Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 27586 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muslimа  25 Dekabr 2007, 16:29:23

Qur’on — ilohiy kitob

Insoniyat Allohni ikki yo’l bilan — Uning kitobi Qur’on va insoniyatga Allohning vahiylarini yetkazgan payg’ambar Muhammad alayhissalom orqali tanidi. Bu ikki yo’l uzviy bog’langan va ulardan birini inkor etishga urinishlarining barchasi chippakka chiqaveradi. Hindular o’z payg’ambaridan kechdilar, nasroniylar esa, Allohning kitobiga bo’ysunmay, payg’ambari Isoni Xudo darajasiga ko’tardilar va shu bilan tavhidning o’zagini halok qildilar, muqaddas bitiklarni o’zgartirib, buzib yubordilar. Xuddi shu paytda oxirgi payg’ambar Muhammad alayhissalom orqali insoniyatga yuborilgan Qur’on hanuzgacha o’zgarishsiz qolmoqda va asl holicha yashayapti"¦
Hajmining kattaligiga qaramay Qur’onda shubha yoki bahsga molik o’rinlar mutlaqo yo’q.
Muhammad alayhissalomni Qur’onning muallifi deb da’vo qilayotgan olimlar nahotki o’sha paytdagi inson imkoniyatlari nuqtai nazaridan ham bu ishning mumkin emasligini tushunmasalar? Qur’onda keltirilgan ilmiy bilimlarni VII asrda yashagan savodsiz kishi bilishi mumkinmi?!

Volfgang Gyote,
Olmon shoiri.


Qayd etilgan


Muslimа  26 Dekabr 2007, 11:28:50

Qur’on o’z-o’zidan doimiy bir mo’jizadir. Uning mo’jizasi o’liklarni tiriltiradigan mo’jizalardan ham juda balandda turadi"¦
   Qur’on kelgandan keyin Arabistonning taqir va hosilsiz cho’llarini fayzlantirib yurgan mashhur shoir va hatiblarga uning bir surasiga nazira o’qish taklif etildi, ammo hech bir kimsa unga qarshi kelib, biror narsa o’qiy olmadi.
   Hazrati Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) zamonlarida arabiston shoirlarining eng mashhuri Labid edi. U zamonlar budparast bo’lgan Labid Qur’onning balog’ati qarshisida tilsiz qolgan va bu balog’atni eng go’zal so’zlar bilan ifodalagan, keyin qalbi hayratlarga to’lib, musulmonlikni qabul etgan va Qur’onning faqatgina payg’ambar tilidan chiqishi mumkinligini so’ylagan edi.

 
Georg Salo.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Dekabr 2007, 11:50:33

Men Qur’onni har jihatdan o’rganib chiqdim. Uning har bir kalimasi zamirida buyuk haqiqatlar yotganini ko’rdim. Sizga zamondosh bo’la olmaganimdan afsusdaman, ey Muhammad (sallallohu alayhi vassallam)!

Otto Bismark.

Qayd etilgan


Muslimа  27 Dekabr 2007, 10:36:36

"Qur’on azaliy hikmatning inoyati ila insoniyatga in’om qilingan samoviy kitoblarning eng yaxshisidir. Qur’onning bayon tili, yunon falsafasining ifodasidan ko’p marta ustundir. Qur’onning kundan — kun jilvalanayotgan go’zalliklari, har kun ochilayotgan, ammo tugamaydigan sir — asrori bor."

Doktor Karlayl.

Qayd etilgan


Muslimа  28 Dekabr 2007, 11:51:06

"œAdabiy jihatdan qaraganda Qur’on yarim she’riy va yarim nasrda yozilgan arab tilining jozibasini namoyon etuvchi eng nodir namunadir.
Tilshunoslarning ko’p hollarda Qur’onda qo’llangan ma’lum qolip va ifodalarga taqlid qilganlari, Qur’onga teng keladigan biror asar yozish uchun bir necha marta uringanlari, ammo hanuzgacha bu borada muvaffaqiyatga erisholmaganlari ma’lumdir.."


F. Arbatnotning "œInjil va Qur’onning tuzilishi" nomli asaridan.

Qayd etilgan


Muslimа  29 Dekabr 2007, 13:55:19

"œUmuman olganda Qur’onda eng aqlli insonlar, eng buyuk faylasuflar va eng qobiliyatli siyosatchilar ham ayta olmaydiga donishmandona hikmatlar majmuasini topish mumkin. Ammo Qur’onning ilohiyligiga yana boshqa dalil mavjud: Bu ham bo’lsa, uning vahiy qilingan kundan buyon asrlar davomida hech buzilmasdan saqlanganidir"

Laura Vessianing "œIslom" nomiga bir sharx" nomli kitobidan.

Qayd etilgan


Muslimа  04 Yanvar 2008, 09:00:14

Islom dini e’tiqodiga ko’ra, inson Alloh tomonidan benuqson, mukammal shaklda yaratilgandir. Inson jinsi xoh erkak bo’lsin, xoh ayol, hammasi nafsdan yaratilgan va hammaga teng insoniy ruh berilgandir. Alloh taolo hamma bandalariga xohlagan yo’lni tanlab olishi uchun aqliy, ruhiy imkoniyatlarni teng miqdorda ato etgan.
   Fikrimcha, bugun olamdagi insonlarning o’zaro birodarliklari to’g’risidagi Islom ta’limotini qaytadan so’zlab o’tirishga hojat bo’lmasa kerak. Bu hammaga ma’lum haqiqat. Chunki bu dinda sayyid bilan tobe’, ho’jayin bilan hizmatchi, boy bilan kambag’al orasida farq yo’q. Hammalari insonlik xususida tengdirlar.


Ser Archibald Hamilton (Abdulloh)
Selzi sh. (Angliya)



Qayd etilgan


Muslimа  11 Yanvar 2008, 09:04:17

"œShuni bilingizki, bugun minglab amerikalik va kanadalik nasroniylar o’z dinlaridagi xato va nuqsonlarni his qilib turibdilar. Ammo, afsuski, ular menga o’xshab Islomga butunlay kirishib ketish imkoniyatidan mahrum va bir yo’l ko’rsatuvchiga muhtojdirlar"

Tomas Irving
Kanada.

Qayd etilgan


Muslimа  11 Yanvar 2008, 09:04:37

"Islomning Haq din ekanini bilish uchun bor-yo’g’I musulmonlarning bir-birlariga salom berishlariga e’tibor qaratishning o’zi kifoya. Bizlar bir — birimizga "œHayrli tong" yohud "œHayrli tun" deymiz. Bunday quruq moddiy so’zlar o’rniga musulmonlar o’zaro "œAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotih" deyishadi. Buning ma’nosi: "œHuzur va halovat, Alloh taoloning rahmati va barakoti sizga bo’lsin". Bundan ham ma’noliroq va teranroq ifodalangan salomlashish tarzi bo’lishi mumkinmi?"

Fotima Kazue xonim,
Yaponiya


Qayd etilgan


Muslimа  19 Yanvar 2008, 09:25:51

Men xristian missionerlarining o’zlaridan ko’ra Iso (a.s.) ta’limotlariga yaqin turuvchilarni (yani, musulmonlarni) xristianlikka da’vat qilishlarini tushuna olmayman. Men musulmonlarni Hazrati Iso (a.s.) ta’limotiga yaqin turuvchilar, ha,ha, yaqin turuvchilar dedim. Chunki yaxshilik va olijanoblik, fikr doirasining kengligi Islom e’tiqodida haqiqatdan ham Iso (a.s.) da’vatidan mufassalroq e’tirof etilgan. Xristianlik shu qadar buzilganki, Iso (a.s.) tablig’ etgan xristianlikdagi haqiqatlarni faqat Islomda topish mumkin. Bas, shunday ekan, men musulmon bo’lish bilan haqiqiy nasroniylikka erishdim, deya olaman.

Lord Hedli al-Foruq,
taniqli siyosatchi va yozuvchi.
Angliya.

Qayd etilgan