Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O’limdan so’ng)  ( 84147 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B



Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:18:39

Sur chalinishining bayoni

Jon chiqar holatdagi talvasa, oqibat xavfida to‘lg‘onishlar xususida «O’limni eslash kitobi» orqali tanishdik. Bas, shunchalik to‘lg‘onishlar o‘tdi, banda bu dunyodan uzildi. Endi uni qabr zulmati, jasadni kemiruvchi qurtu hasharotlar, Munkar va Nakir savollari, agar Allohning g‘azabiga sazovor bo‘lsa, qabr azobi va uning xatarlari «quchog‘iga oladi».

Bulardanda xatarlisi, hali oldinda Sur chalinishi, jasadlarga qaytadan jon iiib, qabrdan chiqish, barcha ishga qodir Zot oldida katta-yu kichik narsalar haqida so‘ralish, xar bir miqdorni hisobga oluvchi amallar tarozisining qurilishi, qildan ingichka va qilichdan o‘tkir Sirotdan o‘tish, keyin yo saodat sari yo shaqovat-badbaxtlik sari yo‘llaydigan hukm nidosini kutishlar bor.

Bas, bu xolat, bu dahshatlardan ogoh bo‘l va ularni sidqi dildan tasdiqla, iymoningga zarracha shubha aralashmasin! Bu xususda qanchalik ko‘p fikr yuritsang, kalbingda u Kunga xozirlik ko‘rishga undovchi sabablar shunchalik ortadi.

Afsus! Aksar kishilarning oxirat kuniga bo‘lgan iymoni qalbiniig to‘ridan joy olmagan. Shuning uchun ham ular yozning issig‘i-yu, qishning sovug‘iga mukammal hozirlik ko‘rgani holda, suyaklarni eritib yuboradigan jaxannam oloviga, turli-tuman musibat va daxshatlardan iborat zamharir sovuqlariga e’tiborsiz. Ulardan oxirat kuni xaqida so‘rasangiz, tillari biyron, qalblari esa g‘ofil. Agar birortasi ularga «oldingdagi taom zaharli» desa, unga «to‘g‘ri aytding, do‘stim» deyishadi va taomga qo‘l cho‘zishadi. Tillari bilan tasdiqlagan narsani amallari bilan yolg‘onga chiqarishadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:25:26

Angla! Amaldagi yolg‘on tildagi yolg‘ondan xavflirokdir.

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Alloh taolo dedi: «Meni so‘kmaslik lozim bo‘laturib, Odam farzandi Meni so‘kdi. Meni yolg‘onchiga chiqarmaslik lozim bo‘laturib, Meni yolg‘onda aybladi. Meni so‘kkani: «Allohning bolasi bor» deganidir. Meni yolg‘onda ayblagani «Alloh avval yaratgani kabi qayta yaratolmaydi» deganidir» (Buxoriy rivoyati).

Qayta tirilish, hisob uchun Maxshar maydonida to‘planish xususida fikrlash kam, o‘ylar sayoz, ishonchda quvvat yo‘q, tasdiqlar zaif, Agar tirik jonzotning tug‘ilishini umrida ko‘rmagan odamga: «Sodda va arzimas bir urug‘dan sen ko‘rib turgan mana shu mukammal odamni paydo qilgan Yaratuvchi bor» deyilsa, u bu haqiqatga shubha bilan qaraydi.

Alloh taolo dedi:
«Inson Biz uni nutfadan - bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (O’zimizga) ochiq qarshilik qilguvchi bo‘lib qolg‘anini ko‘rmadimi?!» (Yosin, 77oyat).

Alloh taolo dedi:
«Inson o‘zini (bu dunyoda dinu iymonga buyurilmasdan, oxiratda esa qayta tirilib hisob-kitob qilinmasdan) bekor tashlab qo‘yilishini o‘ylarmi?! Axir u (bachadonga) to‘kiladigan maniydan bir(haqir) nutfa emasmidi?! So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni ) yaratib, raso qildi. So‘ng undan erkak va ayol juftlarini (paydo) qildi» (Qiyomat, 36-38 oyatlar).

Odamning ilk yaralishidagi, yo‘kdan bor bo‘lgan turli-tuman a’zolarning birikishidagi ajibliklar oldida qayta tirilish nima degan gap! Alloh taoloning shunday san’ati va qudratiga guvox bo‘lgan kishi qanday qilib Qayta tirilish va buning hikmatini inkor eta olardi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:30:11

Agar qayta tirilishga ishonching mustaqkam bo‘lmasa, ilk yaralishga nazar sol, iymoning quvvatlansin, Qayta tirilish ham avvalgi yaralishdek, balki undanda yengilrokdir. Iymoni bakuvvat qalbgina kelajakda muqarrar xavf-xatarlarni his qiloladi. Shu xususda o‘yla, e’tiboringni shunga karat. Bu dunyo va uning rohatini qalbingdan sug‘urib ol, ertaga Ulug‘ Zot karshisida kanday yuzma-yuz turishingni o‘yla!

Surning shiddatli tovushidan qabr axli dahshatga tushadi. Shunday dahshatki, qabrlar yorilib, bir daf’ada undan jasadlar ko‘tariladi. Tasavvur qil: yuzing bo‘zargan, boshdan oyog‘ing qabr tuprog‘iga belangan hodda turibsan. Ko‘zlaring nido kelgan tomonga tikilib, qotib qolgan.Olomon sinovlari uzoq cho‘zilgan qabrlar ichidan bir qo‘zg‘olishda chiqadilar, Endi ular oldingidan ham chuqurroq qayg‘u, shiddatliroq qo‘rquv - oqibat kanday bo‘lishini kutish dahshati ichra qoladilar.

Alloh taolo dedi:
«Sur chalindi-yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina(tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar» (Zumar, 68 oyat).

Alloh taolo dedi:
«Chunki qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganida, ana o‘sha Kun qiyin Kundir! Kofirlarga oson bo‘lmagan (Kundir)!» (Muddassir,8-10 oyat).

Alloh taolo dedi:
«Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar(aytinglarchi), mana shu va’da (qilingan azob) qachon bo‘ladi?»-derlar. Ular faqat birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqda xolos. U ularni (o‘limdan mutlaqo bexabar hollarida, ko‘cha-ko‘y va boaorlarda bir-birlari bilan) janjallashib turganlarida olib ketar(ya’ni halok etar). Bas, ular na biron vasiyat qilishga va na uylariga qaytishga qodir bo‘lurlar. (Qiyomat soati kelib farishta Isrofilning‘) suri chalinishi bilan banogoh ular qabrlaridan Par-vardigorlari (huzuriga hisob-kitob uchun) sug‘urilib chiqurlar. Ular: «Ey bizlarga o‘lim bo‘lsin! Kim bizlarni yotgan joyimizdan(qabrlarimizdan) turg‘izdi?» deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar rost so‘zlagan narsa — Qiyomatdir» (Yosin, 48-52 oyatlar).

Agar o‘liklardan barcha azoblar ko‘tarilib, faqatgina Sur chalinishi qolsa, mana shu daxshatning o‘ziyoq ularni tinimsiz qo‘rqitishga kifoya bo‘lardi. Surning dahshatu vahshatga to‘la ovozi osmonlaru yerdagi barcha jonzotning yuragini yoradi. Faqat Alloh o‘ldirishni iroda qilmagan ba’zi farishtalargina undan omon koladilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:34:11

Rasuli akram dedilar: «Qanday quvonay, Sur egasi shoxni og‘ziga qo‘ydi. U boshini egib, quloklarini «ding» qilgan hodda chalishga qachon amr bo‘lishini kutyapti» (Termiziy rivoyati).

Muqotil ibn Sulaymon deydi: «Sur bu shoxdir. Isrofil alayxissalom bu shoxga dam uradi(puflaydi). Shoxning dam uriladigan og‘iz tomoni osmonlaru yerning kengligichadir, Isrofil alayhissalom Arshga ko‘zini tikib, qachon amr bo‘lishini kutyapti. Surga birinchi dam urilganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar ko‘rquvdai jon beradilar. Magar, Alloh tirik qolishini iroda etgan farishtalar — Jabroil, Mikoil, Isrofil va Malak ul-mavt omon koladilar. Keyin o‘lim farishtasi - Malak ul-mavtga Jabroilning, so‘ngra Mikoilning, so‘ng Isrofilning jonini olmoq buyuriladi. Oxirda o‘lim farishtasiga xam o‘lmoq amr etiladi. Bas, u ham jon taslim qiladi.

Birinchi bor sur chalinganidan so‘ng xalq qirq yil bar-zaxda qoladi. Keyin Alloh taolo Isrofilni tiriltirib, surga ikkinchi bor dam urishni buyuradi».

Alloh taolo dedi:
«Sur chalindi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzotlar o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u (sur) ikkinchi bor chalindida, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlari
dan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar»
(Zumar, 68 oyat).

Ko‘z oldingga keltir, surning dahshatli qichqirig‘idan qo‘rquv ichra oyoqqa qalqqan xaloyiq gangib, o‘zini yo‘qotgan. Lekin ustlariga yopirilgan shuncha xorlik va siniqlikka qaramasdan bitta tuyg‘u ularda hali o‘lmagan - kutish tuyg‘usi! Ular hukmni kutishyapti: saodatmi yo shaqovat?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:36:11

Tasavvur et, sen ham shular orasidasan. Sen ulardek xor-nochor, hayronalik ichra qotib qolgansan. Bu dunyoda to‘kin-sochin, turli-tuman noz-ne’matlarga burkangan holda yashading, boy eding. U Kunda vahshiy hayvonlar boshlari egik holda sahrolardan, tog‘lardan tushib keladi. Odamlardan qo‘rqish o‘rniga, xaloyiqqa qo‘shilib, beozor va begunoh holda Hashr sari yuradilar. Surning dahshatli qichqirig‘i ularni bu tomon chorlaydi, bu dahshat tufayli ular odamlardan qo‘rqishni unutadi:

«Vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to‘planib qolganida» (Takvir, 5 oyat).

Keyin yo‘ldan ozib, osiy bo‘lganlaridan so‘ng mardud bo‘lgan shaytonlar Mahsharga keladilar. Alloh taolo oldida turish qo‘rqinchi ularning bo‘ynini egadi:

«Bas (ey Muhammad), Parvardigoringizga qasamki, albatta Biz ularni (yo‘ldan ozdirgan) shaytonlari bilan birga to‘plarmiz, so‘ngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz cho‘kkan hollarida hozir qilurmiz» (Maryam, 68 oyat).

Fikr et, o‘tpa payt ahvoling ne kechadi?!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:39:05

Mahshar va uning ahli

Qayta tirilib, qabrdan chiqqanlaridan so‘ng odamlar yalang oyoq, yalang bosh, onadan endi tug‘ilgandek, xatna kilinmagan holda Mahshar maydoni sari haydaladilar. Mahshar oppoq, kaftdek tekis yer bo‘lib, uning na qiyshaygan, na egraygan yeri bor, Unda inson panasiga berkinib oladigan na bir do‘nglik, na ko‘zdan yashirin jarliklar bor. Bu keng maydonniig tuprog‘i barcha yerida bir xil, zarrasi zarrasidan farqlanmaydi. Odamlar Mahsharga to‘p-to‘p haydaladilar. Ajabo! Kurai zaminning turli burchaklaridan, turli toifalarga bo‘linib kelayotgan sonsiz xaloyiqni bitta maydonga jamlagan Zot naqadar ulug‘, na qadar kudratli!

«Qiyomat kuni odamlar oq va ofra(oppoq emas, qoraga moyilroq) rangdagi, kepaksiz undan qilingan non kabi (dumalok), na bir bino, na bir aholi yashashiga alomat bo‘lmagan yerda to‘planadilar» (muttafaqun alayh).

U yer bu dunyo yeriga o‘xshamaydi, faqat ismdagina o‘xshash xolos:

«U Kunda yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladi...» (Ibrohim, 48-oyat).

Ibn Abbos deydi: «U yerda ziyodalashish va kamayish bor. U yerning daraxtlari, tog‘lari, vodiylari va ustidagi bor narsa sidirib olingan va u yer ukoziy teri kabi cho‘zilib yotibdi. Kumush kabi oqish bu yerda na bir qon to‘kilgan, na bir xato qilingan. Osmonlarning quyoshi, oyi, yulduzlari yo‘q» .

Ey miskin! U Kunning dahshati va shiddati haqida o‘yla. Xaloyiq Mahsharda to‘planar ekan, yulduzlar falaklaridan to‘kiladi, quyosh va oy so‘nadi. Nur ketib, yerga zulmat cho‘kadi. Mana shu holatda odamlar uzra osmon o‘rala boshlaydi, qalinligi va shiddati besh yuz yillik yo‘l qadar bo‘lishiga qaramasdan osmon yoriladi. Farishtalar uning girdi-chekkalarida qoim turadilar. Yorilayotgan osmonning quloq pardasini teshgudek ovozi naqadar daxshat! Shunchalar salobatli va shiddatli osmonlar yorilgan u Kun qanday haybatli! Keyin osmon erigan kumush kabi oqadi, unga bir sariqlik qorishadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:46:46

«U Kunda osmon eritilgan mis kabi bo‘lib qolur. Tog‘lar yung kabi (engil) bo‘lib qolurlar».(Maorij, 8-9oyatlar)

«U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qolurlar(Ya’ni qabrlaridan chiqishib,Qiyomat dahshatidan o‘zlarini har yonga urib-to‘zib ketadilar)(Al-Qoria, 4 -oyat).

Rasululloh sollallohu alayqi vasallam dedilar: «Odamlar yalangoyoq, yalang‘och, xatna qilinmagan holda, qulog‘ining yumshoqlarigacha terga botib yuradilar». Shunda Savdo onamiz; «Voy, qanday uyat, birovning ko‘zi birovga tushmaydimi? - so‘radilar. «Odamlar o‘zlari bilan o‘zlari band bo‘lib qoladi» dedilar Allohning rasuli (va ushbu oyatni o‘qidilar):

«(Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur!(Abasa, 37-oyat)

Bu qanday Kunki, odamlarning avratlari ochiq, lekin hech kim ularga qayrilib boqmas. Qandayam boqsin, qayrilib qarashga qani majol, kimdir qorni bilan, kimdir yuzi bilan sudralib ketayotir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2007, 16:47:50

Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Qiyomat kunida odamlar uch guruh bo‘lib to‘planadilar: ulovda yuruvchilar; yayov yuruvchilar; yuzlari bilan yuruvchilar». Shunda bir kishi: «Yuz bilan qanday yuriladi, ey Allohning rasuli?» deya so‘radi. «Oyoqlar bilan yuritishga qodir Zot, ularni yuzlari bilan yurgizishga ham qodirdir!» deb javob berdilar Allohning rasuli.(Termiziy rivoyati)

Odamzod tabiati o‘ziga yoqmagan barcha narsani inkor qilishga odatlangan. Agar inson yashin tezligida qorni bilan o‘rmalab yuradigan ilonni ko‘rmaganida edi, oyoqsiz yurish mumkinligini inkor qilgan bo‘lardi. Aslida, oyoq bilan yurishni ko‘rmagan odamga bu odatiy hol, ya’ni oyoq bilan yurish xam ehtimoldan uzoq narsa.

Shunday ekan, Qiyomat kunida sodir bo‘ladigan ajib ishlarni bu dunyoda qiyosi yo‘qligi uchun inkor etishdan saqlan! Negaki, dunyo hayotida ham ko‘zing ko‘rmagan bir ajoyibotni senga gapirib berishsa, albatta inkor qilgan bo‘larding.

Bas, Mahshar maydonidagi holatingni qalbingda jonlantir: qip-yalang‘och, xor, mag‘lub, o‘zni unutgan holda turibsan. Ustingdan qanday xukm o‘qilishini kutyapsan, bu hukm seni saodatga eltadimi yo shaqovatga, bilmaysan?

Allohim! Bu hol g‘aflatidai saqla. Chunki, u ulug‘ holdir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Dekabr 2007, 12:30:40

Terning sifati

Keyin Mahshar maydonida to‘plangan yetti falak va yetti yer mavjudoti: farishtalar, jinlar, insonlar, shayton, vahshiy hayvonlaru yirtqich qushlardan iborat xaloyiqni tasavvur qil. Ularning ustiga yog‘ilayotgan quyosh nurining harorati borgan sari ziyodalashyapti...

So‘ngra quyosh ularning boshi uzra ikki yoy miqdorida yaqinlashtiriladi, u yerda butun olamlar Parvardigori soyasidan boshqa soya qolmaydi. Faqat muqarrab zotlargina bu soya ostida bo‘ladilar.

Insonlar ikki guruhga ajraladilar: bir gurux, Arshning soyasida, boshqasi quyoshning sindiruvchi harorati ostida. Eritib yuboruvchi bu kaynok harorat g‘am-anduhni kuchaytiradi. Zich va tiqilinchdan oyoqlari chalkashib ketayogan xaloyiq bir-birini itaradi. Butun olamlar Rabbi -Alloh oldida bunday sharmandali xolda bo‘lish ularni yanada qattiqroq xijolatga soladi. Quyoshning olovli tafti, nafaslarning harorati, hayo va xavf o‘tida qovrilayotgan qalbning kuydirishi va boshqa azoblar odamlarni qiynaydi, ularning xar tukidan ter toshadi. Shu darajada toshadiki, yerlar suvga to‘ladi, badanlarga kadar ko‘tarilib, xatto Allohning huzuridagi manzillargacha yetadi. Toshib chiqayotgan ter kimnidir tizzasigacha, kimnidir bellarigacha, kimnidir qulog‘ining yumshog‘igacha ko‘msa, yana kimnidir butkul g‘arq qiladi.

Ibn Umar Rasuli akramning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Barcha odamlar Parvardigori olam huzurida tik turib(hisob-kitob beradigan Qiyomat) Kunida ulardan ba’zilari kulog‘ining yarmigacha terga g‘arq bo‘ladi»(muttafaqun alayx).

Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini aytadi: «Qiyomat kuni odamlardan oqqan terlar yerga yetmish bo’(quloch) singadi, ularning og‘izlari va quloqlarigacha yetadi»(muttafaqun alayx)-

Qayd etilgan