Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O’limdan so’ng)  ( 84185 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B


Muhammad Amin  16 Dekabr 2007, 12:33:36

Boshqa bir xadisda aytiladi: «Qirq sana ko‘zlarini osmonga tikkancha turadilar. G’am-andux shiddatidan terlari og‘izlarigacha yetadi»(Ibn Mas’ud rivoyati).

Aqoba ibn Omir deydi: «Rasululloh sollallohu alayxi vasallam dedilar: «Qiyomat kuni quyosh yerga yaqinlashadi, odamlar terga botadi. A’zoi badandan toshib chiqayotgan ter kimningdir tovonigacha, kimnikidir boldirining yarmigacha, ba’zilarniki tizzagacha, biroviniki belgacha, biri-niki og‘izgacha yetadi,- deb og‘izga ishora kildilar. — Yana birlaridan oqqan ter (oyog‘idan to) boshigacha to‘la qoplab oladi» (Axmad rivoyati).

Ey miskin! G’am-andux ichra terlarga g‘ark bo‘layotgan Maxshar axliga boq. Ularning ichida shunday deb bakirayotganlari xam bor: «Ey Rabbim, garchi jaxannamga jo‘natib bo‘lsada, meni bu andux va intizorlikdan qutqar!»

Bularning barchasi xali hisob-kitob qilinishidan, jazolar berilishidan oldin ro‘y beradi. Sen xam shu odamlardan birisan, a’zoi badaningdan toshib chiqayotgan terlar qaerga yetishini bilmaysan.

Alloh yo‘lida qilingan xar qanday ibodat- u xaj bo‘ladimi, ro‘zami, namozmi, musulmonning biron hojatini ravo qilishmi, amri ma’ruf yoki nahyi munkar yo‘lidagi mashaqqatmi, bularning barchasi insonni terlatmasligi mumkin. Lekin Mahshar maydonidagi xayo va xavf xar bir bandani terga g‘arq qiladi.

Mahshardagi qayg‘u shu darajada davomliki, go‘yo cheki yo‘qdek tuyuladi. Agar Odam farzandi jaholat va g‘ururdan uzoq bo‘lsa edi, bu dunyoda toat tufayli chekilgan ranju alamlarda oqqan terlar Qiyomatdagi g‘am-anduh va intizorlik ostida to‘kilgan terlar oldida arzimas va muddat jihatidan juda qisqa ekanligini bilgan bo‘lardi. Chunki, u Kun shiddati qattik, muddati uzoq Kundir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Dekabr 2007, 12:35:38

Qiyomat kunining uzunligi

U Kun ko‘zlar tikilgan ko‘yi qotib qolgan, kalblar parchalangan, birov birovga so‘z qotmaydi, birov birovga boqmaydi. Uch yuz yil tuz totmasdan, bir qultum suv i-masdan turadilar, g‘ir etgan shabadani topmaydilar.

«U Kunda barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turadilar» (Mutaffifun,6)oyati tafsirida Ka’b va Qatoda dedi: «Uch yuz yil mikdorida turadilar». Abdulloh ibn Amr dedi: «Rasululloh sollallyxu alayhi vasallam bu oyatni tilovat qilib: «Alloh sizni muddati ellik ming yilga barobar bir Kunda o‘qlarni sadoqqa joylagan kabi jamlab,(lekin)sizga boqmagan Kunda xolingiz qanday bo‘lur?!»(Tabaroniy rivoyati).

Hasan Basriy deydi: «Muddati ellik ming sanaga teng bir Kunda yemasdan, ichmasdan oyoq uzra turish xususida o‘ylab ko‘rdingizmi? Tashnalikdan tomoqlar kurib yoriladi, ochlikdan qorinlar yonadi. Shu holatda jahannam sari yuradilar, qaynab turgan bulokdan ichadilar. Harorat battar kuchayib, ichlarni kuydiradi. Ahvollari toqat qilib bo‘lmas darajaga yetadi. Shunda ular: «Allohning huzurida mukarram bo‘lgan bir zot bizni shafoatiga olmasmikan?» deya bir-biridan so‘raydilar. Keyin ular qaysi payg‘ambarning yoniga borishmasin, u payg‘ambar: «Meni tinch qo‘ying,o‘zim bilan o‘zim ovoraman, o‘zga bilan ishim yo‘q» deb javob beradi. Alloh taoloning qattik, g‘azabidan ogox, har bir payg‘ambar: «Parvardigorimiz na ilgari va na keyin bugungidek g‘azablanmagan» deb shafoat so‘rovchilarga o‘zlarining uzrini izhor qilishadi.Keyin Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom izn berilgan kishilarni shafoat qiladilar».

«U Kunda oqlov foyda bermas, magar Rahmon izn bergan va so‘zidan U zot rozi bo‘lgan kishigagina (foyda berur)» (Toho,109-oyat).

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Dekabr 2007, 12:37:42

Agar Qiyomat kunining naqadar uzun va u Kundagi intizorlikning naqadar achchiq ekani xususida o‘ylasang, bu qisha umrda gunohlardan tiyilishga sabr etishing shuncha oson kechadi.

Bu dunyoda shahvatlardan tiyilish qiyin bo‘lgani uchun o‘limni uzoq kutyapsan. Bilginki, bugun cho‘zilgan intizorliging tufayli u Kunning intizorligi qisqa bo‘ladi.Qiyomat kunining uzunligi to‘g‘risida Rasuli akram dedilar: «Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, u Kun mo‘minga bu dunyoda o‘qigan farz namozidan xam yengilroq qilinadi»(Abu Ya’lo va Bayhaqiy rivoyati).

Bas, ana o‘sha mo‘minlar jumlasidan bo‘lishga tirish! Modomiki, umringdan bir nafas qolgan ekan, hali imkoniyat bor, hozirlik ko‘r. Muddati qiska bu kunlarda muddati uzun Kunning g‘amini ye! Senga cheksiz surur bag‘ish-laydigan foydani qo‘lga kirit. Sening arzimas umring, balki bu dunyoning yetti ming yillik umri Oxiratning bir kuni oldida nima degan gap! Mayli, yetti ming yil sabr etsang, nima bo‘pti? Axir evaziga muddati ellik ming yilga barobar Kunning azobidan xalos bo‘lasan-ku! Sen uchun bundan katta yutuq, bundan huzurbaxsh hordiq bormi?!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Dekabr 2007, 12:39:53

Qiyomat kuni, uning dahshati va nomlanishlari

Ey miskin! Muddati uzun, sultoni qahrli, vaqti yaqin u ulug‘ Kunga hozirligingni ko‘r. U kun sen osmonning yorilganiga, qo‘rqinchdan yulduzlarning sochilib ketganiga guvoh bo‘lasan. U Kun chaknab turgan yulduzlar falaklaridai to‘kiladi, kuyosh o‘ralib(nursizlanib) qoladi. Tog‘lar o‘z joylaridan jildiriladi, qornidagi bolasi o‘n oylik bo‘lgai bo‘g‘oz tuyalar bo‘sh qo‘yib yuboriladi, vahshiy hayvonlar bir joyga to‘planib qoladi, dengizlar tandir kabi qizitiladi va suv o‘rniga olov bilan to‘ladi. Jonlar qaytadan badanlarga juftlanadi, do‘zax lovullatib yoqiladi, jannat yaqin qilinadi. Tog‘lar qumlar kabi sochiladi, yer yoyilib tep-tekis bo‘ladi.

O’sha Kun yer dahshatli silkinadi, bag‘ridagi xazina va inson jasadlaridan iborat «yuk»larni yuzaga chiqarib tashlaydi. U Kunda odamlar qilgan amallarining‘ jazo yoki mukofotlari ko‘rsatilishi uchun to‘da-to‘da bo‘lib chiqib keladilar. U Kunda yer va tog‘lar zo‘riqib, bir daf’ada portlab ketadi. Ana shunda Qiyomat voqe bo‘ladi, osmonlar yoriladi. Farishtalar osmonning chor atrofida Allohning amriga muntazir! Ularning ustida Rabbingning Arshini u Kunda sakkizta farishta ko‘tarib turadi.

O’sha Kunda sizlar hisob-kitob uchun Allohga yuzlantirilasiz, biron siringiz maxfiy qolmaydi. U Kunda tog‘lar bulutlar kabi yurgiziladi, yer tog‘-toshlarsiz, bog‘-rog‘larsiz ochiq-yalang‘och holda qoladi. U Kun yerlar qattiq larzaga keladi, tog‘lar titilib, chang-to‘zonga aylanadn. U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qoladi. Tog‘lar esa titilgan jun kabi uchib yuradi.

U Kuni onalar emizib turgan bolasini unutadi, homilador ayollar homilasini tashlab yuboradi. U Kuni odamlarni mastu gangigan holda ko‘rasan, holbuki ular mast emaslar. Allohning azobi esa qattiq.

U Kuni yer boshqa yerga, osmonlar o‘zga osmonlarga aylanib qoladi. Barcha odamlar yolg‘iz va kudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladilar. U Kun tog‘lar kumlar kabi sochiladi, yer tep-tekis qilib qo‘yiladi, unda na chuqur va na do‘nglikni ko‘rasiz. U Kun siz tog‘larni ko‘rib, tek qotib turibdi, deb o‘ylaysiz. Holbuki ular xuddi bulutlar yurgan kabi yuradi. U Kun osmon yorilib, teri kabi qizarib qoladi. Ana o‘sha Kunda ka bir ins va na bir jin qilib o‘tgan gunohidan so‘raladi.

U Kunda osiy kimsalar so‘zdan mahrum qilinadi. U Kunda gunoxlar haqida so‘ralmaydi, balki peshona va oyoqlaridan ushlab uloqtiriladi.U Kunda har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko‘radi, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydi. U kun har bir jon nima amal qilganini biladi, avvalu oxir qilgan gunohlariga guvoh bo‘ladi. U Kun tillar soqov bo‘lib, a’zolar gapiradi.

U Kunning zikri mursallar sayyidi Muhammad alay-hissalomning sokolini oqartirdi. Abu Bakr Siddiq ro-ziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli, soqolingizga ok oralaganini ko‘ryapman?» dedi. «Hud va unga o‘xshagan suralar meni qaritdi» dedilar Allohning‘ rasuli. Ular: Voqea, Val-mursalot, Naba’, Takvir suralaridir».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Dekabr 2007, 12:41:38

Ey ojiz qori! Sening qiroatdan olgan ulushing — Qur’on kalimalarini g‘o‘ldirashu, ular bilan tilingni qimirlatish xolos. Agar o‘qiyotganlaringni fikr eta olsayding, mursallar sayyidining soqolini oqartirgan narsa sening o‘takangni yorgan bo‘lardi. Bilginki, Allohning Kalomi-ni tilidagina takrorlaydigan qori Qur’on samarasidan mahrumdir.

Qiyomat Qur’onda ko‘p zikr qilingan mavzulardandir. Quyida bu Kunning turli-tuman nomlanishlari va ularning ma’nolaridan voqif bo‘lamiz. Maqsad Qiyomatning turli-tuman nomlarini takrorlashdangina iborat emas, balki u Kunni aql egalariga eslatish. Bilginki, Qiyomatning har bitta nomi ostida bir sir yashirin, har bir sifat alohida ma’noga ega. Bas, ma’nolarni ilg‘ashga urin!

Qiemat kuni (jasadlar tirilib, tik turadigan kun),-Xasrat kuni, Nadomat kuni, Hisob kuni, So‘ralish kuni, Musobaqa kuni, Munoqasha (bahs-muiozara) kuni, Munofasa(raqobatlashuv)kuni, Zilzila kuni, Damdama(momoqal-diroq) kuni, Soika(chaqmoq) kuni, Voqea kuni (qyyomat voqe bo‘ladigan kun), Al-Qoria kuni(qalblarni qattiq qoquvchi kun), Rojifa kuni (sur birinchi marta chalinib, yerni titratguvchi kun), Rodifa kuni(sur ikkinchi marta chalinib, barcha narsaga kdytadan hayot ato etiladigan kun), G’oshiya kuni(o‘z dahshati bilan o‘rab oladigan kun), Dohiya(dahshat) kuni, Al-Ozifa kuni(yaqin kun), Al-haaqqa kuni(aniq ro‘y beruvchi kun), Tomma(balo) kuni, Soxxa(quloqlarni kar qilguvchi dahshatli qichqiriq)kuni,Talaq(muloqot) kuni, Firoq(ajralish)kuni, Masaq(haydalish)kuni, Qasos kuni, Nido kuni, Hisob kuni, Qaytish kuni, Azob kuni, Qochish kuni, Uchrashuv kuni, Baqo kuni, Qazo kuni, Jazo kuni, Balo kuni, Yig‘i kuni, Hashr kuni, Va’id (qo‘rquv)kuni, Namoyish kuni, Amallar tortiladigan kun, Xdq kuni, Hukm kuni, Ajralish kuni, Jamlanish kuni, Tirilish kuni, Ochilish kuni, Xorlik kuni, Ulug‘ kun, Aqim (tug‘mas, ya’ni ertasi yo‘q ) kun, Asir (og‘ir) kun, Din(jazo) kuni, Yaqiyn kuni, Yaushur(tirilish) kuni, Masir (qaytish) kuni... U shunday kunki, kishi o‘z og‘a-inisidan, onasi va otasidan, xotini-yu bola-chaqasidan qochadi. U kunda na gapiriladi, na tinglanadi, mol ham, bola-chaqa ham foyda bermaydi. Zolimlarning uzri o‘tmaydi, ularni faqatgina la’nat va yomon oqibat kutadi. U kunda ko‘zlar qo‘rquvdan qotadi, ovozlar o‘chadi,yashirinlar oshkor bo‘ladi. U kun bandalar Mah-shar maydoniga xaydaladi, yosh bolalar qarib qoladi, qari-lar hushdan ayriladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2008, 18:04:20

O’sha kuni tarozilar quriladi, daftarlar ochiladi, jahannam ko‘rinadi, qaynaydi, bo‘kiradi, kofirlar noumid bo‘ladi, jahannam olov sachratib yonadi, tillar gung-soqovga aylanadi, qo‘l-oyoqlar gapiradi.

Ey inson! Nima seni «ulug‘ Parvardigoringga ibodat qilmasang ham bo‘laveradi» deb aldab qo‘ydi? Eshiklarni yopding, pardalarni tushirding, xaloyikdan bekinding va buzuq ishlarga sho‘ng‘iding. Butun a’zolaring senga qarshi guvohlik berganda ahvoling ne kechadi?
Evoh! Bizdek g‘ofillarning ahvoliga voy bo‘lsin, voy bo‘lsin! Alloh taolo bizga mursallar sayyidini jo‘nat-di, u zotga ochiq-ravshan Kitob nozil etdi, Qiyomatning dahshatlaridan xabar berdi. Keyin bizga g‘aflatda ekani-mizni bildirdi:

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchidirlar. Ularga Parvardigorlari tomonidan biron yangi eslatma-oyat kelar ekan, albatta uni masxara qilib, dillari g‘ofil bo‘lgan hollarida tingladilar»(Anbiyo,1-2-oyatlar).

So‘ngra bizni Qiyomatning yaqin qolganidan ogoh etdi:
«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi» (Qamar,1-oyat).

«Chunki ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!» (Maorij, 6-7-oyatlar).

«Odamlar sizdan (Qiyoiat) soati (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. «U (soatni) bilish yolg‘iz Allohning huzuridadir» deb ayting. Qaerdan bilursiz, ehtimol u soat yaqin kelib qolgandir» (Ahzob, 63-oyat).

Keyin bizning eng go‘zal holatimiz — Qur’on o‘qish va uning ma’nolarini fahm etmaslikdan iborat bo‘ldi. Ha, biz Qiyomat kunining sifatlari va nomlari nima uchun ko‘p zikr etilgani xususida o‘ylamadik, u Kunning dahshatla-ridan xalos bo‘lish uchun xozirlik ko‘rmadik.
Allohim! O’zing 6u g‘aflatdan bizni asra, marhamatingni keng qilmasang, holimiz xarob.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2008, 18:04:42

So‘ralish

Ey miskin, fikr et! Ushbu holatlardan so‘ng sen bilan tarjimonsiz, bevosita hisob-kitob boshlanadi. Eng mayda, arzimas deb bilganlaringdan tortib, eng katta deb hisoblagan narsalaringgacha birma-bir hisob berasan. Qayg‘u va kulfatlar ichra, xijolat terlariga g‘arq bo‘lib turganing-da osmon qavatlaridan ulkan va bahaybat farishtalar tu-shadi. Ularga gunoxkorlarning peshona sochidan ushlab, ulug‘ va qudratli Zotning huzuriga olib kelish buyurilgan...
Tasavvur et: o‘sha farishtalar seni ushlab, hisob-kitob uchun Rabbingning huzuriga eltyapti. Farishtalar ptuncha-lik ulkan va bakuvvat bo‘lishiga qaramasdan u Kunning dahshatidan shikasta, bandalarga yog‘dirilayotgan qahru g‘azab-dan qo‘rquvda, sening holing ne kechadi?
Farishtalar yerga tushar ekan, ularning siquvga olishidan qo‘rqib, yerga yuzlari bilan yiqilmagan biron payg‘am-bar, biron siddiq, biron solih kishi qolmaydi. Bu Allohga yaqin bo‘lgan — muqarrab bandalarning holi! Bo‘g‘zigacha gunoxga botgan osiylarning ahvoli qanday bo‘ladi?! Farish-talarning ko‘kdan inishidagi haybatni ko‘rib, qo‘rquvdan shoshib qolgan bir qavm ulardan: «Rabbimiz sizlarning orangizdami?» deb so‘rashadi. Farishtalar o‘zlarini yaratgan zot qanday qilib ularning orasida bo‘lishi mumkin, de-gan vahm ichra bu savolning xatoligidan dahshatga tushishadi va darxol: «Parvardigorimiz sizlar gumon qilayotgan narsadan pok. U Zot bizning oramizda emas, lekin albatta hozir bo‘lur!» deya ovozlari boricha nido qilishadi.
So‘ngra saf-saf bo‘lib turgan farishtalar xaloyiqni o‘rab olishadi. Bu Kunning haybatidan ularning yuzlarida ko‘rquv va siniqlik hukmron.

Alloh taolo dedi:
«Endi albatta payg‘ambar yuborilgan kishilar bilan ham, yuborilgan payg‘ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz. Endi albatta ularga, bilgan holimizda,(qilib o‘tgan ishlari haqida)so‘ylab berurmiz. (Zotan) Biz g‘oyib-yo‘q emas edik,(balki barcha narsaga guvoh bo‘lib turgan edik)» (A’rof, 6-7-oyatlar).

«Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta, ularning barchasidan qilib o‘tgan ishamallari haqida so‘raymiz»(Hijr, 92-93-oyatlar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2008, 18:05:04

Alloh savolni payg‘ambarlardan boshlab, deydi:
«Alloh payg‘ambarlarni to‘plab: «Sizlarga(ya’ni, qilgan da’vatingizga ummatlaringiz tomonidan)qanday javob bo‘ldi?-deb so‘raydigan kunida, ular: «Biz bilmaymiz. Faqat Sening O’zinggina g‘ayb ilmlarining bilim-donisan- deydilar» (Moida, 109-oyat).

U Kunning shiddati payg‘ambarlarning aqlini shoshiradi, bilganlarini unuttiradi. Ularga: «Xaloyiqqa payg‘ambar qilib jo‘natildingiz, qani, nima deysiz?» deyilsa, garchi bilsalarda, dahshatdan javob berolmay qolisha-di va: «Bizda ilm yo‘q, O’zing g‘ayblarni bilguvchisan» deydi ular Qiyomatning xaybati bosib. Xaqiqatan ham o‘sha payt ularning bilganlari aqlini tark etadi va Alloh taolo quvvat bergunicha unut bo‘ladi.

Keyin Nuh alayxissalom chaqiriladi va unga: «Haqni yetkazdingmi?» deyiladi. U: «Ha» deb javob bsradi. So‘ngra uning ummatidan: «Sizlarga haqni yetkazdimi?deb so‘ra-ladi.  «Biz bu odamni tanimaymiz!» deyishadi.

Iso alayhissalom keltiriladi va Alloh taolo unga deydi:
«Ey Iyso binni Maryam, odamlarga: «Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo qilib olinglar!» deb sen aytdingmi..?» (Moida, Ib-oyat).

Iso alayhissalom bu savol haybatidan bir necha yillar iztirobda qoladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2008, 18:05:24

Ha, u ulur Kunda payg‘ambarlar ham shunday savollarga tutiladi. Keyin farishtalar kelib: «Ey falonchining o‘g‘li falonchi! Amallaring ko‘rsatiladigan yerga kel!» deya odamlarga birma- bir nido qilishadi. Ana o‘sha payt tizza-lar qaltirab, jamiki a’zolar titroqqa tushadi, aqllar lol qoladi. Ba’zi qavm qabih amallari Parvardigori huzu-rida namoyish qilinishidan, yashirib yurganlari xaloyik-ning oldida ochilib qolishidan or etib, jahannamga hay-dalishni orzu qilib kolishadi.
Savol bogalanigaidan avval Arshning nuri yorishadi:

«Yer (ya’ni mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishdi; kitob-nomai a’iol(hisob-kitob uchun hozirlab) qo‘yildi; payg‘ambarlar va guvohlar keltirildi va ular-ning (ya’ni barcha bandalarning)o‘rtalarida (bironta-lariga) zulm qilinmagan holda xaq bilan hukm qilin-di» (Zumar, 69-oyat).

Endi har bir banda Yaratuvchisi oldida  yuzma-yuz xisob berishga shak-shubhasiz ishonadi. Ulardan har biri go‘yo: Allohdan o‘zgasi meni ko‘rmayapti, Allohning oldida yolg‘iz o‘zim savolga tortilyapman, deb o‘ylaydi.

O’sha payt Alloh taolo: «Ey Jibril, do‘zaxni keltir!» dyoydi. Jibril do‘zaxga yaqinlashib: «Ey jahannam! Yaratuvching va Xojang — Allohning amriga javob ber» dey-di. Jibril daf’atan do‘zaxning qahru g‘azabga to‘layotganiga guvoh bo‘ladi. Jahannam quturib, qaynaydi, «chars-chars» yonib, osiylarni qa’riga chorlaydi, xaloyiq do‘zaxning g‘azabli bo‘kirigini eshitadi. Jahannam qo‘rikchilari Allohning amriga bo‘ysunmagan osiylarga qahr bilan tashla-nadilar.
Jahannam o‘tidan yuz o‘girib qochmoqchi bo‘layotgan, borlig‘i qo‘rquv va daxshatga to‘lib, tiz cho‘kkan ko‘yi yikilayotgan xaloyiqni bir ko‘z oldingga keltir, ularning axvolini bir chin ko‘ngildan his qilib ko‘r:

«(U Kunda) barcha ummatni (daxshat va iztirobla) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz...» (Josiya, 28-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2008, 18:05:41

Ba’zilar yuzlari bilan yiqiladi, osiy va zolimlar shovqin-suron solib bo‘kiradi, siddiqlar «nafsim, nafsim» deya o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘ladi.

Shu payt xaloyiqqa jahannamning ikkinchi o‘kirigi eshi-tiladi. Odamlarning qo‘rqinchi yanada oshib, quvvatdan qoladilar, «ana endi biz ketdik» deb o‘ylaydilar. So‘ngra ja-hannam uchinchi marta o‘kiradi, xaloyiq xadik to‘la nigoh bilan atrofga boqqancha jahannamga yuz tuban qulaydi. Zolimlarning qalblari qaynab, bo‘g‘ziga tiqiladi. Saodat axli ham, shaqovat ahli ham bu dahshatlardan o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadi.

Shundan so‘ng Alloh taolo payg‘ambarlariga qarata: «Ne deb javob berasiz?» deydi. Hatto payg‘ambarlarga nisbatan qilinayotgan bu siyosatni ko‘rgan osiylarning qo‘rqinchi yanada ortadi. Ota bolasidan, aka ukasidan, er xotinidan qochadi. Har biri takdiri ne bo‘lishini bilmaydi, faqat kutadi, kutadi...

Keyin ular bittama-bitta ushlanib, so‘roqqa tutiladi. Alloh taolo ularning ozu ko‘p, ochig‘u yashirin amallarini hisob-kitob qiladi. Ko‘zu quloq, ko‘lu oyoq, barcha a’zolari guvohlikka o‘tadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Sahobalar:
- Ey Allohning rasuli! Qiyomat kuni biz Parvardigo-rimizni ko‘ramizmi? deyishdi.
- Havo ochiq, bulutsiz, qoq kunduz kuni quyoshni ko‘rishingizga biron narsa xalaqit beradimi? -so‘radi Rasulul-loh sollallohu alayhi vasallam ulardan.
-   Yo‘q, deyishdi sahobalar.
- Oy to‘lishib, osmon charog‘on bo‘lgan kechada oyni ko‘ri-shingizga biron narsa xalaqit beradimi?-so‘radilar Alloh-ning rasuli.
-   Yo‘q, deyishdi.

Qayd etilgan