Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O’limdan so’ng)  ( 84155 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 12 B


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:22:01

O’sha payt lovullagan olov seni qa’riga tortadi va nido keladi:

«(Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!» (Mo‘minlar, 108-oyat).

Chinqirasan, ingraysan, yordam so‘rab baqirasan, nafasing bo‘g‘zingga tikiladi. Ha, hali oldingda mana shunday xatarlar turibdi. Ajabo, bugun aqling u xatarlar xususida o‘ylarmikan, ularni tasdiqlarmikan? Agar ishonmasang, bilki, joying abadiy jahayanamdir. Yo‘q, sen bu muqarrar vo-qelikka ishonasan, uni tasdiqlaysan-u, ammo negadir g‘ofillik og‘ushidasan, erta uchun xozirlik ko‘rishda sustkashlik qilyapsan. Bu ziyon va tug‘yondan boshqa narsa emas.

Alloh taologa to‘la itoat qilish va gunohlarni tark etish bilan u Zotning roziligi yo‘lida harakat qilmasang, iymoning foyda beradimi?! Agar oldingda Sirot va undan o‘tish daxshatidan boshqa birorta qo‘rqinch bo‘lmaganida ham mana shu daxshatning o‘zi (umrbod) qo‘rqishingga kifoyadir.

Allohning rasuli deydilar: «Sirot jahannam uzra quriladi. Payg‘ambarlar ichida men birinchi bo‘lib ummatlarim bilan undan o‘taman. U Kun payg‘ambaralardan boshqa hech kim gapirmaydi. U Kun payg‘ambarlarning duosi: «Allohim salomat qil, Allohim salomat qil» degan so‘zlar bo‘ladi. Jahannamda sa’don o‘simligining tikoniga o‘xshash changaklar bor. Sa’donning tikonini ko‘rganmisizlar?
— Ha, ko‘rganmiz, ey Allohning rasuli, deyishdi.
— Changaklar sa’donning tikoniga o‘xshaydi, biroq bu changaklar juda katta, ularning sanog‘ini bir Alloh biladi. Odamlar u changaklarga amallari bilan ilinadilar, kimdir halokatga yuz tutsa, kimdir etlari shilinib, si-lynib, keyin najot topadi» (muttafaqun alayh).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:24:07

Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: «Odamlar usti tikonu changaklarga to‘la jahannam ko‘prigidan o‘tishar ekan, o‘ng va chap tomonlaridan changaklarga ilinadilar. Ko‘prikiing ik-kala tarafida turgan farishtalar: «Allohim, salomat qil, Allohim, salomat qil» deyishadi tinimsiz. Kimdir ko‘prikdan chaqmoq kabi o‘tsa, kimdir shamol kabi o‘tadi. Kimdir chopqir ot kabi, kimdir yugurib o‘tadi. Kimdir yurib o‘tsa, kimdir emaklaydi, yana kimdir sudraladi. Axli do‘zax esa na o‘ladi, na yashaydi. Kimlardir gunohlariga ko‘ra jazolanadi, kuydiriladi, ko‘mirga aylanadi, so‘ngra shafoatga izn yeriladi» (muttafaqun alayh).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Alloh taolo avvallaru oxirgilarni ma’lum Kunda shak-shubxasiz mahsharga to‘playdi. Ular samoga ko‘zlarini tikkan holda qirk yil hukmni kutib turishadi.Keyin mo‘minlarga: «Boshlaringizni ko‘taring» deyiladi. Boshlarini ko‘tarishadi. Bas, ularga amallariga yarasha nur ato qilinadi. Kimgadir ulkan tog‘ barobar nur beriladi va bu nur uning oldida yuradi. Kimdir bundan kichikroq, kimdir xurmo daraxticha, kimdir undan ham ozroq nurga ega bo‘ladi. Hatto oxirgi kishiga be-rilgan nur oyog‘ining bosh barmog‘i kadar yergagina yetadi, shu darajada xira yorug‘lik taratadiki, goh yenadi, goh o‘chadi. Nur taralib, oyoq osti ko‘ringan paytda yuradi, o‘chganida to‘xtab qoladi». So‘ngra ularning nurlari miqdoriga ko‘ra Sirotdan o‘tishlari zikr qilinadi: «Kimdir ko‘z ochib yumguncha,kimdir chaqmoq kabi, kimdir bulut kabi, kimdir uchar yul-duz kabi, kimdir uchqur ot kabi, kimdir chopqir kishi kabi o‘tadi. Nuri oyog‘ining bosh barmog‘i qadar yerni yoritgan kishi yuzlari, qo‘llari, oyoqlari bilan sudralib, emaklaydi. Bitta qo‘lini oldinga tashlaydi, ikkinchisi orqaga tortadi, bitta oyog‘ini yerdan uzsa, narigisi osilib qoladi. Hatto olov uning yonlarigacha keladi.

Bu xatarlardan qutulgach, ko‘prik ustida turib, deydi: «Allohga hamd bo‘lsin, hech kimga bermagan ne’matini menga ato etdi, jahannamni ko‘rganimdan so‘ng undan najot berdi».

Keyin uni jannat eshigi oldidagi ko‘lga olib kelib, cho‘miltirishadi» (Ibn Adiy va Hokim rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:24:40

Anas ibn Molik aytadi: «Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini eshitdim: «Sirot qilich kabi o‘tkir, qildek ingichkadir. Farishtalar mo‘min va mo‘minalarni qutqaradilar. Jabroil alayhissalom mening belim (kamarim) dan tutadi, men: ey Rabbim, salomat qil, salomat qil, deyman. U Kunda toyib ketuvchi erkaklar va toyib ketuvchi ayollar ko‘p bo‘ladi» (Bayhaqiy rivoyati).

Ey inson! Fursating g‘animat. Sirot xaqida, uning daxshat va qo‘rqinchi xususida o‘yla. Chunki Qiyomat kuni dahshatlaridan eng omon kishi bu dunyoda u hakda ko‘p o‘ylagan kishidir. Negaki, Alloh bir bandada ikkita ko‘rkuvni jamlamaydi. Kimki Qiyomat kuni dahshatlaridan bu dunyoda qo‘rqsa, oxiragda u dahshatlardan omon bo‘ladi.

Lekin bu o‘rinda Qiyomat daxshatlarini eishtgan paytda qalblar erib, ko‘zlardan yoshlar kuyulib, hech qancha o‘tmasdan, qayg‘ular unutilib, o‘yin-kulguga beriladigan ayollarga xos yengil-yelpi ko‘rqinch nazarda gutilmayapti. Bu qanaqasiga qo‘rqinch bo‘lishi mumkin?! Axir, ko‘rqkan narsadan qochiladi, kimki bir narsaga yetishni umid qilsa, uni izlaydi. Alloh taologa gunoh qiljtsdan to‘sadigan va U Zotga toat qilishga undaydigan xavfgina, faqat shu xavf seni qutqaradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:24:55

Ayollarning yengil-elpi qo‘rkuvidan ham yengilrog‘i ahmoqlarning qo‘rquvidir. Kdchonki ular Qiyomat daxshatlarini eshitsa, tillari darhol panoh tilashga shoshiladi: «Allohdan yordam so‘rayman, Alloh bizni panohingga ol, Allohim salomat qil...» deydi-yu, xalokatining sababi - gunohlardan qaytmaydi, Alloh qaytargan ishlarni kilishda davom etaveradi. Shayton uning «panoh tilash»idan kuladi. Uning misoli, shundoq yonida mustahkam qal’a turib, qal’aga bekinmasdan, o‘zi tomon odimlayotgan vahshiy hayvonni kutib o‘tirgan kishiga o‘xshaydi. U uzoqdan yirtqichshshg yovuz, so‘yloq tishlarini, bahaybat gavdasini ko‘radi va tilida tinimsiz: mustaxkam qal’a meni panohiga oladi, qal’aning puxta qurilishi va pishiq ustunlari meni yirtqichdan qutqaradi, deya takrorlaydi. Bularni u faqat tilida aytadi-yu, amalda joyidan jilmaydi. Bu tarzda yirtqichdan «xalos bo‘lish» o‘ta kulguli emasmi?!

Oxirat dahshatlaridan saqlovchi yagona qal’a «La ilaha illalloh»dir. Kimki bu kalimani aytar ekan, endi u ki-shining yagona maqsadi Alloh taolo va uning uchun endi Allohdan o‘zga ibodat qilinadigan zot yo‘q.

Havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib olganlarning «La ilaha illalloh» deganlari esa yolton, ularning ahvoli xatarli.

Agar yuqorida aytilganlarni bajarishdan ojiz bo‘lsang, Allohning rasuliga mehr qo‘y, u zotning sunnatlarini ulug‘ bil, ummatlari ichidagi solih kishilarning hurmatini qozon, ularning duosi bilan baraka tol. Balki shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yoki u zotning ummatlaridan bo‘lmish solih kishilarning shafoatiga noyil bo‘larsan, oxirat uchun yiqqan sarmoyang kam bo‘lsada, balki shafoat tufayli najot toparsan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:25:52

Shafoat

Bilgil, mo‘minlardan ba’zi toifalarning do‘zaxga kirishi haq. Albatta Alloh taolo bunday mo‘minlarga nisbatan payg‘ambarlar va siddiqlarning shafoatini qabul qiladi. Ummatning ulamosi va solih kishilari, umuman, Alloh taolo dargohida martaba va chiroyli muomalaga sazovor har bir banda o‘zining aqli, yaqinlari, do‘stlari, tanishlariga shafoat qilishi mumkin.

Ey inson! Shafoat qilinishga munosib darajada bo‘lish ishtiyoqi aslo ko‘nglingni tark etmasin. Hech qachon hech kimni kamsitma. Chunki, Alloh taolo Uzining do‘stligini bandalari ichiga yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki ko‘zlaring nazarga ilmayotgan kishi Allohning do‘stidir?!

Ey inson! Birorta gunohni kichik sanama.Chunki, Alloh taolo g‘azabini gunohlar ichiga yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki Allohning g‘azabi sen arzimas deb bilgan o‘sha gunoh ichra yashirindir.

Ey inson! Birorta ibodatni kichkina deb bilma. Chunki, Alloh taolo O’z roziligini toati ichiga yashirgan. Qaerdan bilasan, balki sen haqir sanayotgan ibodatda Allohning roziligi bordir. Mayli, u bir yaxshi so‘z yoki yaxshi niyat yoxud shunga o‘xshash ibodatlar bo‘lsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:27:12

Qur’oni karim va hadislarda shafoatning haqligi xususida dalillar ko‘p. Alloh taolo aytadi:

«Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozi bo‘lursiz» (Vaz-Zuha, 5-oyat).

Amr ibn Os rivoyat qiladi: «Rasulloh sallallohu alayhi va sallam Ibrohim alayhissalomning so‘zlarini tilovat qildilar:

«Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar, Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir). Kim menga isyon qilsa, yana O’zing mag‘firatli, mehribonsan (ya’ni, unday kimsalarni ham haq yo‘lga hidoyat qilishga qodirsan)» (Ibrohim, 36-oyat).

Iso alayhissalomning so‘zlarini tilovat qildilar:
«Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandala-ring...» (Moida, 118-oyat),

So‘ngra qo‘llarini ko‘tarib, «ummatim, ummatim» deya yig‘ladilar. Shunda Alloh taolo: «Ey Jibroil, Muhammadning huzuriga bor, so‘rachi, uning yig‘isiga nima sabab bo‘ldi?»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:27:46

Jibril alayhissalom Rasululloqning huzurlariga kelib, yig‘i sababini so‘radi, Rasululloh aytdilar... (Aslida Alloh bu sababni yaxshi bilguvchidir. Lekin Payg‘amba-riga xushxabar berish va O’ziga ayon boshqa hikmatlarga ko‘ra farishtasi Jabroil orqali habibi Muhammaddan ahvol so‘radi).

Keyin Alloh taolo dedi: «Ey Jibril, Muhammadning huzuriga bor va unga: «Biz sizni ummatingizdan rozi qilamiz va o‘zingizga ham yomonlik bo‘lmaydi» deb yetkaz» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Menga mendan oldingilarga berilmagan beshta narsa berildi:
- bir oylik masofada bo‘lganim holda dushmanimga qo‘rquv solib, g‘alaba qozondim;
- mendan oldin hech bir payg‘ambarga halol qilinmagan o‘lja olish menga halol qilindi;
- yer yuzi men uchun masjid, tuprog‘i poklovchi qilindi (toki ummatimdan qaysi kishi namoz vaqtig‘a yetsa, borgan yerida namozini o‘qisin) ;
- menga shafoat berildi;
- har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib jo‘natildi, msn butun insoniyatga payg‘ambar qilib jo‘na-tyaldim» (muttafaqun alayh).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:27:52

Rasuli akram shunday dedilar: «Faxr qilmag‘an holda aytaman, Qiyomat kuni men payg‘ambarlarning imomi, ularning xatibi va shafoatchisi bo‘laman» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Men Odam farzandlarining‘ sayyidiman. Maqtaiish emas, men qabrdan eng avval chiqquvchi, eng avval shafoat qiluvchi va eng avval shafoat qilinuvchiman. «Liva ulhamd» (hamd bayrog‘i) mening qo‘limda bo‘ladi. Odam alayhissalom va undan so‘ng kelganlar mana shu tug‘ ostida to‘planadi» (Termiziy va Ibya Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Har bir payg‘ambarning mustajob duosi bor. Men bu duomni Qiyomat kuni ummatimning shafoati uchun asrashni xohlayman» (muttafaqun alayh).

Ibn Abbos Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlariii rivoyat qiladi: «Payg‘ambarlar uchun oltindan minbarlar quriladi, ular ana shu minbarlarda o‘tnradilar. Men esa «jannatga kiritishsa, mendan so‘ng ummatim qolib ketadi» degan xavfda minbarga o‘tirmasdan, Rabbim huzu-rida tik turaman va: «Yo Rabbiy, ummatim» deyman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:28:09

Shunda ulug‘ va qudratli Zot:
— Ey Muhammad! Ummatingga nima qilishimni xohlaysan? - so‘raydi.
— Rabbim, ularning hisobini tez qil, men shafoat etay, deyman Rabbimga. Menga jahannamga jo‘natilgan kishilarning xujjati beriladi. Shunda jahannam ko‘riqchisi Molik: «Ey Muhammad, do‘zax Rabbiyagning g‘azabidan qo‘rqib, ummatingdan biror kishini jahannamda qoldirmadi» (Tabaroniy rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Qiyomat kuni yer yuzidagi tosh va qumlardan ham ko‘prok kishini shafoat qilaman» (Ahmad va Tabaroniy rivoyati).

Abu Hurayra hikoya qiladi: «Payg‘ambar alayhissalomga go‘sht keltirishdi. Rasululloh ko‘yning qo‘l (old soni) ni yaxshi ko‘rardilar. Undan uzib yedilar. So‘ngra shunday dedilar: «Men Qiyomat kunida payg‘ambarlarning sayyidi bo‘laman. Buning sababini bilasizmi? Alloh avvalgilaru oxirgilarni bir tepalikka to‘playdi. Ular nido qiluvchining ovozini epshtadilar, ko‘zlar ularni ko‘radi, quyosh ularga yaqinlashadi. Odamlar g‘am va qayg‘udan toqat qilib bo‘lmas darajaga yetadilar. Shunda odamlar bir-biriga: bo-shingizga ne savdolar tushganini anglamayapsiz, siz uchun Rabbingiz huzuriga shafoat so‘rab boradigan kishini ko‘rmayapmisiz?!- deb qolishadi. Ular Odam alayhissalomning oldiga borib: «Sen butun insoniyatning otasisan. Alloh taolo seni yaratdi va jon ato qildi. Farishtalarga buyurdi, ular senga sajda qildilar. Axvolimizga qara, holi-miz xarob, Parvardigoring huzurida biz uchun shafoat tila». Odam alayhissalom ularga dedi: «Rabbim bugun shunday g‘azabdaki, na avval, na keyin bunday g‘azabni ko‘rmaganman. Parvardigorim meni daraxtga yaqinlashishdan qaytargan edi, itoat qilmadim... o‘zimni o‘ylayapman, o‘zimni! Yaxshisi, mendan boshqasining oldiga boringlar, Nuh alayhissalomning oldiga boringlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 06:28:20

Ular Nuh alayhissalomning oldiga keldilar va: «Ey Nuh! Sen yer yuzida eng avvalgi payg‘ambarlardansan. Alloh seni «abdun shakur (shukrli banda) deb nomlagan. Ahvolimizga bir qara, Parvardigoring xuzurida biz uchun shafoat tila» deyishdi. Shunda Nuh alayhissalom: «Bugun Rab-bimning g‘azabi qattiq. Na oldin, na keyin U Zotning bu darajada g‘azablang‘anini ko‘rmaganman. Alloh menga duo qilish ne’matini berdi, men esa qavmimni duoibad qildim. Endi o‘zimning shafoatimni o‘ylayapman, o‘zimning!

Mendan boshqasining oldiga boringlar, Ibrohim Xali-lullohning oldiga boringlar».

Ular Ibrohim Xalilullohning oldiga borishdi va: «Sen Allohning payg‘ambari va halili-do‘stisan. Ahvolimizga qara, og‘ir kunlarga qoldik. Rabbingning huzurida biz uchun shafoat tila» deyishdi. Shunda Ibroxim alayh-issalom ularga dedi: «Rabbim bugun shu kadar g‘azabdaki, hech qachon bunday g‘azablanmagan va bundan keyin ham g‘azablanmaydi. Men uch marta yolg‘on gapirdim, deya ularni eslatdi, endi esa o‘zimning shafoat qilinishimni o‘ylayap-man, o‘zimning! Mendan boshqasining oldiga boringlar, Muso alayhissalomniig oldiga boringlar!»

Muso alayhissalomning oldiga borib: «Ey Muso! Sen Allohning rasulisan. Sen Allohning elchisi bo‘lganing uchun, Alloh bilan so‘zlashganing uchun ham odamlardan afzalsan. Ahvolimizga bir qara, Rabbing huzurida bizning shafoat qilinishimizni so‘ra deyishdi.

Qayd etilgan