So'rovnoma

Ayollarning mashina haydashiga qanday qaraysiz?

Mutlaqo qarshiman
4 (40%)
To'la ma'qullayman
5 (50%)
Bu haqda o'ylab ko'rmaganman
0 (0%)
Menga baribir
1 (10%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 9

Muallif Mavzu: Mashina mingan ayol  ( 5654 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Mashina mingan ayol
« : 17 Dekabr 2007, 16:49:44 »
Taxminiy ma’lumotlarga ko’ra Toshkent shahrining bitta tumaniga 10mingga yaqin haydovchi to’g’ri kelar ekan. Shularning 4 mingdan oshiqrog’i – ayollar. Ayol haydovchilarning 64 foizini qirq yosh atrofidagilar, 15 foizini yosh qizlar va 6 foizini undan katta yoshlilar tashkil etar ekan. Agar poytaxtimiz 14 ta tumandan iboratligini hisobga olsak, ayol haydovchilar (Toshkent miqyosida) 55 mingdan oshiqroq ekan...

Bolaligimda insoniyat tamadduniga bag’ishlangan bir multfilm bo’lardi. G’ordagi ibtidoiy hayotni ko’rsatish bilan boshlangan bu film insonning komsmoga parvozi bilan tugaydi. Ammo unda bir lavha hech o’zgarmas edi: tarixiy taraqqiyot o’zining qaysi bosqichiga yetmasin, ayol qo’lida dasmol bilan qozon tozalayotgan bo’lardi.  O’shanda bola ongim film ijodkorlari yetkazmoqchi bo’lgan g’oyani qamray olmagan edi. Keyinroq odam qanchalar yuksalmasin, jamiyat qanchalar taraqqiy etmasin, ayol uy bekasi, oshxona egasiligicha qolaveradi, demoqchi bo’lishganini anglab yetdim.

Hamisha qizg’in bahs munozaralar uyg’otib kelayotgan ayollarga bunday qarash hozir ham mavjud. Va bu ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida aks etadi. Ilgarigiday o’tkir bo’lmasa-da, ayollarning ijtimoiy yuk kasb etishi hamon ba’zilarning g’ashini keltiradi. Ilgari “ichkari”niki bo’lgan ayollarning “tashqari”dagi faoliyati ularni mashina chambaragiga keltirib qo’ydi. Necha yillardan buyon muhokama etilayotgan, ammo qat’iy yechimini topmagan va shu bois ham qiziqtirishda davom etayotgan mavzu yuzasidan turfa qarashli odamlar bilan suhbatlashdim.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #1 : 17 Dekabr 2007, 16:50:52 »
Mahmuda Aliyeva, tadbirkor (43yosh):

- Men endi mashina haydashni boshlagan paytimda ayol haydovchilar juda kam edi. Shuning uchun YPX xodimlari bizning kichik qoidabuzarliklarimizdan jentlmenlarcha ko’z yumishardi. Ayol kishi sifatida bir qancha imtiyozlarga ega edik. Ammo keyin ayol haydovchilar ko’payib ketib, bizga ham erkaklarga bo’ladigan munosabat qilina boshladi. YPxchilarning ko’zi ayol haydovchiga ko’nikdi, shekilli-da.

 

Siddiq Saidov, YPX xodimi (51yosh):

- Gap unda  emas. To’g’ri, dastlab bunda “ekzotika” deya yondashgan YPXchilar ko’p bo’ldi. Ammo ayol haydovchilarning o’zi taltayib ketishdi. “Ayol kishiga nima ham qila olardi” degan fikr bilan qoidani tap tortmay buzishadi. Buzganga yarasha, quloq solishsa ekan. Yo’q, to’xtash ishorasini qilsangiz, ko’rmaganga olib g’izillab ketaveradi. Achchig’ing chiqadi-da. Ammo, haqiqatdan ham ayol kishi bilan tenglashib o’tirmaymiz. Qoidabuzar ayollarni quvib yurmaymiz. Men erkak sifatida ham, YPX xodimi sifatida ham ayol kishinning mashina haydashini yoqlamayman.

 

Mansur Nosirov, YPX xodimi (27 yosh) :

Mening praktikamda hali qoida buzgan ayol bo’lmadi. Aksincha, ular biroz qo’rqib haydashadi mashinani. Svetoforda ham to yashil yonmaguncha kutib turishadi. Erkaklar esa sariq yonar-yonmas gazni bosishadi. Biror sabab bilan to’xtatsangiz,  darhol to’xtaydi, janjallashmaydi. Ular bilan muomala qilish, ish bitirish osonroq. Ayol haydovchilar ko’paygani yaxshi
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #2 : 17 Dekabr 2007, 16:52:10 »
Shahnoza Soatova, journalist (29 yosh) :

- Men mashina haydashga azaldan qiziqardim. Kun kelib haydashimga imonim komil edi. Mashinani albatta o’zim sotib olaman, derdim. O’zim sotib ham oldim, haydab ham ko’rdim.  Qiziqishga sabab – mashina haydash o’tkir his uyg’otadi., mustaqillik tuyg’usini beradi, o’ziga ishonchni orttiradi. Boyagi gapga kelsak, ayol kishi sifatida  ma’lum bir imtiyozlarga ham, cheklovlarga ham ega bo’lasiz. Imtiyoz – mashina buzilib qolsa, ko’chada qolib ketmasligimiz aniq, har qanday odam to’xtab, yordam beradi.  Cheklov – shu mashina buzilib qolganida o’zimiz tuzata olmasligimiz. Albatta, mashinangiz bo’lgani yaxshi. Ko’p ishlaringizni birovga iltimos qilmay, o’zingiz  bitirib olasiz, katta imkoniyat-u qulayliklarga ega bo’lasiz. Shu bilan birga, unga qarash, doim u yoq, bu yog’ini kavlash kerak. Tuzattirmoqchi bo’lsangiz, bilmasligingizdan foydalanib, arzimagan ishga katta haq so’raydigan ustalar bor. Haydovchi ayol ekan, qani bir ko’raychi, deya ermakka to’xtatadigan melisalar bor. Qoidaga rioya qilmoqchi bo’lsang, tez yurmaysanmi, deya so’kinib ketadigan erkak haydovchilar bor.

 

To’lqin Baratov, texnik (35 yosh) :

- Menga qolsa, ayollarning umuman mashina haydamagani ma’qul. Nega chunki mashina og’ir temir, murakkab texnologiya. Deylik, kimsasiz yo’lda buzilib qoldi. Erkak odam bir amallab tuzatib oladi. Tuzata olmasa, xotirjam mashinada tunayveradi. Ammo ayol bunday qila olmaydi. U kimgadir rafiqa, kimgadir ona. U ko’chada  yotib qola olmaydi, u uyiga borishi kerak. Shu bilan birga mashinani ham tashlab keta olmaydi. Yoki kechki payt yo’lda turgan biror kishiga rahmi kelib to’xtasa, uni manziliga yetkazib qo’ymoqchi bo’lsa. Ayol-da, rahmi keladi. Uning qanaqa odamligi, bu ishining oqibati yomon tugashi mumkinligini o’ylab o’tirmaydi. O’sha rahmi kelgan yo’lovchi manyak yoki o’g’ri bo’lsachi? Yo kayfi oshib qolgan bo’lsa, asli yomon odam bo’lmasa ham xunuk ishlar qilib qo’yishi mumkin. Mast-da, uni qoralab ham, oqlab ham bo’lmaydi. Shuning uchun ayollar mashina haydamagani tuzuk.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #3 : 17 Dekabr 2007, 16:53:02 »
Albatta, har bir tomon o’zicha haq. Zotan, Nitshe aytganiday, dunyoda voqelik emas, uning talqinlarigina mavjud. Ammo mashina taraqqiyot mahsuli bo’lgani singari ayol haydovchilar ham shiddatli global rivojlanish oqibatidir. Buning o’ziga yarasha yomon jihatlari ham, yaxshi taraflari ham bor. Asosiysi, oltin o’rtaliqni ushlab turish, me’yorni unutmaslikdir.

 

Tiko rusumli mashinani haydayotgan ayol Chorsudagi tunnelga kirayotib, to’siqqa urilgan. Sabab – mashinaning ancha oldin teshilgan orqa g’ildiragini vaqtida payqamagan. Ortda kelayotgan jiguli haydovchisi signal chalib, uni ogohlantirmoqchi bo’lgan, ammo ayol buni noto’g’ri tushunib, e’tibor bermagan.

 

Cho’ponota chorrahasida uch haydovchi orasida nizo chiqqan. Sabab – ayol haydovchi svetoforning yashili yonguncha kutib turgan. Ortdagi ikki erkak shoshib, sariq chiroqda o’tib ketmoqchi bo’lib, mashinalarini urib olay deyishgan. Qonunga to’la rioya qilmoqchi bo’lgan ayol dag’dag’a-yu haqoratlarga qoldi.

 http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=122&Itemid=56

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #4 : 26 Dekabr 2008, 17:23:36 »
Assalomu alaykum
Ayol zoti tabiatan nozik. Ular o'zlariga to'g'ri keladigan kasb va yumushlar bilan mashg'ul bo'lsalar ayni maqsadga muvofiq bo'lardi. Erkaklarga xos ishlar ayol tabiatini dag'allashtiradi.
BIROQ
Agar gap mashina haydash husisida bo'lsa, menimcha buning unchalik havli joyi yoq.
Menga desa samolyot, raketa minmaydilarmi (agar ehtiyoj, zarurat tug'ilsa).
Muhimi ayoliklarini unutmasalar, iffatlarini saqlab yursalar bo'lgani.
Dil ba Yoru, dast ba kor.

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #5 : 27 Dekabr 2008, 16:09:58 »
Assalomu alaykum. meni fikri ojizimcha mamlakatimiz tarraqiyotga yuz tuta boshlab rivojlanib borarkan hohlemizmi hohlamimizmi rivojlanayotgan mamlakatlarni odatlari kirib kelaveradi. ayyollarning avtomobil haydashlari ham chetdan bizga kirib kelayotgan bir odatga aylanmoqda. oldinlari halqimizda bir gap bor edi "Ayol kishi Egar ustiga o`tirishi mumkin emas". 
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

lolo

  • Mehmon
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #6 : 18 Mart 2010, 08:40:52 »
 :as:

Ayol kishining markab minishi haqida...

Al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:

Imom Ibn Maajah va Imom Ahmad Abdullah ibn Awfaa dan rivoyat qilingan sahih hadisda aytiladiki, ma'nosi: "...Hattoki xotin tuyaning egarida o'tirgan bo'lsa ham erining xohishini chaqirganda bajarishi lozim....".

Sahih Al Buxoriy va Sahih Muslimda Asma’ bint Abi Bakr al-Siddiq haqidagi rivoyatda aytiladiki, Asma’ bint Abi Bakr al-Siddiq radiallahu anha bir kuni boshlarida xurmo olib kelayotganlarida payg'ambarimiz sallallahu alayhi wa sallam va bir qator sahobalarni uchratadi va shunda Payg'ambarimiz sallallahu alayhi wa sallam Asma’ bint Abi Bakr al-Siddiq radiallahu anhani chaqirib tuyalarini Asma’ bint Abi Bakr al-Siddiq orqalarida mingashishlari uchun o’tirg'izdilar.

Sahih Buxoriyda Abu Hurayra radiallahu anhudan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki, Abu Hurayra radiallahu anhu Payg'ambarimiz sallallahu alayhi wa sallamning quyidagi aytganlarini eshitdim dedilar, ma'nosi: "Quraysh ayollari tuyalarni eng zo'r haydovchi ayollardir..."

Va boshqa hadislar ham mavjud. Agar haqiqatan tuya, ot minish mumkin bo'lmaganda edi bizga hech bo'lmaganda bitta sahih hadis yetib kelar edi. Yuqoridagi hadislar shuni ko’rsatadiki Payg'ambarimiz sallallahu alayhi wa sallam va sahobalar davrida ayollarning tuya minishlari oddiy holat bo'lgan. Va Alloh yaxshiroq biladi.

Avvalambor Alloh iymonli ayollarga uylarida o’tirishlarini, hijob kiyishlarini, o'z go'zalliklarini begona erkaklarga ko’rsatmaslikni buyurgandir:

O'z uylaringizda qaror topinglar, (ko'chaga chiqqanlaringizda esa) ilgarigi johiliyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar! Namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar hamda Alloh va Uning payg'ambariga itoat etinglar! Ey, (Payg'ambarning) xonadon ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni obdon poklashni istaydi, xolos. al-Ahzaab 33

Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. Ahzob 59

Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar. Nur 31

lolo

  • Mehmon
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #7 : 18 Mart 2010, 08:43:52 »
Islomda ayollarning o'rni juda ham kattadir va Islom ayollarga nisbatan ularning sofligini yo'qotish uchun qilinadigan barcha narsalarni harom qildi. Shu uchun ham ba'zi ulamolar ayollarning mashina haydashlari mana shu yomon narsaga olib boradigan holat deb hisoblashadi. Alloh aytadiki: Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq gunoh va tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha'niga o'zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi". Al-A’raaf 33

Ey, odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izlaridan ergashmanglar! Albatta, u sizlarning aniq dushmaningizdir. Baqara 168

Bu yerda shu o’rinda 2 ta usulni aytib o’tish joiz:

1. Haromga yetaklaydigan narsaning, ishning o'zi haromdir. Bunga dalil bu quyidagi oyat: Allohdan o'zgaga sig'inadiganlar (butlari)ni so'kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan Allohni so'kib yuboradilar. An’aam 108

2. Yomonlikdan qaytarish yaxshilikka chaqirishdan ustun turadi, oldin keladi. Bunga dalil quyidagi oyat: Sizdan may (mast qiluvchi ichimlik) va qimor haqida so'raydilar. Ayting: "U ikkisida katta gunoh va odamlar uchun (ba'zi) foydalar bor. Ikkisining gunohi foydasidan kattaroqdir" Baqara 219

lolo

  • Mehmon
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #8 : 18 Mart 2010, 08:45:44 »
Mana shu 2 usulni e'tiborga olsak, ayollarning mashina haydashi quyidagi yomonliklarni olib keladi:

1. Mashina haydayotgan ayolning niqobini olishga to’g’ri kelib qoladi. Ayol kishinig go'zalligi asosan yuziga qarab bilinadi. Agar bir kishi aytsaki ayol niqobi bilan mashina hayday oladi, masalan ko’ziga qora ochki taqib, keyin yuzlarini o'rab hayday oladi desa, bunga javob shuki ayol mashina haydayotganda ko’p hollarda bunaqa bo’lib chiqmaydi. Agar qilishsa ham, u narsa ko’pga yetib bormaydi.

Ko’p hollarda boshida yaxshi boshlashadiyu keyin yomonlashib ketishadi.

2. Yana yomon tomonlaridan biri shuki ayol hayosini yo'qotadi. Hayo bu iymondandir deb payg'ambarimiz sahih hadisda aytganlar. Hayo ayol kishining go'zal hislatlaridan biri va u ularni fitnalardan saqlaydi. Ayolning hayosi yo'qoldimi keyin u haqda so’ramanglar deyishadi.

3. Mashina haydash ayol kishini uyidan juda ko’p marta chiqishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagi oyatlarda ko’rdikki ayol kishi uchun uy eng yaxshi joy. Mashina haydashni yaxshi ko'ruvchilar haydash bilan rosa maza qilishadi, shu sabab ularning u yer bu yerda sababsiz mashina bilan maza qilish uchun haydab yurganlarini ko’rasiz.

4. Eridan ajralgan ayollarning mashina bilan xohlagan joyiga xohlagan vaqtlarda borganlarini ko’rasiz, kechasimi yoki kunduzi. Juda ham kechgacha tashqarida bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Bu narsa esa yaxshi emas ayol kishi uchun.

5. Mashina haydash ayollarning oilasi va eriga qarshi chiqishiga sabab bo’ladi, ya'ni uylaridan mashina haydab biror joyda tinchlik olish uchun chiqib ketishlariga sabab bo’ladi. Ya'ni oddiy biror tushunmovchilik bo’lganda yoki biror shunga o’xshash sabab qidirib "tinch olib kelay" deb chiqib ketishadi.

6. Mashina haydash masalan svetoforda to’xtaganda, yoki benzin olish uchun to’xtaganda, yoki militsiya xodimlari tomonidan to’xtatilganda yoki umuman mashina buzilib to’xtaganda kattaroq fitnalarga sabab bo’ladi. Tasavvur qiling ayolning holati nima bo’ladi shu hollarda? Ko'chadagi erkaklarning hammasi ham yaxshi, insofi bor deb kim garantiya bera oladi? Shu sabab masalan, o’sha erkak kishi yomon niyatda bo’lsa ayolga yordam berish orqali boshqa yomon ishlarga qolini olib borishi mumkin.

7. Ayol kishi mashina haydagandan keyin yoshlarning ham ko’chada ayol kishi bilan "Musobaqa" qilaman degan bo'lib mashina bilan chiqishlariga sabab bo’ladi, shu sabab ham ko’chada mashinalar gavjum. Ayniqsa ko’pchilik yoshlar mashina bilan chiqishsa o’ynashadi va h.k...

8. Mashina haydash ayol kishini go’zalligini ko’rsatishga sabab bo’ladi, ya'ni masalan, aytaylik yangi moda paydo bo'ldi, ko’pincha ayollar eski kiyimlarini tashlab mana shu yangi modadagi kiyimlarni kiyib olishadi va hokazolar.

lolo

  • Mehmon
Re: Mashina mingan ayol
« Javob #9 : 18 Mart 2010, 08:49:07 »
Bu yuqoridagi mulohazalar arab mamlakatlaridagi ulamolarning nima uchun ayollar mashina haydashi mumkin emas, degan savolga javoblaridan olingandir. Ammo savol tug’iladi, bu narsa boshqa yurtlarga ham tatbiq etiladimi?

- Boshqa yurtlarda ham yuqoridagi sabablarga ko’ra ayollar mashina haydashni iloji boricha kamroq qilishsa maqsadga muvofiq ish bo'ladi.

Ba'zi hollarda bir necha ayollar birgalashib bir kattaroq mashinani ijaraga olib keyin biror haydovchi tayinlab boradigan joylariga borishlari mumkin. Ba'zida ayollar uchun alohida transport bo’lishi mumkin. Yoki taxida boorish, agar qurbi yetsa va haydovchi bilan birga o’zi yolg'iz bo’lmasa.

Bundan tashqari boshqa yurtdagi ayollar o’sha yurtdagi ulamolardan shu haqda fatvo izlab so’rashsa ma'qul bo’ladi. Chunki bu ulamolar shu yurtdagi sharoitni yaxshi tushunishadi va h.k. Ammo ulamolar deganda sizning xohishingiz uchun fatvo beradigan ulamo emas balki haqiqiy Islomga da'vat qiluvchi ulamo.

Bas, toqatlaringiz yetganicha Allohga taqvoda bo'lingizlar, (nasihatga) quloq tutingizlar va itoat etingizlar hamda ehson qilingizlar, (mana shu) o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o'shalar iqbollidirlar. Taghaabun 16

Alloh barchamizni Islomga mukammal amal qilishimizni nasib qilsin.

Va Alloh yaxshiroq biladi.


 :as:

 

Muqaddassan, Ayol!

Muallif shoirBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 30180
So'nggi javob 25 Dekabr 2007, 11:50:21
muallifi Usmon
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayol mukarramdir

Muallif maknunaBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 26586
So'nggi javob 11 Iyul 2008, 16:29:18
muallifi AbdulAziz
Ayol kishiga qo'l ko'tarish PASTKASHLIK!

Muallif MuslimаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 16086
So'nggi javob 24 Mart 2014, 13:56:32
muallifi Muxsiya
ISLOM VA AYOL

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 19664
So'nggi javob 05 Avgust 2013, 20:16:44
muallifi MUSLIM_uz
2007 yilning eng yaxshi ayol foydalanuvchisi!

Muallif ikbaljohnBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 6486
So'nggi javob 21 Yanvar 2008, 00:59:32
muallifi Süleyman