Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 64104 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 14 B


Abdulahad  30 Iyun 2009, 11:21:11

  Darhaqiqat, ota-onalarimizga qancha bo'lsa, qiymatini qanday bo'lishidan qat'iy nazar ko'p-ko'p hadyalar, esdaliklar bersak ham kam. Chunki, ular bizni yoshligimizdan ulg'aygunimizcha o'zlari emagan-kiymagan narsalarni ham bizlarga berishni afzal ko'rishib, avaylashga harakat qilishgan.
  Man doimo bo'lmasa ham, lekin ilojini topdim deguncha ko'proq onamga keyin albatta otamga ham hadyalar berishga harakat qilib kelganman. Masalan onamga doim yangi chiqqan dinimizga bog'liq bo'lgan kitoblarni olib berardim. Keyin o'zlaridan gap orasida nimaga ehtiyojlari borligini sekin-asta bilib olib, ozgina fursat o'tkazib, ya'ni shu narsa haqida gaplashgnimizni unut bo'lganini bilganimdan keyin sotib olib kelib berardim. Va albatta sajdalarimda ham doimo duo qilaman. Oxirgi marta electron Quran player sovg'a qilganim esimda.(6 ta Qorilar tilovati, Hadis, Tafseer, Duo, Namoz vaqtlari va yana bir qancha imkoniyatlari boridi.)
  Mana hozir vatandan uzoqda yurib, ota-onamni kam ko'rganim sabablimi, ko'proq qadrilariga etmagan ekanman deb eslab o'tiraman gohida. Alloh S.W.T. qaytib borgunimcha ularni yoki mani ajalim yetishini taqdir qilmagan bo'lsa, ya'ni yana ko'rishishni nasib qilsa InshaAlloh ko'proq yaxshilik qilishga va hech qachon hafa bo'lmasliklarini harakatini qilaman.

Qayd etilgan


Fatima  17 Avgust 2009, 13:13:13

 :as:

Onajonimga yaqinda esimni taniganimdan beri yuragimga tugib qo`ygan sovg`amni topshirdim. Alloh rozi bo`lsin.

Qayd etilgan


Ansora  17 Avgust 2009, 14:15:20

A.alaykum. Onalarimizni qanchalik qadrlasak shunchalik oz. Bir narsa kerakmi, nima olay sizga, deb so'raganimizda "Voy bolam, qo'yaver, hamma narsam bor, pulingni sarf qilma", deb javob berishadi. Lekin aslida ularga dunyodagi eng arzon narsani olib borsak, boshlari osmonga yetadi. Eng asosiysi bizdan har doim shirin so'z kutadilar. Bizni Oz'beklar sevgimizni bir-birimizga, ota-onamiz bo'lsin, aka-ukalarimiz bo'lsin ko'rsatishga uyalamiz. Balki sizlarda boshqachadir, lekin men hech qachon yuragimdagi u sevgini butunicha ko'rsata olmaganman. Qo'limdan kelguncha onamga, otamga sovg'alar olganman, insholloh ularni ko'nglini olib, hayirli avlod bo'lgandurman. Bazi o'rtog'larimizni ota-onalari vafot etgan ekan, Alloh yaqinlarini raxmatiga olib, jannatiga qo'ysin insholloh. Ularga ham sabr bersin. Alloh barchamizga hayirli ota-ona bo'lishni va bizga beradigan farzandlarni ham halol sut emgan bandalardan qilib yetishtirishni nasib qilsin iloyim.

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 04:05:45


Qayd etilgan


BecK_Uz  11 Sentyabr 2009, 20:40:56

Assalomu AleyKum Qadrli Forumdoshlar.man Bu forumda yangi userlardan biriman,O'leymanki Silar bilan Tez orada Do'shtlashib ketamiz...Man Oyijonim Hursand bo'lsihlari uchun Qo'limdan Kegan ishni qilshga tayyiorman .chunki Ular Bizni Yoshlikdan katta qilib mana shundey darajaga  Yetkazishdi,Buning Uchun Ularga ingdan Ming rahmat,...A Birinchi Sovg'amga Kelsak,Bu Aniq Esimda Birinchi martda Oylik Olganimda Ularga Yoqadigan Atir olgandim..Tog'ri bu Arzimas Sovg'a Lekin Birinchi va eng qadrli Sovg'am/de..Oloh Umrlarini Ziyoda Qilsin,,,

Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Sentyabr 2009, 14:35:49

Onamga ohirgi marta Kir yuvish mashinasini sovg'a qildim. Toza hursand bo'ldilar. qishloq sharoitida as qotarkan. Endi qiynalmayaptilar

Qayd etilgan


Abu_Abdulloh  14 Oktyabr 2009, 14:23:22

 :as:
"Онажон, ман сизни схши ксраман!" - бу, манимча, дунёдаги снг схши совға. Ман онамни схши ксраман! Охирги Аавбатдаги марта оёқларига иссиққина махси ва пайпоқ совға қилганман.

Qayd etilgan


MSJON  14 Oktyabr 2009, 14:32:43

Oxirgi marta qo'l telefon tug'ilga kunlarida sovg'a qildim...

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 15:31:37

Onalarimizga moddiy hadiyalardan ko'ra, ma'naviy sovg'alarimiz qadrliroq, muhimroq bo'lsa kerak.
Ularga: Onajonim, assalomu-alaykum, yaxshimisiz? Men ham yaxshiman.
Avvalo tan-jonim sog', ishlarim, o'qishlarim joyida. Siz qilgan duolarning yordami bilan, halol yeb-ichyabman. Dinimni yashayabman, bundan keyin ham qo'limdan kelgunicha yashash uchun harakat qilyabman. Duolarinigiz soyasida Rabbim qarshimga doimo yaxshi insonlarni chiqaryabdi. Yomonlardan saqlayabdi. Baxtimizga sog'-salomat boling. Bizni faqatgina yaxshi, hayirli javoblarimizni eshiting, deb yuzma-yuz yoki telefonda aytsak Onajonlarimiz uchun dunyodagi eng buyuk hadiyani berganday bo'lamiz insholloh.
 
Rabbim onalarimizga faqatgina yaxshi xabar berishni nasib qilsin.

Eng hafa bo'ladigan, yuragim eziladagin narsam-ularni hafa qiladigan xabar berish...

Qayd etilgan


registan  12 Noyabr 2009, 00:01:43

Onamga qachon "Sizga nima olib boray?" desam o'zing sog'-salomat yetib kelsang bo'ldi o'g'lim deydilar. Har uyga borganimda xursandliklaridan ko'z yosh qilib kutib oladilar, bag'rlariga bosib mahkam quchog'lab oladilar, o'pichlaridan yuzim to'lib ketadi. Onalar bor bo'lsinlar. Yuzlarga kirib yursinlar. Jannatlarda Alloh taoloning yuzini ko'rishga muyassar bo'lsinlar. Bu borishimga ham nima olib borsam ekan deb boshim qotti, rostdanam nima olib borsam-a? :)

Qayd etilgan