Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 27603 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:32:07

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar!
Ushbu mavzuda muqaddas kitobimiz Qur’oni karim va dinimiz haqidagi fikrlarni jo’ylaymiz. Mavzuda musulmon bo’lmagan g’arb mamlakatlarining olimlari, buyuk insonlarini fikrlari bildiriladi. O’zlari boshqa din vakili sifatida katta bo’lib, keyinchalik Haq yo’lni tanlab musulmon bo’lganlarni fikrlari bilan tanishamiz. Musulmon bo’lmagan holda, Qur’oni karim va Islom dinini o’rganib bu muqaddas kitob va dinga tan bergan insonlarni fikr va mulohazalarini o’qiysiz. InshaAlloh bu bizga dinimiz va kitobimizni yanada ko’proq qadrlashimizga turtki bo’ladi, Vallohi alam.

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:36:49

Quronning ahloqiy va madaniy saboqlari Islomning muhtasham qasrlariga bamisoli zarhal darboza ishlangan kabidir.

Chembers Entsiklopediyasi (Angliya)

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:38:23

Qur’on, aqidalar va ahloqning insonlarga hidoyat va hayotda muvaffaqiyat baxsh etuvchi mukammal majalladir.

Doktor Stayngas.

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:39:47

Qur’on insonlarga mukammmal tarbiya darsi berishdan tashqari, ularga shaxsiy hayotlarida ahloqli, oliyjanob, hayrparvar, jasur va g’ayratli bo’lishini hamda, butun musulmonlarni sevishni o’rgatdi.

Arnold Hovard.

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:41:59

"œMen shunga aminmanki, Alloh O’zining ta’limotiga so’zsiz va samimiy quloq tutganlarni also o’z holiga tashlab qo’ymaydi. Kalima keltirib, musulmon bo’lganimdan keyin ilk bor qalbimni ezib turgan og’ir yuk yo’qolganini his etdim. Balki erish tuyular, lekin ishoning, faqat shundan so’nggina ozod bo’lganday sezdim o’zimni".

Skot Linch Volf

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:43:24

"œBir kuni o’zim bilan ishlaydigan va hurmatimni qozongan bir professorning ko’zlariga tikilib: "œDunyoda barcha dinlar orasida haqiqiysi qaysi?"-deb so’radim. "œIslom", deb javob berdi. "œUnda nega musulmon emassan?"- so’radim yana. "œBirinchidan arablarni jinim suymaydi"- javob bera boshladi u, "œikkinchidan, men hozir ega bo’lib turgan farovon hayot tarzini ko’ryapsan. Islomni deb ulardan voz kecharmidim?"

Abu Bakr Jon Voupo

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:45:03

Arablar dinni qabul qilib, Qur’onga imon keltirib, qalblari imon nuri bilan munavvar bo’lgandan so’ng yer yuzi halqlari ro’parasiga yangi bir suratda — musulmon bo’lib chiqdilar"¦ Qur’on oyatlarini birin-ketin yaxshilikka da’vat etib ina boshladilar"¦
Biror kishi Islomga qurol kuchi yoki zo’rlab kiritilmagan, balki qalblar uni zavqu shavq bilan qabul qilgan, Qur’onning o’zi kishilar aqlini asir qilib olgan"¦


Genri De Koster

Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:48:10

Qur’oni Karimni har gal o’qirkanman, men unga yanada yaqinlashaveraman. Go’yo u huddi shu bugun nozil bo’lgandek va to’g’ridan-to’g’ri menga murojat qilayotgandek"¦

Roje Garodi,
Fransialik faylasuf va tarixchi.


Qayd etilgan


Muslimа  24 Dekabr 2007, 16:50:50

Bizning davrimizda Qur’onsiz yashamoq ko’r, kar, gung va ojiz yashamoq demakdir"¦ 

Knematirul,
Garb faylasufi.


Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 09:03:34

Qur’onni o’rgangan sari uning mukammal ekanligini va ulug’ligini tushuna boramiz. Jozibador Qur’on tobora insonni hayratga sola boshlaydi, o’ziga maftun etadi. Kishini o’zini hurmat qilishga majburlaydi va shu taxlit hammaga ta’sir qiladi.

Edmund,
Ingliz mutafakkiri.


Qayd etilgan