Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: «Odamlar usti tikonu changaklarga to‘la jahannam ko‘prigidan o‘tishar ekan, o‘ng va chap tomonlaridan changaklarga ilinadilar. Ko‘prikiing ik-kala tarafida turgan farishtalar: «Allohim, salomat qil, Allohim, salomat qil» deyishadi tinimsiz. Kimdir ko‘prikdan chaqmoq kabi o‘tsa, kimdir shamol kabi o‘tadi. Kimdir chopqir ot kabi, kimdir yugurib o‘tadi. Kimdir yurib o‘tsa, kimdir emaklaydi, yana kimdir sudraladi. Axli do‘zax esa na o‘ladi, na yashaydi. Kimlardir gunohlariga ko‘ra jazolanadi, kuydiriladi, ko‘mirga aylanadi, so‘ngra shafoatga izn yeriladi» (muttafaqun alayh).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Alloh taolo avvallaru oxirgilarni ma’lum Kunda shak-shubxasiz mahsharga to‘playdi. Ular samoga ko‘zlarini tikkan holda qirk yil hukmni kutib turishadi.Keyin mo‘minlarga: «Boshlaringizni ko‘taring» deyiladi. Boshlarini ko‘tarishadi. Bas, ularga amallariga yarasha nur ato qilinadi. Kimgadir ulkan tog‘ barobar nur beriladi va bu nur uning oldida yuradi. Kimdir bundan kichikroq, kimdir xurmo daraxticha, kimdir undan ham ozroq nurga ega bo‘ladi. Hatto oxirgi kishiga be-rilgan nur oyog‘ining bosh barmog‘i kadar yergagina yetadi, shu darajada xira yorug‘lik taratadiki, goh yenadi, goh o‘chadi. Nur taralib, oyoq osti ko‘ringan paytda yuradi, o‘chganida to‘xtab qoladi». So‘ngra ularning nurlari miqdoriga ko‘ra Sirotdan o‘tishlari zikr qilinadi: «Kimdir ko‘z ochib yumguncha,kimdir chaqmoq kabi, kimdir bulut kabi, kimdir uchar yul-duz kabi, kimdir uchqur ot kabi, kimdir chopqir kishi kabi o‘tadi. Nuri oyog‘ining bosh barmog‘i qadar yerni yoritgan kishi yuzlari, qo‘llari, oyoqlari bilan sudralib, emaklaydi. Bitta qo‘lini oldinga tashlaydi, ikkinchisi orqaga tortadi, bitta oyog‘ini yerdan uzsa, narigisi osilib qoladi. Hatto olov uning yonlarigacha keladi.
Bu xatarlardan qutulgach, ko‘prik ustida turib, deydi: «Allohga hamd bo‘lsin, hech kimga bermagan ne’matini menga ato etdi, jahannamni ko‘rganimdan so‘ng undan najot berdi».
Keyin uni jannat eshigi oldidagi ko‘lga olib kelib, cho‘miltirishadi» (Ibn Adiy va Hokim rivoyati).