Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O’limdan so’ng)  ( 84236 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:08:02

Jahannam ahlining ho‘ngrab yig‘lashlari, bo‘kirib o‘limni chorlashlarini ham bir xayolingga keltir. Bularning barchasi dastlab do‘zaxga otilgan paytdayoq, sodir bo‘ladi. Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «U Kuni jahannam yetmish ming jilov bilan olib kelinadi. Xdr jilovni yetmish ming farishta ushlaydi» (Muslim rivoyati).

Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Do‘zax ahliga shunday yig‘i beriladiki, ularning yuzida, tugagan ko‘z yoshlar o‘rnida chu-kurga o‘xshash yoriklar paydo bo‘ladi. Yoriqlar ichida kema suzadigan darajada qonga to‘ladi. Ho‘ngrash, bo‘kirish, dod-voylab o‘limni chorlashga izn berilganida go‘yo rohatlanadilar. Lekin ular bundan ham man qilinadilar» (Ibn Moja rivoyati).

Muhammad ibn Ka’b deydi: «Jahannam ahlining beshta so‘rovi bor, Alloh ulardan to‘rttasiga javob beradi. Be-shinchi so‘rovlaridan keyin ular abadiy gapirmaydilar:

1) «Ular dedilar: «Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o‘ldirding va ikki bor tiriltirding (ya’ni, avval ona qornida o‘lik-jonsiz holda yaratib, so‘ngra O’zing bizlarga jonhayot ato etding. Keyin, ajalimiz yetganida O’zing jonimizni olib-o‘ldirib, Qiyomat kunida yana tiriltirding). Bas, bizlar (Hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha) gunohlarimizni e’tirof etdik. Endi (bu do‘zax azobidan chiqishning biron yo‘li bormi?» (G’ofir,11-oyat).

Alloh taolo ularga javob beradi:
«(Yo‘q, sizlar mana shu azobda mangu qolursizlar). Bunga sabab, qachon (sizlarni) yolg‘iz Allohgagina (ibodat qilishga) da’vat qilinganida, kofir bo‘lib, bo‘yin-sunmay, agar U Zotga shirk keltirilsa (ya’ni sizlardan kimdir turli butsanamlarga sig‘inishga chorlaganida, iymon keltirishlaringizdir» (G’ofir, 12-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:08:34

2) keyin aytishadi:
«Parvardigoro (va’dang rost ekanini), ko‘rdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga) qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (Qiyomat haq ekaniga) shak-shubhasiz ishonguvchidirmiz» (Sajda, 12-oyat). Alloh taolo ularga javob beradi:

«... (Qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina iuhlat bergan (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlarishta ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur) : «Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni hech qachod o‘lmasligingiz va Oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz) haqida qasam ichmagan edingizlarmi?!» (Ibrohim, 44-oyat).

3) jahannam ahli deydi:
«...Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, biz lar qilib o‘tgan amallarimizdan boshqa yaxshш (amallar ) qilurmiz» deb dod-voy qilurlar...» (Fotir, 37-oyat).

Alloh taolo deydi: «...Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Endi zolim kimsalar uchun biron yordamchi bo‘lmas!» (Fotir, 37-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:08:57

4) jahannam ahli deydi:
«Parvardigoro, badbaxtligimiz bizlardan g‘olib kelib, adashgan qavm bo‘lib qolgan ekanmiz. Parvardigo-ro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz (ya’ni, jahan-nam azobiga loyiqdiriiz)» (Mo‘minun, 106-107-oyatlar).

Alloh taolo javob beradi:
«(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!» (Mo‘minun, 108-oyat).

Bu javobdan so‘ng jahannamiylar abadiy gapirmaydilar».

Rasuli akram dedilar: «Qiyomat kuni o‘lim, bamisoli, ko‘zlariga oq tushgan ko‘y suvratida keltiriladi. So‘ngra u jannat va do‘zax orasqda so‘yiladi. Keyin: «Ey jannat ahli! O’limi yo‘q boqiy saodatga kelinglar. Ey do‘zax ahli! O’limi yo‘q mangu shaqovatga kelinglar» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Hasan Basriydan shunday rivoyat qilinadi: «Odamlar ichida do‘zaxda ming yil qolib, keyin chiqadigani ham bor. Koshki, o‘sha kishi bo‘lsam!»

Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasan Basriyning bir burchakda yig‘lab o‘tirganini ko‘rishdi. Undan: «Nega yig‘layapsiz? deya so‘rashdi. «Jahannamga uloqtirilib, e’tiborsiz qolishimdan dahshatga tushyapman» dedi Hasan Basriy.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:09:09

Jahannam ahliga mana shuiday nihoyasi yo‘q azob, sinov va hasratlar yuzlanadi. Azobning eng qattig‘i - jannatni, Alloh taoloning roziligini boy berib qo‘yganlari uchun hasrat chekishlaridir. Allohning roziligi kabi eng oliy ne’matni dunyodek arzimas matohga sotganlarini anglagan paytda bu hasratning achchikligi chidab bo‘lmas darajaga yetadi va ular buni butun vujudlari bilan to‘xtovsiz his qilib turadilar.

Ha, ular oliy ne’matni o‘tkinchi dunyoling arzimas, kir-chirkin istaklariga alishdilar. Keyin: «Voy, bunchalik. hasrat! Rabbimizga isyon qilib, o‘zimizni halok qilibmiz! Nimaga shoshildik? Ozgina sabr qilsak, muddati ko‘z ochib. yumishga teng kunlar allaqachon tugab, hozir olamlar Parvardigorining huzurida rizo mulkini qo‘lga kiritgan bo‘lmasmidik?!» deb qolishadi.

Qanday musibat! Ular borini boy berishdi.Endi ular uchun dunyoning birorta ne’matu lazzati qolmadi. Keyin ularga jannat ne’matlari ko‘rsatildi. Balki, shu ne’matlarga guvoh bo‘lishmasa, hasratlari ziyoda bo‘lmasmidi?!

Rasuli akram shunday dedilar: «Qiyomat kuni odamlar do‘zaxdan jannat tomon olib kelinadi. Ular jannatg‘a shu darajada yaqin bo‘lishadiki, hatto jannatning bo‘yini hidlashadi, u yerdagi qasrlarni va Alloh jannat ahli uchun hozirlagan narsalarini ko‘rishadi. Shunda ularga bu yerdan jo‘nab qolishlari, jannatda ular uchun nasiba yo‘qligi nido qilinadi. Ular shunday bir hasrat bilan qaytishadiki, na avvalgilarga va na oxirgilarga bunday hasratning misli ko‘rilgan. Keyin ular: «Ey Parvardigoro! Koshkk, jan-natingdagi savoblarni va u yerda do‘stlarishta hozirlagan narsalarni ko‘rsatmasdan bizni jahannamga kiritsang, bizga chandon yengil bo‘lardi» deyipgadi. Shunda Alloh taolo ularga aytadi: «Sizlar yoningizda hech kim yo‘k paytda katta gunohlarni qilib, men bilan kurashga chog‘landingiz. Qachon odamlarga yo‘liqqaningizda. itoatkor bo‘lib qoldin-giz. Qalbingizda Menga nisbatan haqsizliklar sodir etgan holda, odamlarga buning xilofini ko‘rsatdingiz. Mendan emas, odamlardan qo‘rqdingiz. Meni emas, odamlarni ulug‘ladingiz. Odamlar uchun (eng aziz narsalaringizdan ham) kechdyangiz, Men uchun kecholmadingiz. Bas, bugun sizlar mahrum bo‘lgan abadiy savob barobarida alamli azobni totingiz» (Abu Hudba) rivoyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:09:24

Ahmad ibn Harb shunday deydi: «Oramizda shundaylar borki, soyani quyoshdan afzal sanashadi-yu, jannatni do‘zaxdan ortiq ko‘rmaydi».

Iso alayhissalom dedilar: «Qancha sog‘lom gavdalar, go‘zal! yuzlar, fasih tillar bor, ertaga jahannam eshiklari oldida «dod-voy» solib qolishadi».

Dovud alayhissalom aytadi: «Allohim! Quyoshingning taftiga sabrim yo‘q. Do‘zaxingning taftiga qanday chidar ekanman? Rahmating savtiga sabrim yo‘q, azobing ovoziga qanday toqat qilar ekanman?!»

Ey miskin! Bu aytilganlar jahannam dahshatlaridan bir tomchi. Bilginki, Alloh taolo do‘zaxni va uning dahshatlarini yaratdi, ko‘paymaydigan va kamaymaydigan do‘zax ahlini ham yaratdi, bu bitgan ishdir:

«(Ey Muhammad), siz ularni barcha ish bitirilib (ya’ni, jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilinib), ular hasrat-nadomat qilib qoladigan Kundan - Qiyomatdan qo‘rqiting! (Bugun) ular g‘aflatdadirlar (shu sababdan), iymon keltiriaydilar» (Maryam, 39-oyat).

Ajabo! Bu hukmdan so‘ng qanday qilib ko‘nglingga o‘yin-kulgu sig‘adi? O’zing hakda azaliy hukm qandayligini bilmaysan-u, yana nelar bilan mashg‘ulsan?!...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:10:48

Jannat va jannat ne’matlari

Mana, oxiratning g‘am va qayg‘uga to‘la diyori bilan tanishding. Bilginki, buning muqobilida yana boshqa bir diyor ham bor. Bu diyorning ne’matlari, sururu quvonchlari xaqida fikr et. Bu ikki diyorning biridan uzoqlashgan kishi, shubhasiz, ikkinchisida qaror topadi. Bas, lsahan-nam dahshatlari haqida uzoqrok o‘yla, qalbing xavfga to‘lsin. Jannat ahliga va’da kilingan, abadiy ne’matlar haqida ham uzoq fikr et, qalbing umidga to‘lsin. Nafsingni xavf kamchisi bilan haydab, umid bilan jilovla va sirotul mustaqimga yo‘lla. Ana shunda bukj mulkka yetasan, alamli azobdan xalos bo‘lasan.

Ahli jannat xususida, ularning yuzlarida aks etgan ne’matlar jilvasi, mushk bilan muhrlangan may ila qondirilishlari haqida o‘ylaganmisan?! Jannat ahli oq durdan tikilgan chodirlar ichida, qizil yoqutdan bo‘lgan minbarlarda, yashil bolishlar va gilamlar ustida, may va asal ohayottan daryolar bo‘yida qurilgan so‘rilarda yastanib o‘ti-rurlar. Ularning atrofida xizmatga hozir g‘ulomlar va hech qachon qarimaydigan bolalar bo‘lur. Jannat ohu ko‘zli, xushxulq va go‘zal yuzli ayollar bilan ziynatlangan. Yoqut va marjondek nafis bu bokiralarga ilgari na bir ins va na bir jin tegingan...

Ularning egnidagi" onpoq ipak ko‘zlarni qamashtiradi. Boshlaridagi inju va marjonlar qadalgan tojlari undanda nurafshon. Ishvalari sokinlik va osudalik bilan bezangan yuzlar qarib qolish kabi noqisliklardan holi. Ular jannat bog‘chalarining o‘rtasida yoqutdan bunyod etil-an chodirda yolg‘iz bo‘lurlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:10:57

Ularning xuzurida borlig‘i xayo bilan to‘silgan musaffo ohu ko‘z hurlar bor. Ustlarida esa mangu yosh bolalar oqar chashmadan qadahlarni, ko‘zalarni va kosalarni aylan-tirib tururlar. Yana ular uchun xuddi sadaf ichida yashirib qo‘yilgan gavhar misoli ohu ko‘z hurlar bordir. Bu hurlar jannat ahlining dunyo hayotida qilib o‘tgan solih amallarining mukofotidir. Ular jannatning chashmalar, daryolar oqib turgan emin maqomida, Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda Malikul Karim Parvardigorining jamoliga boqadilar. Ularning yuzlarida ne’matlar jilvasi porlaydi. Ularga na bir zaiflik, na bir xorlik yetadi. Balki ular Parvardigori tomonidan yog‘dirilayotgan turli ne’matlardan baxtiyor, o‘zlari istagan maskanda abadiy qolguvchidirlar. Ularga u yerda na bir xavf, na bir hazinlik yetmas, balki baloyu falokatlardan omondadirlar.

Ular jannat taomlaridan yeydilar. Sut, may, asal to‘la daryolardan ichadilar. U daryolarning yerlari kumushdan, toshlari marjon, tuprog‘i mushk, o‘tlari za’farondir. Quyuq ko-fur aralashgan oq atirgul suvlariga to‘la bulutlardan yomg‘irlar yoadi. Jannat ahliga asli kumushdan bo‘lgan, dur, yoqut, marjonlar bilan ziynatlangan kadahlar, shuningdek, ichida muhrlangan may, aralashmasi chuchuk salsabil bo‘lgan may-kosalar keltiriladi. U maykosalardan nur porlaydi. Ularning sofligi shu darajadaki, mayning mayinligi va qir-mizi ranggi kosaning tashqari tomonidan bilinib turadi. Chunki, bu odamzodning san’ati emas, u bunday go‘zallikdan ojiz. Maykosalar chehrasidan nur yog‘ilayotgan xodimlar kaftida (jannat ahliga uzatilgan holda) turadi.

Ha, xodimlarning nur porlayotgan yuzlari quyogaga o‘xshaydi, fakat, u yuzlardagi halovat, u ko‘zlardagi xusnu malohat quyoshda ne qilsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:11:29

Ajabo! Oxirat diyorining bu sifatlarig‘a, bu diyor ahlining o‘lmasligiga va jannat ahlining kutilmagan o‘zgarish, ofatbalolardan omonda ekanligiga aniq igaongan kishi, qanday qilib, oxiri xarobalikka yuz tutuvchi bu o‘tkinchi dunyoni o‘ziga do‘st bilishi mumkin?! Qanday Kilib, u diyor lazzatini, bu dunyo lazzatiga almashtirish mum-kin?!

Allohga qasamqi,agar jannatda sihatsalomatlik bilan birga o‘lim, ochlik, tashnalik kabi ofatlardan omonlik bo‘lsa-yu, boshqa hech narsa bo‘lmasa, faqat shu sababning -o‘zi ham bu dunyodan yuz o‘girishga arziydi. Nega endi oxirat dshzri bu dunyodan ustun ko‘yilmasin? Axir, jannat ahli har qanday xavfdan omon podshohlardir. Ular turli-tuman ne’matlar ichida shod-xurram, xohlagan ne’matlari oldida muhayyo! Ular xar kuni Arsh yonida hozir bo‘lib, Allohning diydoriga nazar soladilar...

Abu Hurayra Rasuli akramning shunday deganlarini ri-voyat qiladi: «Munodiy,-nido qiladi: «Ey jannat ahli! Endi siz hamisha sog‘lomsiz, hech qachon dardga chalinmaysiz, hamisha tirdkeiz, hech qachon o‘lmaysiz. Doimo yoshsiz, hech qachon qarimaysiz. Albatta, siz saodatli bo‘lasiz, hech qachon baxtsizlikka yo‘liqmaysiz» (Muslim rivoyati). Alloh taolo deydi:

«...ularga: «Qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga.lmeros qilib berilgan jannat mana shudir» deb nido qilinur* (A’rof surasi, 43).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:11:44

Jannat sifatlari bilan tanishmoqchi bo‘lsang, Qur’on o‘qi. Jannat xaqida Alloh taoloning bayonidan ulug‘roq bayon bormi?!

«Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni, Parvardigor oldida turib, hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jan-nat bordir» (Rahmon, 46) oyatidan to sura oxirigacha, shuningdek, Voqea va boshqa suralarni ham o‘qi, jannat xaqida-gi xabarlarning tafsilotiga boq! Avvalo, jannatning soni bilan borliq jihatlarga e’tiboringni qarat. Rasuli akram Rahmon surasidagi «Parvardigori (huzurida) turishidan ko‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir» oyati xususida deydilar: «Ikki jannat bor, u yerning idishlari va boshqa barcha narsalari kumushdan. Ikki jannat bor, u yerning idishlari va boshqa barcha narsalari oltindan. «Adn» deyilmish mangu jannatda ahli jannat va Parvardigorining orasida kibriyo ridosigina bo‘lur» (muttafaqun alayh).

Keyin jannat eshiklarini tasavvur qil. Ularning soni toatingga yarasha. Ya’ni, qaysi mo‘minning Alloh taologa itoati ko‘p bo‘lsa, unga ochiladigan jannat eshiklari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Jahannam eshiklarining soni ham kishining ma’siyatiga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni, inson Alloh taologa qancha ko‘p itoatsizlik qilsa, unga gauncha ko‘p do‘zax eshiklari ochiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 07:12:07

Abu Hurayra Rasuli akramning shunday deganlarini ri-voyat qiladi: «Kimki Alloh yo‘lida - bir juft narsani infoq qilsa, u jannatning barcha eshiklaridan chorlanadi. Jannatning sakkizta eshigi bor. Kimki ahli namoz bo‘lsa, «Bobus-solat» (Namoz eshigi) dan, ro‘za ahli «Bobus-siyam» (Ro‘za eshigi) dan, ahli sadaqa bo‘lsa, «Bobussadaqa» (Sadaqa eshigi) dan, ahli jihod bo‘lsa, «Bo-bul-jixod» (Jixod eshigi) dan ichkariga chorlanadi». Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu:
— Allohga qasamki, bu eshiklarning bittasidan chaqirilgan kishi najot topadi. Jannat eshiklarining barcha-sidan chorlanadigan kishi ham bormi?
— Ha, sen o‘shalardan biri bo‘lishingni umid qilaman, dedilar Payvambar alayhissalom» (muttafaqun alayh).

Osim ibn Zamra Ali karramallohu vajxdhudan rivoyat qiladi: «Xdzrati Ali do‘zaxni eslatdi. Shunday bir qo‘rq-ivch bilan eslatdiki, uning dahshatidan xozir ko‘rqinchdan boshqasi xotirimdan ko‘tarildi. Keyin shu oyatni o‘qidi:

«Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga kiritiladilar. Qachonki ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingaz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz» deganlarida (ular behad shodlanurlar)» (Zumar, 73-oyat).

So‘ng‘ra keyingi chashmaga borib, u bilan poklanadilar. Ularga ne’matlar jilvasi yog‘iladi. Badandagi tuklardan mudom xush bo‘ylar taraladi. Sochlar go‘yo atirli moy surilgandek bir tekis, tartibli. Keyin ular jannatga yetib keladilar. Jannat qo‘riqchilari ularga: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz» deyishadi.

Qayd etilgan