Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 22206 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:46:19

.. Menimcha, genetika va din o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q, bilaks din ba'zi an'anaviy ilmiy yondashuvlarga yangilik qo‘shish orqali fanni yo‘naltiradi va Qur'onda shunday xabarlar borki, ular asrlar o‘tgach asosli, deb topiladi va ular Qur'onda Allohdan kelgan bilimni himoya qiladi.
(Doktor Jou Ley Simpson, akusherlik va ginekologiya, molekulyar va inson genetikasi fanlari professori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:46:43

Olim sifatida men aynan ko‘ra oladigan narsalar bilangina ish yuritaman. Men embriologiya va rivojlanish biologiyasini tushunaman. Qur'ondan men uchun tarjima qilingan kalimalarni ham tushuna olaman. Oldinroq misol keltirganimdek, agarda o‘zimni o‘sha davrga o‘tkaza olganimda edi, bugungi kunda bilganlarim va tasvirlay oladiganlarimni bilgan holda, ta'rif etilganlarni tasvirlay olmagan bo‘lar edim. Shuning uchun bu yerda u (Muhammad (s.a.v.)) yozishga qodir bo‘lgan narsada ilohiy madad ishtirok etgan, degan tushuncha bilan zid keluvchi hech narsani ko‘rmayapman.
(Doktor E. Marshall Jonson, Tomas Jefferson universitetida anatomiya va rivojlanish biologiyasi fani bo‘yicha iste'fodagi professor.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:47:05

Ba'zi oyatlar (Qur'on oyatlari) jinsiy hujayra (gameta)larning qo‘shilish paytidan tortib embrionda organlarning rivojlanishi (organogenez)ga qadar tushunarli ta'riflarni o‘z ichiga olgan. Inson taraqqiyotining tasnifi, terminologiyasi va ta'rifi kabi bunday aniq va to‘liq qaydlar ilgari mavjud bo‘lmagan. Har doim bo‘lmasa ham, ko‘p hollarda bu ta'riflar, amaldagi ilmiy adabiyotlarda inson embrioni va homilasi rivojlanishining turli bosqichlari qayd etilishidan oldin ko‘p asrlar muqaddam keltirilgan edi.
(Jerald S. Gourinjer, Jorjtaun universitetida tibbiy embriologiya bo‘yicha dotsent.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:47:31

Insonning rivojlanishi haqida Qur'onda keltirilgan xabarlarga aniqlik kiritishga yordamim tekkanidan juda mumnunman. Menga shu narsa ayonki, bu xabarlar Muhammad (s.a.v.) ga Allohdan kelgan, chunki bu bilimlarning ko‘pchiligi keyingi asrlarga qadar kashf qilinmadi. Bu menga shu narsani isbotlab beradiki, Muhammad (s.a.v.) Allohning elchisidir.
(Doktor Keyt L. Mur, Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi bo‘limining iste'fodagi professori. Taniqli embriolog va bir qancha tibbiy darsliklar muallifi.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:47:59

... Inson embrionining rivojlanish bosqichlari murakkab bo‘lganligi, rivojlanish mobaynida uzluksiz o‘zgarish jarayoni kechishi tufayli, Qur'on va Sunnada qayd etilgan atamalarni qo‘llash orqali yangi bir tasniflash tizimi ishlab chiqilishi mumkin, degan taklif bor. Taklif etilgan bu tizim sodda, tushunarli va amaldagi embriologiyaga oid bilimlarga mos keladi.
(Doktor Keyt L. Mur, Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi bo‘limining iste'fodagi professori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:48:36

So‘nggi to‘rt yil ichida Qur'on va hadislarni jadal sur'atlar bilan o‘rganish natijasida inson embrionini tasniflashning ajoyib bir tizimi kashf qilindiki, u milodiy yettinchi asrda qayd etilgani bois...., Qur'ondagi ta'riflarni yettinchi asrdagi ilmiy bilimlarga asoslab bo‘lmaydi...
(Doktor Keyt L. Mur, Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi bo‘limining iste'fodagi professori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:49:44

Koinotning umumiy kelib chiqishi kabi narsalar haqida u (Muhammad (s.a.v.))ning bilishi deyarli mumkin emas, deb o‘ylayman, chunki olimlar buni juda murakkab va ilg‘or texnologik uslublarni qo‘llash orqali faqatgina keyingi bir necha yil ichida aniklashga muvaffaq bo‘ldilar... 1400 yil muqaddam yadro fizikasi haqida hech narsa bilmagan bir kishi, menimcha, misol uchun, Yer va samolar bitta kelib chiqish tarixiga ega ekanligini yoki biz bu yerda muhokama qilgan boshqa ko‘plab masalalarni o‘zining aqli bilan bilib olishga qodir emas edi.
(Alfred Kroner, Germaniyadagi Maynz universitetining geofanlar bo‘limi professori. Dunyoning eng mashhur geologlaridan biri.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:50:02

Agar siz bularning barchasini birlashtirsangiz va Qur'onda Yer, uning paydo bo‘lishi va umuman, fanga aloqador tarzda berilgan xabarlarning barchasini birlashtirsangiz, siz u yerda berilgan xabarlarning ko‘p jihatlardan haq ekanligini, ularning endilikda ilmiy uslublar bilan tasdiqlanishi mumkinligini ayta olasiz... Qur'onda keltirilgan ko‘plab xabarlar o‘sha paytlarda isbotlana olmas edi, ammo zamonaviy ilmiy uslublar endilikda Muhammad (s.a.v.)ning 1400 yil ilgari aytganlarini isbotlash holatidadir.
(Alfred Kroner, Germaniyadagi Maynz universitetining geofanlar bo‘limi professori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:50:20

Qur'ondan haqiqiy astronomik faktlarni topganimdan juda hayratda ekanligimni aytmoqchiman va bizning nazarimizda zamonamiz astronomlari koinotning juda kichik bir qismini tadqiq qilayotgan ko‘rinadi. Biz o‘z harakatlarimizni juda kichik bir qismni tushunishga qaratmoqdamiz. Chunki teleskoplardan foydalanib, butun koinot haqida o‘ylamasdan osmonning faqat eng kichik qismlarinigina ko‘ra olamiz. Shu sababdan, Qur'onni o‘qish orqali va undagi ma'lumotlarga javob topish orqali, men koinotni o‘rganish uchun o‘z kelajak yo‘limni topa olaman, deb o‘ylayman.
(Professor Yushidi Kusan, Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Tokio rasadxonasi direktori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:50:45

Albatta, men uni shundayligicha qoldirishni istardim, biz ko‘rgan narsa ajoyib narsadir, unga ilmiy tushuntirish berish mumkin yoki mumkin emasdir, u yerda biz oddiy bir inson sifatida tushuna oladigan narsadan tashqari, ko‘rgan yozuvlarimizni tushuntirib beradigan nimadir mavjud bo‘lishi ham kerak.
(Professor Armstrong, NASAda faoliyat ko‘rsatuvchi astronomiya sohasi bo‘yicha professor.)

Qayd etilgan