Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 27605 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


otabek80  09 Fevral 2008, 14:48:34

Men yillar davomida ne-ne mashaqqatlar bilan olib borgan izlanishlarim natijasida erishgan ixtirolarim, 14 asr ilgari tushirilgan Qur’onda bir oyat bilan ifoda etilganini ko’rib hayratda qoldim. O’sha zamon tarraqqiyotiga nazar solsak, Muhammad bu narsani ilman bilib yozgan bo’lishi mumkin emas. Qur’on bilan yaqinroq tanishgach, u haqiqatdan ham Alloh nozil qilgan mo’jizalarga to’la, ilohiy, muqaddas kitob ekaniga iqror bo’ldim.

Keyt Mur kanadalik murtakshunos(embriolog) olim.

Qayd etilgan


otabek80  11 Fevral 2008, 07:24:43

Qur’on insoniyatga o’ta mos odil qonunlarni o’z ichiga olgan o’zgacha kitobdir. Uning oyatlariga o’xshash oyatlar boshqa biror din manbalarida yo’q va inson unga monand oyatlarni yaratishga doimo ojizdir.

Ruverd Nikelson sharqshunos olim

Qayd etilgan


otabek80  11 Fevral 2008, 07:25:44

Qur’onning nozil bo’lganiga 14 asr o’tib borayotganiga qarmasdan huddi kecha nozil bo’lgandek bugungi hayotning dolzarb muammolarini sodda va adolatli hal etishi, uning naqadar ulug’ kitob ekanidan dalolat beradi.

Li Vong sharqshunos olim.

Qayd etilgan


otabek80  20 Fevral 2008, 08:04:36

Men shuni aytishim mumkinki, Qur'onda falakiyotga oid aniq faklarni o'qib juda taajublandim.

Professor Yushudi Kusan: Tokio observatoriysi rahbari

Qayd etilgan


otabek80  21 Fevral 2008, 07:13:47

Bunday ma’lumotlarni(falakiyotga oid) qadimgi ilohiy Qur’ondan topilgani menga juda qiziq bo’ldi va bularni u yerda qanday paydo bo’lgani to’g’risida hech narsa deyolmayman, lekin bu ma’lumotlarning borligi o’ta darajada qiziq holat va bu ishlar ba’zi oyatlar mazmunini ochishda davom etadi deb o’ylayman. Hm, mening o’ylashimcha bu ilohiy zotning kitobi bo’lishi kerak.

Professor William W. Hay, AQSH dengiz qo’shinlaridagi eng kuchli olimlardan biri.

Qayd etilgan


otabek80  21 Fevral 2008, 07:15:10

Bu savollarning(koinotning yaratilishiga oid) ko'pini o'ylaymanu, Muhammadning qaerdan kelganini, ya'ni badaviyligini o'ylayman. Va men uning koinotning yaratilishiga oid bilimlarni o'zi bilgan ded o'ylamayman, chunki bu narsalarni hozirgi juda kuchli olimlar bir necha yillar davomida juda murakkab, ilg'or tehnologiyalar orqali yangi metodlarni qo'llash orqali oz-ozdan bilib bormoqdalar.

professor Alfred Kroner, dunyodagi eng mashhur geologlardan biri.

Qayd etilgan


otabek80  21 Fevral 2008, 07:17:19

Muhammad juda oddiy inson bo’lgan. U hatto o’qishni va yozishni bilmagan. Biz 1400 yil ilgarigi davrni aytyapmiz. Siz savodi(o’qish va yozishni bilmaydigan) bo’lmagan inson hozirgi yuksak darajadagi ilmlarni juda aniqlik bilan, kuchli qat’iyatli davolar bilan uqtirganini bilasizmi. Shahsan men buni oddiy(tasodifiy) imkoniyatlar deb bilmayman. Bu kitobda ilmiy aniqliklar juda ham ko’p va men doktor Moore(Keyth Moore, yuqoridagi poslarda uning gapi ham bor) singari ilohiy vahiy ekanini tan olishga hech qanday qiyinchilik sezmayman.

Professori T.V. Persaud, Manitoba universiteti anatomiya bo’limi boshlig’i. Winnipeg. Kanada.

Qayd etilgan


otabek80  22 Fevral 2008, 07:22:16

Shini qayd etish kerakki, genetika va din bir-biriga nisbatan nafaqat muammosiz yaqin, balki, ba'zi an'anaviy ilmiy yondashuvlarning ochilishida din ilmni yetaklayotganini ko'rsatmoqda. Bu degani, Alloh nozil qilgan Qur'on bilimlarini hozirgi ilmiy yangiliklar endigina tushunib bormoqda.

professor Joe Leigh Simpson, Chikago shimoliy-sharqiy universitetining akusherlik va ginekologiya professori. AQSH

Qayd etilgan


otabek80  22 Fevral 2008, 07:23:13

Yaqin Sharq tarixida geologik yozilmalar bo'lganini bilish uchun, Biz Yaqin Sharq og'zaki an'analarini tarixini chuqurroq o'rganishga muhtojmiz. Agar hech qanday yozma ma'lumot bo'lmasa, Muhammadga Alloh orqali biz yaqindagina aniqlagan bilimlar kelganiga ishonchimiz oshib boradi. Biz geologiya sohasidagi Qur'on ilmlariga oid davom etayotgan suhbatlarni intizorlik bilan kutib qolamiz. Katta rahmat.

professor Palmer, AQSHlik olim.

Qayd etilgan


otabek80  22 Fevral 2008, 07:24:27

Mening izlanishlarimdan va boshqa olimlarning yangiliklaridan, hozirda ilmiy yo'l bilan isbotlanayotgan, Qur'ondagi 1400 yil ilgarigi yozilmalarni haq deb bilaman. Bu haqiqatlarni yetkazgan, yozishni va o'qishni bilmaydigan Muhammad payg'ambar, albatta yaratguvchining elchisidir. Yaratguvchu esa Allohdir. Shuning uchun men "œL’A IL’AHA ILLALL’OH" Allohdan boshqa iloh yo’q "MUHAMMADUR RASUL’ULLOH" Muhammad Allohning payg’ambaridir deb aytishim vaqti keldi deb o’ylayman.

Professor Tagata Tagasone, Shiang Mai universiteti Meditsina kolledgi dekani, ilgari shu universitetning anatomiya va embriologiya bo’limi boshlig’i bo’lgan. Tailand

Qayd etilgan