Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari  ( 118328 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


Robiya  17 Dekabr 2007, 15:59:03

Bu mavzu orqali chet (English) tili grammatikasiga oid va boshqa ma'lumotlarni topishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  17 Dekabr 2007, 16:04:41

INGLIZ TILI FONETIKASIGA KIRISH

Тil odamlar o‘rtasidagi aloqa vositasi bo‘lib, nutqda og‘zaki va yozma shaklda qo‘llanadi.
Og‘zaki nutq gaplardan, gaplar so‘z va so‘z birikmalaridan, so‘zlar esa, nutq tovushi (fonema) dan tarkib topadi. Fonema so‘zning bo‘linmaydigan eng kichik bo‘lagidir. U so‘z ma’nolarini ifodalash va farqlash uchun xizmat qiladi. Har bir tildagi fonemalar yig‘indisi fonemalar sistemasi deyiladi.
Yozuv esa og‘zaki nutqni aks ettiradi va mustahkamlaydi.
Biz ingliz tilini o‘rganishda bu til talaffuzidagi murakkabliklarni hisobga olgan holda, avvalo harf va tovushlar haqidagi ma’lumotlar va fonetikaga oid mashqlarni taqdim etamiz.

I. Ingliz tilida yozuv va o‘qish

A) Ingliz yozuvi.
Ingliz tilida harflar uch xil katta-kichiklikda yoziladi.
Birinchi xil kattalikda harflar belbog‘siz, halqasiz bo‘ladi. Ular to‘rt chiziq o‘rtasida o‘rganiladi.

Ikkinchi kattalikdagi harflar kichik halqali va belbog‘li harflardir.

Uchinchi xil kattalikdagi harflar katta halqali va bosh harf¬lardir.
Ingliz yozuvi qoidasiga binoan, bir so‘zni yozib bo‘lmaguncha qo‘l olinmaydi: nuqta, belbog‘ kabi belgilar keyin qo‘yiladi.

Тranskripsiya

   Ingliz tilidagi so‘zlarda bir harf doimo bir xil tovushni ko‘rsatmaydi. Har bir harf so‘zda kelgan o‘rniga qarab, turlicha o‘qiladi.
   So‘zlarni to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish uchun maxsus belgilar qo‘llanadi. Ular lotin alifbosi asosida tuzilgan tovush belgilaridir.
   Ana shunday tovushlar yordamida yoziladigan yozuvga transkripsiya (yozuvi) deyiladi. Misol uchun «a» harfi to‘rt xil so‘zda to‘rt xil o‘qiladi.

Can  [k#n]         car   [ka:]
Cane [kein]         care [k±с’]

   Ingliz alifbosida 26 harf, 44 ta tovush bor. Shulardan 6 ta unli harf (a, o, u, e, i, y), 20 ta unli tovush, 20 ta undosh harf, 24 ta undosh tovush bilan o‘qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Dekabr 2007, 16:07:51

Bo‘g‘in turlari

   O‘zbek tilida 2 ta bo‘g‘in turi bor: ochiq va yopiq: Bola—bo-la (ochiq), daftar—daf-tar (yopiq).
Ingliz tilida 4 ta bo‘g‘in turi bor: 2 ta ochiq bo‘g‘in, 2 ta yopiq bo‘g‘in.
Ingliz unli harflarining I yopiq va II ochiq tur
bo‘g‘inlarda o‘qilishi

   
I,II tur bo‘g‘inlar tavsifi

1. «R» harfidan boshqa har qanday undosh harf bilan tugaydigan yopiq bo‘g‘inga I tur yopiq bo‘g‘in deyiladi.
   Misol:      in, tap, bed, tell.
2. II tur ochiq bo‘g‘in deb, shunday ochiq bo‘g‘inga aytiladiki, bu ochiq bo‘g‘indan keyingi bo‘g‘in «r» harfidan tashqari har qanday undosh harf bilan boshlanib ketadi.
Misol:      na-me, fi-ne, li-fe, ti-pe.
3. Ingliz unli harflarining I,II tur bo‘g‘inlarda ifodalaydigan tovushlari yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan. I tur bo‘g‘inda unli harflar qisqa tovushlar beradi. II tur bo‘g‘inda esa unli harflar diftong yoki cho‘ziq tovushlar beradi.

Eslatma: 1. «U u» unli harfi II tur ochiq bo‘g‘inda [ju:] cho‘ziq tovushini beradi. Misol: use [ju:s], mute [mju:t]. Agar unli «u» harfi oldida [ l,r,$,t$ d¦] tovushlarini beruvchi harf yoki harf birikmasi kelsa, u holda [ju:] tovushidagi [j] tovushini tushirib, talaffuz qilinadi.
Misol :      blue [blu:]      chute [t$u:t]
         rute [ru:t]      June [d¦u:n]
2. «Diftong» so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, ikkita      elementdan iborat bo‘lgan bir tovushni bildiradi.Misol :
name [neim]  bu so‘zda 4 ta harf, uchta tovush bor.


Qayd etilgan


Robiya  17 Dekabr 2007, 16:20:52

3. Ingliz unli harflarining I,II tur bo‘g‘inlarda ifodalaydigan tovushlari yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan. I tur bo‘g‘inda unli harflar qisqa tovushlar beradi. II tur bo‘g‘inda esa unli harflar diftong yoki cho‘ziq tovushlar beradi.

Eslatma: 1. «U u» unli harfi II tur ochiq bo‘g‘inda [ju:] cho‘ziq tovushini beradi. Misol: use [ju:s], mute [mju:t]. Agar unli «u» harfi oldida [ l,r,$,t$ d¦] tovushlarini beruvchi harf yoki harf birikmasi kelsa, u holda [ju:] tovushidagi [j] tovushini tushirib, talaffuz qilinadi.
Misol :      blue [blu:]      chute [t$u:t]
         rute [ru:t]      June [d¦u:n]
2. «Diftong» so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, ikkita      elementdan iborat bo‘lgan bir tovushni bildiradi.
Misol :
name [neim]  bu so‘zda 4 ta harf, uchta tovush bor.

4. Jadvalda uchragan undosh harflar quyidagi tovushlarni ifodalaydi:
   Pp [pi:] harfi [p] deb o‘qiladi.
   Dd [di:] harfi [d] deb o‘qiladi.
   Tt [ti:] harfi [t] deb o‘qiladi.
   Kk [kei] harfi [k] deb o‘qiladi.
   Nn [en] harfi [n] deb o‘qiladi.
   Ss [es] harfi [s ] yoki [z] deb o‘qiladi.
   Hh [eit$] harfi [h] deb o‘qiladi.
   Mm [em] harfi [m] deb o‘qiladi.
   Ll [el] harfi [l] deb o‘qiladi.
   Rr [a:] harfi [r] deb o‘qiladi.
   Xx [eks] harfi esa undosh harfdan oldin (text) va so‘z oxirida pyx [piks] [ks]  tovushi bilan unli tovush oldida kelganda (exam) [igz#m] [gz]  tovushi bilan o‘qiladi.

5. Qo‘shaloq bo‘lib kelgan undosh harflar bir tovush bilan o‘qiladi.

Misol :   
tell [tel]               Ann [#n]

6. «Ss» harfining o‘qilishi quyidagicha:
«S» harfi so‘z boshida [s ] tovushi bilan o‘qiladi:
Misol :
a) sit [sit], stop [stєp].

b) «S» harfi so‘z oxirida:

1) jarangsiz undoshdan keyin turgan bo‘lsa, [s ] tovushini beradi:
sits [sits], helps [helps];
2) jarangli undosh va unli tovushdan keyin esa [z] tovushini beradi:
beds [bedz], plays [pleiz];
3) so‘z o‘rtasida kelganda «s» harfi ikki unli o‘rtasida [z] tovushini beradi: visit ['vizit].

Qayd etilgan


Robiya  22 Dekabr 2007, 16:20:49

Text One   ['tekstwА‡n]

'Send Ben. 'Tell Ted. 'Help Ann.
'Send 'Ben his map. 'Send 'Bess my pen.
'Send me his pen. Tell 'Ted my name.
'Take his note. 'Send me his note.

Faol so‘zlar

Send [send] —  jo‘nat
Ben [ben] —  Ben (o‘g‘il bolaning ismi)
Ted [ted] —  Тed (o‘g‘il bolaning ismi)
Help [help] —  yordam qil
Ann [#n] —  Anna (qiz bolaning ismi)
His [hiz] —  uning (m.r.)
Map [m#p] —  xarita
Pen [pen] —  ruchka
My [mai] —  mening
Name [neim] —  ism
Take [teik] —  ol
Note [nout] —  izoh, kichkina xat
Sit [sit] —  o‘tir
Still [stil] —  jim, tinch.

«Text One» uchun tushuntirishlar

So‘zdagi bo‘g‘inning kuchli, alohida ajratib talaffuz etilishiga urg‘u deyiladi. Urg‘uli bo‘g‘in oldiga urg‘u belgisi (') qo‘yiladi.
Ingliz tilida gapdagi hamma so‘zlarga urg‘u tushavermaydi. Yordamchi so‘z turkumlari va ba’zi bir mustaqil so‘z turkumlariga urg‘u tushmaydi. (Bu haqda keyinroq gaplashamiz.)

'Send 'Ted his bag.

Тranskripsiyada so‘z bir bo‘g‘inli bo‘lsa, urg‘u belgisi (') urg‘uli so‘z oldiga qo‘yiladi. Agar so‘z ko‘p bo‘g‘inli bo‘lsa, urg‘u belgisi urg‘uli bo‘g‘inning oldiga qo‘yiladi: pen ['pen], consent [kс’n'sent]. Gap oxiridagi ovoz pasayishini ko‘rsatuvchi oxirgi urg‘uli bo‘g‘in oldiga (\) belgisi qo‘yiladi. Ovoz ko‘tarilishini ko‘rsatuvchi oxirgi urg‘uli bo‘g‘in oldiga  (/¬) qo‘yiladi.
So‘zlaganda ovoz ohangining pasayishi va ko‘tarilishi intonatsiya (ohang) deyiladi. Ingliz tilida ham o‘zbek tilidagi kabi pasayuvchi va ko‘tariluvchi ohanglar mavjud. Intonatsiyani tasavvur qilish uchun yozma tasvir qo‘llaniladi. Urg‘uli bo‘g‘in uchun belgi (-) chiziqcha, urg‘usiz bo‘g‘in uchun (.) nuqta, urg‘uli bo‘g‘in ko‘tariluvchi ohangni ko‘rsatsa,  yuqoriga qaragan yoy (), pasayuvchi ohangni ko‘rsatsa, pastga qaragan yoy () belgilari bilan ifodalanadi. Bu belgilar ikki parallel chiziq orasiga muayyan balandlikda joylashtiriladi.
Misol:      It is good.   [it iz gud]    
      Is it good?   ['iz it gud]
Fikr tugallanganligini ko‘rsatish uchun ikkita vertikal chiziq (II), tugallanmaganligini ko‘rsatish uchun bitta vertikal chiziqdan foydalaniladi.


Qayd etilgan


Robiya  22 Dekabr 2007, 16:29:20

Buyruq gaplar

Buyruq gaplar buyurishni yoki iltimosni ifodalaydi. Iltimos yoki buyruq bevosita II shaxsga qaratilgan bo‘ladi. «Let» so‘zi orqali esa III shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Buyruq gaplar boshida fe’l turadi. Ega esa bunday gaplarda bo‘lmaydi. Birlikda ham, ko‘plikda ham buyruqni fe’l o‘zagi ifodalaydi.
Misol:      Tell Ben—Benga ayt.
      Send Ben pens.—Benga ruchkalar jo‘nating.
Buyruq gaplar pasayuvchi ohanglar bilan talaffuz qilinadi.
   
Misol:      Send Ted.   ['send ted]
      Send him.   [send him]

Ingliz tilidagi so‘zlarda bo‘g‘in ajratish qoidalari

1. Agar so‘zda ikki unli harf o‘rtasida bitta undosh harf bo‘lsa, bo‘g‘in chizig‘i ana shu undosh oldidan o‘tadi.
   Misol:      na/me, ti/me, ki/te, e/ve, ba/by.
2. So‘zda ikki unli harf o‘rtasida ikkita undosh harf bo‘lsa, bo‘g‘in chizig‘i shu undoshlar o‘rtasidan o‘tadi.
Misol:      pen/ny, in/tend/ doc/tor/ let/ter.
Eslatma: Agar ikki unli harf o‘rtasidagi ikki undosh harf quyidagilar kabi bo‘lsa, u holda bo‘g‘in chizig‘i shu ikki undosh oldidan o‘tadi. «bl», «dl», «tl», «gl», «cl», «br», «pr», «dr», «tr», «th» va boshqalar.
Misol:      a/ble, i/dle, li/brary, A/pril, ba/the.
3. So‘zda ikki unli harf o‘rtasida uchta undosh harf kelsa, yuqoridagi qoidalarni hisobga olgan holda bo‘g‘in chizig‘i o‘tkaziladi.
Misol:      lit/tle, mid/dle.
4. So‘z o‘rtasida kelayotgan unli harflar digraf bo‘lmasa, bo‘g‘in chizig‘i shu unlilar o‘rtasidan o‘tadi. «Digraf» so‘zi haqida keyinroq to‘xtalamiz.
Masalan:   pi/a/no, cu/ri/ous.

Qayd etilgan


Robiya  06 Yanvar 2008, 15:35:45

MASHQLAR:

I mashq. Quyidagi so‘zlarning bo‘g‘in turini aniqlab, transkripsiya qiling:
ham  hate      full   fume
bad  made      pull   blue
met  mete      ill   line
bed  be         him   time

II mashq. Quyidagi so‘zlardagi qiyoslab berilgan tovushlarning talaffuziga e’tibor bering:
hot  home   tab   table
cod  code      lid   little
tip  type      bug   bugle
pyx  cry      bat   bathe


III mashq. Quyidagi so‘zlarda nechta harf va nechta tovush borligini aniqlang:
Ann, hut, chute, blue, little, time, name, Bess, note, middle.

IV mashq. «o» harfini so‘zdagi holatiga qarab talaffuz qiling:
   not      no      note
   sod      so      sole
   got      go      home
   Tom      toe      tole

V mashq. «U» harfining so‘zdagi holatini aniqlab, transkripsiya qiling va o‘qing:
mule — rule         tune — chute
dune — June         fule — blue
cute — lute         mute — rude
fume — plume      cute — jute

VI mashq. Unli fonemaning o‘zgarishi bilan so‘zning ma’nosi o‘zgarishiga e’tibor berib, talaffuz qiling:
yomon — bad      bed — karavot
yigit— lad         led — boshlab bordi
kishi — man      men — kishilar
qum — sand      send — jo‘natmoq
jamoa — band      bend — egmoq

kulba — hut      hot — issiq
ishqalamoq — rub      rob — o‘g‘irlamoq
yong‘oq — nut      not — emas (yo‘q)
zerikarli — dull      doll — qo‘g‘irchoq
yopmoq — shut      shot — otdi (o‘q).


Qayd etilgan


Robiya  06 Yanvar 2008, 15:36:56

I va II tur bo‘g‘inda reduksiya holatlari

 Urg‘usiz bo‘g‘inda unli tovushning qisqarib va yedirilib, talaffuz qilinishiga reduksiya (qisqarish, yedirilish) deyiladi.
Ingliz tilida unli harflar ikki guruhga bo‘linadi: yumshoq unlilar (e,i,y) va qattiq unlilar (a,o,u). Yumshoq unlilarning urg‘usiz bo‘g‘indagi holati yumshoq reduksiya deyiladi va tegishli tovush o‘rniga unli tovush o‘qiladi.
Masalan:   encamp [in'k#mp]  lagerga joylashmoq, begin
         [bi'gin]   boshlamoq, city ['siti]  shahar, snowy
         ['snoui] — qorli.
         
Qattiq unlilarning urg‘usiz bo‘g‘indagi holati qattiq reduksiya deyiladi va tegishli tovush o‘rniga [с’] unli tovush o‘qiladi. Masalan: consent [kn'sent],  submit [sb'mit].
Yumshoq va qattiq reduksiya sifat reduksiyasi bo‘lib, u faqat I va II raqamli tur bo‘g‘inlarga tegishlidir.
Urg‘usiz bo‘g‘inda cho‘ziq unlilarning qisqa qilib o‘qilishi, miqdor reduksiyasi deyiladi.
He [hi:] [hi]      We [wi:]- [wi'] [wi]

Тopshiriq:   1) Yuqorida o‘tilgan qoidalarni misollari bilan yod oling.

Qayd etilgan


Robiya  06 Yanvar 2008, 15:40:51

MASHQLAR:
[/b]

I. Quyidagi so‘zlarni transkripsiya qiling va reduksiya holatlarini tushuntirib bering:
a'bout      'fatal      'ruby      sub'mit-o'clock
a'go      'pupil      'pocket   at'tract-a'dopt
'comma   'finest      'lesson   'seldom-o'mit.

II. Quyidagi gaplarni to‘g‘ri talaffuz qiling va yod oling:
1. 'li:v iz 'pi:ts ni:s ||
2. fini$ it | it'iznt difikс’lt ||
3. 'betс’leit | `с’nс’nevс’||
4. 'evri kА‡ntri h#z its kА‡stс’m ||

Qayd etilgan


Robiya  06 Yanvar 2008, 15:50:33

Text Two ['tekst tu:]


This is a hat. The hat is black. That is a book. The book is thick. It is on the desk.
That is a notebook. It is thin. The notebook is yellow. The desk is brown. The window is grey.
My name is Jane. I am nine. This is my text-book. It is blue. His name is Tom. He is in the room.

   
Matn bo‘yicha savollar

Is this a hat?  Yes, it is.
Is the hat blue?  No, it is not (isn't). It is black.
Is that a pad?  No, it isn't. It is a notebook.
Is this Jane?  Yes, she is.
Is that Tom?  Yes, he is.

Faol so‘zlar

1. a hat [h#t] — shlyapa
2. black [bl#k] — qora
3. thick [|ik] — qalin, yo‘g‘on
4. a desk [desk] — parta     
   on the desk — parta ustida
5. a note-book [noutbuk] — daftar
6. thin [|in] — yupqa, ingichka   
7. yellow [jelou] — sariq         
8. brown [braun] — jigar rang
9. a window ['windou] — deraza
10.grey [grei] — kul rang
11. My [mai] — mening
12. A name [с’ neim] — ism
13. Nine [nain] — to‘qqiz
14. A text-book [tekstbuk] — darslik
15. Blue [blu:] — ko‘k
16. His [hiz] — uning (m.r.)
17. He [hi:] — u (m.r.)
18. She [$i] — u (j.r.)
19. A room [rum] — xona
20. Is [iz] — ... dir

Qayd etilgan