Ism izlayotgan odam.
Bir kishi qiziga Sotqinoy deb ism qo’ygan ekan. O’n yettiga kirgan oydek — suliv qiz xafalanib, kun-kundan mung’ayib, tengdoshlari ko’zi oldida cho’kib yurdi. Ota —onasidan norizo bo’ldi. Gulday qiz bo’lsa, boshqa ism qurib ketganmi? Holbuki, farzandlariga go’zal ismlar qo’yish ota-ona zimmasidagi eng muhim burch va vazifalardan biri sanaladi.
Zarifa Saidnosirova "œOybegim mening " xotiralar kitobida ism tanlashga oid ibratli bir voqeani esga oladi: "œDadam qizimizga Qorgul, Gulsochar degan ismlarni berishni tavsiya qiladi. " Holbuki, biz Oybek ikkimiz qiz tug’ilmasidan ilgariyoq ism tayyorlab qo’ygan edik.
Oybek Boburning Gulchexra, Gulbadan va Gulrang degan qizlarining ismini xush ko’rardi. Menga shu ismlar orasida, ayniqsa, Gulbadan manzur bo’ldi. Oybek esa fikrimni eshitib, kuldi: "œYaxshi, kichikligida Gulbadan, deya boramiz. Go’zal ism! Ammo ulg’ayganida, bo’yi yetganida, Gulbadan deyish nechuk bo’lar ekan?" Men o’ylanib qoldim, tushundim, albatta. "œMayli, Gulrang bo’lsin! Bu ham chiroylik, ham hech kimda yo’q nom ", dedim unga. Bu ism dadamga yoqinqiramadi, "œGulsochar" ga unamaganimiz uchun o’pkalanib yurdi".
Hayotda o’g’liga turli asbob — anjom yoki hayvonlarning ismlarini qo’ygan kishilarni siz ko’p ko’rgansiz. Ular ehtimol sizga tanish, qarindosh-urug’ yoki qo’ni-qo’shnidir. Har tugul oilada farzand dunyoga kelsa, ismiga ota-onaning befarq bo’lmagani ma’qul. Hozirgi kunda ismlarning ma’nolari yozilgan maxsus ma’lumotnoma kitoblar bor.Qolaversa, ism ma’nosini ayrim ilmli kishilardan so’rab — surishtirish, maslaxatlashish ham qiyin ish emas.
Voqea: Tirikchilik toshdan qattiq. Tilanchilik uyat! Birovdan bir burda non ta’ma qilishga, birovning qo’liga qarab kun kechirishga o’rganmagan odamga oson emas. Nima qilsin? Tarixchi muallim Nasim akaning nafaqaga chiqib uyiga o’tirib qolganiga ikki yildan oshdi. Yoshi yetmishga yaqinladi. Kampirining ketganiga ancha bo’ldi. Gohi-gohida nevaralari bir yo’qlab selday keladi-yu, yana yelday ketadi. Zerikadi. Qolaversa, nafaqa puliga ikki so’m qo’shilsa, yomonmi? Shu bois Nasim aka uyida tinch o’irishni o’ziga ep ko’rmadi. Javondagi "œO’zbekcha ismlar ma’nosi " nomli qalin kitobni qo’liga olib bozorga chiqdi. Bozorda kim ko’p? Odam ko’p. Sotuvchi ham odam. Oluvchi ham odam. Hammolu aravakash ham. Hammasini ismi bor. Ota-onasini ismi, farzandlarining ismi. Ammo hamma ham o’z ismining ma’nosini bilavermas ekan.
Katta bozordagi tim ostida : "œIsmingizning ma’nosini aytaman!" deya jaranglagan ovozdan avvaliga bozor axli hayratga tushdi. "œQo’shiq, she’r aytganni, fol ochganni ko’rganmiz. Gazetachi-yu somsapazlarga kundalik mijozlarmiz. Ammo bu kim bo’ldi? Karvon ko’p rizqi bo’lak ". Oradan uch-to’rt kun o’tgach, Nasim domlaning topog’onligi hamma uchun tabiiy bir xolga aylandi. Aksincha, kunda-shunda bozor axli o’z ismlarini qayta ro’yxatdan o’tkazib bo’lgach, ertasiga allaqaysi tanishi yoki uzoq- yaqin qarindoshi ismining ma’nosi bilan qiziqib keldi. To’g’risi, ba’zan yosh yigit-qizlar tugul, yoshi ellik — oltmishga borib qolgan kimsalar ham o’z ismlarining ma’nosini bilmas ekan.
Bilasizki, bozorda arava sudraguvchi aravakashlarni odamlar "œarava" deb chaqirishadi. Ehtimol, siz ham shunday qilgandirsiz. Bir eslang-chi? Boshqa nima ham deylik? Ismini bilmasak. Mardikorga "œHoy mardikor", sigareta sotuvchiga "œHoy sigareta", pista sotuvchiga "œHoy pista", haydovchiga
"œHoy sho’pir", deydi bozor axli.
Endi Nasim akaning "œyangi kasbi" bois bozor axlining lug’ati yana bir xitobaga boyidi. Ismining ma’nosini bilmoqchi bo’lganlar Nasim domlani: "œHoy Isim!"deb chorlashadi. Aslida bu chorlov "œHoy Nasim" ismiga ohangdosh bo’lgani uchun domla ko’ngliga qattiq ham olmaydi. Chunki uning kimligini bilganlar hurmatini joyiga qo’yib: "œDomla, bir daqiqaga mumkinmi?" deydi. Muhimi, bir ikki so’m choy chaqa ishlaydi. "œLabbay, o’g’lim!"-"œXo’sh xizmat", deganday gap. "œQani kitobni oching ota. "œAbdukarim"ning ma’nosi nima ekan?" Nasim domla shoshilmasdan ko’zoynagini taqadi, so’ngra titilib ketgan kitobini varaqlashga tushadi.
"œAbdukarim"mi? Xo’sh, "œAbdulahad", xo’sh mana "œAbdukarim-bu ism arab tilidan olingan bo’lib, karam qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va birovlarning gunohlarini kechiruvchi, afv etuvchi Alloxning bandasi ,"degan ma’nolarni bildiradi.
"œNilufar-chi?" "œMuxtor-chi?" "œXurshida-chi?"- xullas, gohida shu zaylda ismlar ma’nosini so’rab, savol beruvchilarning keti uzilmaydi. Nasim aka kitobini varaqlaydi. Erinmasdan izohini o’qib beradi. Bilganlaridan, allaqaysi kitoblardan, o’qiganlaridan, tarixda shu ismda o’tgan mashxur kishilardan — hafsala qilsa, bir shingil ilova etadi. Deylik, "œAli" ismini so’raguvchilarga avval ma’nosini aytadi, so’ngra payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning kuyovlari bo’lganini, botirligi, shijoati, jasorati va qilichidan gapiradi. Nasim aka "œTemur" ismining ma’nolarini so’raguvchilar yonida uzoq turib qoladi. Yuzi bir tundlashib, bir yorishadi. Tarixchi emasmi? Amir Temur zamonidagi adolatdan, to’kin — sochin va ayni chog’da, daxshatli janglaridan gapiradi. Xususan, Yildirim Boyazid bilan Amir Temur o’rtasidagi janglarni go’yo bir ishtirokchidek goh jo’shib, gohida ko’ngli o’ksib hikoya qiladi"¦ Baharnav, mijozning ko’nglini xushlaydi, bir-ikki so’m pul domla uchun ortiqchalik qilmaydi.
Ertaga gilos sotib o’tirgan biri: "œSodirboy po’rim"ning ma’nosini so’radi. So’ngra aloqasiz bo’lsa-da: "œYaqinda uyi kuygan edi", deya qo’shib qo’ydi. Ismchi uchun esa ism muhim- ma’nosini so’yladi.
Nasim muallim kayfi chog’ bo’lsa, itlarga beriladigan ismlardan ham gap ochib, O’tkir Hoshimovning "œItbozga "œehtirom" degan bir hangomasini gapirib beradi. Odamlarni kuldiradi.
Biroq Nasim akaning ikkita qat’iy aqidasi bor: birinchisi- ajnabiy-g’arbcha ismlarni yoqtirmaydi. Ehtimol, bu domlaning millatparvarligidir. Balki kitobida shu ismlar ma’nosi yozilmagani uchun ajnabiycha ismlarni eshitganida ensasi qotar. Bu sir bizga qorong’u. Ikkinchisi- "œSadriddin" degan ismga izox bermaydi. Buning sababi ham yolg’iz domlaning o’ziga ayon. Hazil qilishni istagan ayrim mijozlar ataylab shu ism ma’nosini so’raydi.Nasim aka bu ismni eshitgan zaxoti kayfiyati buziladi. Yuzi birdan o’zgarib, kipriklari ucha boshlaydi. Garchand mano izoxlari tap-tayyor bo’lsa-da, yo topa bilmagan yoki muallif yozmagan bo’lib chiqadi. Mish-mish — taxminlarga ko’ra, "œSadriddin" ismli shogirdi xiyonatchi o’tgan emish"¦
Umumiy bir vaziyatga qaraganda, Nasim Hakimovich shunday zaylda ilmini xorlamay yuribdi. Ilmining zang bosib qolishini aslo istamaydi u. Ilmli kishi xor bo’lmas, deb shuni aytsalar kerak. Domla gohida o’ziga —o’zi so’ylanadi: "œNima bo’lganda ham, Hamroqul muallimga o’xshab pista-yu pufak sotib bir joyda o’tirganim yo’q. Yurganim sog’ligimga ham yaxshi".
Aziz birodar, tasodifan Chorsu yoki O’rikzor bozorida kitob varaqlab, ism izlayotgan odamni ko’rib qolsangiz , aslo ajablanmang, ehtimol u Nasim domladir yoki boshqa birov. Muhimi, ismingizni ma’nosini bilib oling!