U (Qur'on) o‘tmishdan, yaqin zamondan va kelajakdan bahs yuritadi. Men Muhammad (s.a.v.) zamonidagi odamlarning madaniy va ilmiy saviyasini bilmayman. Agar bu qadimiy davrda, bizningcha, ilmiy saviya past bo‘lgan bo‘lsa va texnologiya yo‘q bo‘lgan bo‘lsa, unda hozirgi kunda biz o‘qiyotgan Qur'on Allohning nuri ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Alloh uni Muhammad (s.a.v.)ga ilhom etgan. Bundayin mukammal ma'lumot bo‘lganmikin, deya men O'rta Sharqdagi madaniyatning dastlabki tarixini tadqiq qildim. Agar bu qadimiy davrda Qur'on ma'lumotlariga o‘xshash boshqa ma'lumotlar bo‘lmagan ekan, bu Alloh Muhammad (s.a.v.)ni jo‘natgan, degan ishonchni kuchaytiradi; U Muhammad (s.a.v.)ga O'zining behad bilimidan kichik bir qismini yo‘llaganki, biz ularni faqat yaqin-yaqindagina kashf qila oldik, xolos. Biz geologiya sohasi bo‘yicha Qur'on bilan fan mavzusida uzluksiz dialog olib borishga umid qilmoqdamiz.
(Professor Palmar, AQShda geologiya sohasidagi ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri.)