra bajarolmay qolgan amallar. Bular: bomdod, peshin, xufton namozlarining sunnatlari, juma namozining avvalgi va so'nggi sunnatlari kabilar. Sunnati g'ayri muakkada Payg'ambarimiz SAV ba'zan qilib, ba'zan tark etgan amallardir. Bular: asr namozining sunnatini o'qish, muborak kunlarda ro'za tutish kabilardir.
606. Mustahab nima?
Javob: Qilinsa savob, tark etilsa gunoh bo'lmaydigan amallar. Bular: nafl sadaqa berish, nafl namoz o'qish va hok.
607. Muboh nima degani?
Javob: Qilinishi savob, tark etilishi gunoh bo'lmaydigan amallar. Masalan: o'tisrish, turish, yeyish, ichish, uxlash kabilar.
608. Harom nima degani?
Javob: Qat'iy dalil bilan qilinishi ma'n etilgan amallar. Bular: odam o'ldirish, aroq ichish, nomusga tajovuz qilish, yer yuzida fasod ishlarni qilish kabilardir.
609. Makruh nima?
Javob: Amalning savobini ketgazadigan amallar. Masalan, quyosh chiqish va botishida namoz o'qish, namozda ko'zini yumish kabilar.
610. Necha xil makruh bor? Har birini ta'rif eting.
Javob: 2 xil: 1. Tahriman makruh - haromga juda yaqin bo'lgan makruh (Quyosh botishida namoz o'qish kabi). 2. Tanzihan makruh - halolga yaqin bo'lgan makruh (o'ng qo'l bilan burun tortish) kabi.