Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 83824 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 14 B

Ahvarhon  08 Mart 2009, 18:35:28

Биринчи марта 8 Ешимда "Фотиха "сурасини едлаб келганимда.Охирги марта Дипломимни олганимда хурсанд булганлар.

Qayd etilgan

Moxim bonu  01 Aprel 2009, 15:02:34

Assalomu aleykum man oyijonimga kecha Xadis va xayot degan kitobni xadiya qildim.

Qayd etilgan

Nemat  16 Aprel 2009, 12:48:04

Assalomu alaykum forumdoshlar!
Men hech onajonimga sovg'a berganimni eslolmayman lekin, onajonimga uning uchun eng aziz narsani sovg'a qilish niyatim bor.Ammo u narsani haligacha topaolganim yo'q.

Qayd etilgan

kenguru  28 Aprel 2009, 10:44:34

Juda ajoyib mavzu.Eslasam onajonimga xozirgacha xech nima sovg'a qilmabman.Nega biz shunaqamiz? Bilmadimu, ammo bugun onamga albatta sovg'a beraman.

Qayd etilgan

Shokir63  13 May 2009, 14:37:59

Men onamga juda ko'p sovg'a berganman, pulim oz bo'lganda arzon narsalar bo'lsa ham olardim, chunki onalar uchun narsaning qiymati muhim emas, uning o'g'li tomonidan berilgani muhim.

Juda ajoyib mavzu.Eslasam onajonimga xozirgacha xech nima sovg'a qilmabman.Nega biz shunaqamiz? Bilmadimu, ammo bugun onamga albatta sovg'a beraman.

Nega biz shunaqamiz, bilmadim debsiz. Men sizga aytay, biz etiborsizmiz, biz ko'p narsaning qadriga kech yetamiz.

Assalomu alaykum forumdoshlar!
Men hech onajonimga sovg'a berganimni eslolmayman lekin, onajonimga uning uchun eng aziz narsani sovg'a qilish niyatim bor.Ammo u narsani haligacha topaolganim yo'q.

Hech bo'lmasa gul bering, o'z bog'ingizdan qirqib bersangizda onangizsing sevinchi cheksiz bo'ladi. Bizga bu u yerdan olib buyerga qo'ydiga oxshashi mumkin. Lekin ona uchun bu: kechagina beshikda yig'lab yotgan bolaning, bugun qanday yigit bo'lganini ko'rish. BU uning uchun oliy baxt.

Qayd etilgan

Asmohon  14 May 2009, 22:54:27

shokir sizga ming bora rahmat onasini o`ylaydigan martlar ham bor ekankurahmat1000000000000000000 marta hamma sizga o`hshasa qani edi

Qayd etilgan

Asmohon  15 May 2009, 15:16:43

Yoshligimda manimcha 3-sinf bo`lsam kerak onamga sovg`a olish uchun pul yig`dim keyin do`konga bordim. Qarasam chiroyli zirak uzuk yashil toshli puli qimmatroq ekan juda olgim kelib qarab turdim bir sum yetmayotgandi yonimga bir ayol kelib "ha qizim nima bo`ldi?"-deb so`radi pulim sovg`aga etmayapti deb uyalibgina javob berdim. Haligi ayol senga yoqdimi deb so`radi va sotuvchiga ko`rsatvoring dedi hullas shu ayol bir sum berdi uyizni ayting keyin olib borib beraman desam onangni hursand qilsang shu etadi dedi. O o`sha kuni uyga qanday yetib kelganimni ham bilmay qoldim.hozirgi kunda turmushga chiqib ularni qadrini endi bilyapman.onamga hecham yahshi ko`rishimni aytolmiman ichimda nimadir to`sqinlik qiladi.Onamga qarasam yig`lagim keladi hokisorgina biz uchun hamma narsaga tayyor ona.Bechora bir umr bizlarni o`ylaydi.kosasiga go`sht tushsayam bolam yesin deydi.o`zi kasal lekin bolam o`qisin deb bor pulini kantraktka to`laydi. Do`stlarini oldida uyalmasin deb o`ziga ko`zi qiymay bolasiga oladi.Hammamizni onamiz bir `osha eski ko`ylak eski tufli eski sumka. Agar birortangiz yo`q bo`lishi mumkin emas desangiz ishonmayman ona borki albatta bechoraning nima narsasidir eski bo`ladi.onamga doim o`zi ko`zi qiymaydigan narsasini sovg`a qilaman. bechora onam sovf`a bersam darrov nega pulingni ishlatting shart emasdi deydi ko`chaga chiqib hamma dugonalariga maqtanib o`tiradi.doim bir yahshi narsa esam onam esimga tushadi. ohirgi payt hayolimda tezroq onangga yahshilik qilib ol ular f`animat sen keyin olaverasan degan narsa aylanadi.shunga qarab ish tutaman. kasal bulsam mendan ko`p yiglaydigan harsillab shifohonaning 7 qavatiga chiqadigan,doim dardkashim bu onam.Ba`zida qizlar turmushga chiqib o`zgarishadi yo`q unday qilmang. keyin o`zingiz ming pushaymon qilasiz onam hafa ko`rinmaydiku deb o`ylamang onalar jimgina bolam sezib bezovta bo`lmasin deb ichida yig`laydi.Ayniqsa ohirgi payt yigitlardan qattiq hafaman. Ko`z ichida katta qilgan onangizni bir hotinga alishib yuborasiz a uyate.man qizbola bulsam ham 10ta podsho erga alishmasdim onamni.Ko`chadan berkitib hotiningizga shirinlik olib kelasiz, ko`proq hotiningizga mulozamat qilasiz onangiz sal hotiningizni koyisa darrov qovog`ingiz osiladi uyate.man onamga qilgan arzimas sovg`amni hech eslamiman qalbimni doim bir narsa tirnaydi ularga nima qilding deb.haligi ashula borku onasi bor odamlar hech qachon qarimaydi degan shu haq gap. uylang sizni har qanday holingizda ham faqat onangiz yahshi ko`radi. eslang ohirgi marta yuring onajon falon erda halol tovuqhona ochilibdi bir aylantirib kelaman deganizga qancha bo`ldi? Ukam anavi rivoyat borku'Tur bolam turgin o`rningdan lat emadimi qara o`t bo`ting, ashulasi ham chiqqandi onasini yuragini sug`urib sevgan qiziga olib ketayotgan yigit haqida' shuni eshitsam yig`lagim keladi opa deydi. men ukamga oldin katta bo`lib uylanchi keyin ko`ramiz deyman rostdan ham shu rivoyatdagi yigitdan qayyerimiz kam. birinchi onamizga baqirib keyin o`zimiz siqilamiz chunki ahmoqmizda. ha yodimga yana bir voqea tushdi u payt kichkina edim yoz oyi adam anjir olib keldi onam anjirni yahshi ko`rardi. onamga qarab turib ''Sizga katta bulsam rossa anjir olib kelaman" dedim. Onam ey bolam hozir shunaqa deysan da katta bulsang olib kelaman deysanu ishlaring chiqib qolada, keyin yana olib kelaman deysan oilangdan vaqt ajratolmaysan, keyin bolalaringdan vaqt ajratolmaysan hullas hamma ishingni bitirib kelsang onang yo`q buladi unda dedilar. bir past qarab turib onamni quchoqlab yig`lab yubordim.
Do`stlar gap nima sovg`a qilishda emas, eng muhimi kech bo`lib qolmasin.
Allohim hammamizga insof bersin onalarimizni boshimizda kutarib yuraylikjavascript:void(0);

Qayd etilgan

Abdullah_Hayrullah  09 Iyun 2009, 19:02:23

Men oyijonim va otajonimni besh vaqt eslab duo qilaman. Umid qilamanki ular uchun bu eng yaxshi sovg'a. Boshqa imkonim ham yo'qda. Chamasi 20 yillar bo'ldi ularning boshqa olamga ketganlariga.  :2 Ota-onangiz bor ekan fursatdan foydalanib duolarini olib qoling. Bu fursat qaytarilmaydi.

Qayd etilgan

siddiqa  10 Iyun 2009, 07:55:52

Men oyijonim va otajonimni besh vaqt eslab duo qilaman. Umid qilamanki ular uchun bu eng yaxshi sovg'a. Boshqa imkonim ham yo'qda. Chamasi 20 yillar bo'ldi ularning boshqa olamga ketganlariga.  :2 Ota-onangiz bor ekan fursatdan foydalanib duolarini olib qoling. Bu fursat qaytarilmaydi.

Alloh sobur bandalaridan qilsin sizni .

Qayd etilgan

Afruza  11 Iyun 2009, 10:33:26

Oldinlari imkoniyatim bo'lmagani sabab onajonimga unchalik katta sovg'a qilolmasdim. Birinchi marta kattaroq sovg'a qilganimda ularni hursandchiliklaridan maniyam kayfiyatim ko'tarildi. Tanishlargayam qizimni sovg'asi deb fahrlandilar.
Ha, yaqinlarimizni ko'nglini ko'tarish uchun kichik e'tibor ham yetarli. Shunchaki, bee'tibor bo'lmaylik. Ota-onamiz hammamizga g'animat. Duolarini olib qolaylik. Iloji bo'lsa hoziroq, kechiktirmasdan...

Qayd etilgan