Nima qiyin?  ( 19094 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Robiya  15 Dekabr 2007, 16:28:17

 "Nima qiyindir?" - so'radilar Xilondan. "Sir saqlash; bo'sh vaqtni suiiste'mol qilmaslik; nohaq gap eshitmoq", - deb javob berdi u.
  Hurmatli userlar, sizlar bu savolga qanday javob berasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 19:18:56

Assalamu alaykum.
Ajoyib mavzu uchun tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

"Nima qiyin?"
Xudbin kishi bilan suhbatlashish;
Ko'nglingni og'ritishganini unutish;
Do'st xiyonatiga ko'nikish;
Va eng qiyini Farzand tarbiyasi.


PS: Hozircha shu.

Qayd etilgan


ikbaljohn  16 Dekabr 2007, 14:27:00

"Nima qiyindir?" - so'radilar Xilondan. "Sir saqlash; bo'sh vaqtni suiiste'mol qilmaslik; nohaq gap eshitmoq", - deb javob berdi u.
  Hurmatli userlar, sizlar bu savolga qanday javob berasiz?

Nafsga yengilmay yashash eng qiyini.

Ofarin.Juda to'g'ri aytilibdi

Qayd etilgan


Muslimа  21 Dekabr 2007, 10:01:51

Diydor va Munira opajonlarni gaplariga 100% qo'shilaman.

Yana, QALBGA BERILGAN OZORDAN QOLGAN JAROHATNI O'RNINI BITISHI JUDA QIYIN...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Dekabr 2007, 13:08:56

Xiyonatni kechirish qiyin.

Qayd etilgan


ikbaljohn  21 Dekabr 2007, 18:57:57

Offtop qilmasdan post qoldirish qiyin :(

Qayd etilgan


Seyfullah  21 Dekabr 2007, 19:47:49

Alloh yo'lida Birodar tutungan  insonlarni qilgan hiyonati qalbizga xanjar bo'lib sanchilgandegi og'riq juda qiyin!


Qayd etilgan


lolo  23 Dekabr 2007, 02:08:09

bilmagan narsangiz qiyin
chorasizlik qiyin
sabr qiyin

Qayd etilgan


Usmon  23 Dekabr 2007, 12:24:03

bilmagan narsangiz qiyin
chorasizlik qiyin
sabr qiyin
Bilmagan narsangiz o'rgangandan so'nga oson
Chorasiz ish chora topgach oson
Sabr  - chidash tugab meva bergach oson :)

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 08:47:41

Hayotingizni bir bo'lagi bo'lib qolgan, qalbingizga yaqin bo'lgan birodaringizni olis safarga kuzatish qiyin...

Sog'inch a'zobi juda qiyin...

Qayd etilgan