Muallif Mavzu: Forumda ishlash qoidalari va foydalari  ( 23838 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Forumda ishlash qoidalari va foydalari
« : 14 Iyun 2006, 14:29:54 »
Ziyo Uz forumining umumiy qoidalari:
(barchaga o’qib chiqishni tavsiya etaman)[/size]

TA’QIQLAYMIZ:

- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya,  istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Biror bir shaxs bilan ittifoq tuzib, boshqalarga “hujum qilish” mumkin emas.
- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan  bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
-  Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvc higa qulay bo’lishi uchun 3 dan ortiq effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- O’zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish ta’qiqlanadi.
- Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.

TAVSIYA ETAMIZ:

- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq  boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.
- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratis maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida ta’qiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka roiya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar  forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.

Arxiv
« So'nggi tahrir: 18 Iyul 2006, 02:21:23 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Rahmatnoma


AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Forumda ishlash qoidalari va foydalari
« Javob #1 : 12 Avgust 2006, 14:09:56 »
YANGI MAVZU, SO'ROVNOMA TASHKIL QILISH

Forumdagi bo'limlardan biriga kirsangiz, u yerda birqancha mavzularga ko'zingiz tushishi mumkin. Bu panelda mavzu nomi, mavzu muallifi, javoblar soni, o'qilganlar soni hamda so'nngi mulohaza haqidagi ma'lumotlar ham o'rin oladi.
Siz bo'limlarda yangi mavzu ochishingiz, so'rovnoma tashkil qilishingiz va javob berishingiz mumkin.

Yangi mavzu ochish uchun
tugmasini bosasiz. Shundan so'ng quyidagilarni to'ldirasiz:
Mavzu: Yangi ochayotgan mavzuingizga nom bering.
Xabar rasmchasi: O'quvchilar e'tiborini qaratish maqsadida mavzuga rasmcha tanlang.
BB qo'shish: Xabarda BB-kodlar (qora, yotiq, ostiga chizilgan matnlar tashkil qilish, rasm, linklar joylash va hokazo).
Xabar: Yangi mavzuingizning asosiy matnini kiritasiz. Odatda yangi mavzuning birinchi mulohazasi ayni shu mavzuni tanishtiradi.
Jo'natish tugmasi orqali yangi mavzuni forumda chop etishingiz, oldindan ko'rish tugmasi orqali chop qilmasdan avval uni ko'rishingiz mumkin.

Yangi so'rovnoma tashkil qilish uchun
tugmasini bosasiz. Shundan so'ng quyidagilarni to'ldirasiz:
Mavzu: Yangi ochayotgan so'rovnomangizga nom bering.
Xabar rasmchasi: O'quvchilar e'tiborini qaratish maqsadida mavzuga rasmcha tanlang.
Savol: So'rovnoma savolini yozing.
Variant 1: Savol variantlarini kiriting.
So'rovnomani moslash: So'rovnomani moslang.
BB qo'shish: Xabarda BB-kodlar (qora, yotiq, ostiga chizilgan matnlar tashkil qilish, rasm, linklar joylash va hokazo).
Xabar: Yangi so'rovnomangizning asosiy matnini kiritasiz. Odatda yangi mavzuning birinchi mulohazasi ayni shu mavzuni tanishtiradi.
Jo'natish tugmasi orqali yangi so'rovnomani forumda chop etishingiz, oldindan ko'rish tugmasi orqali chop qilmasdan avval uni ko'rishingiz mumkin.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Forumda ishlash qoidalari va foydalari
« Javob #2 : 12 Avgust 2006, 14:16:09 »
JAVOB BERISH PANELI

yoki tugmasi orqali javoblar paneliga kiriladi:

Mavzu: - Mavzu yoziladi. Agar siz eski mavzuning muhokamasida qatnashayotgan bo`lsangiz, yozmasangiz ham bo`laveradi. Yangi bir fikrni aytsangiz, unda yozganingiz yaxshi.

Xabar rasmchasi: - Siz yozayotgan javobning rasmchasi qanday bo`lishini belgilashingiz mumkin. Belgilab bo`lib, ozgina kutsangiz rasmcha ham javoblar panelida paydo bo`ladi.

* * *

BB qo'shish:

Bu tugmachadan matnni qorada yozish uchun foydalaniladi. Agar siz biron so'z yoki matnni qorada yozmoqchi bo'lsangiz uni belgilab turib shu tugmani bosasiz. Masalan: Assalomu alaykum!

Matnni kursivda yozish. Masalan: Assalomu alaykum!

Matnni tagiga chizib yozish. Masalan: Assalomu alaykum!

matnni o`rtasiga chizib yozish. Masalan: Assalomu alaykum!

Matnni tashqaridan yonib turgandek qilib beradi. Masalan: Assalomu alaykum! Rangini o`zgartirsa ham bo`ladi: Asssalomu alaykum! Assalomu alaykum!

Matnga soya beradi. Masalan: Assalomu alaykum! Rangi va hajmini o`zgartirish mumkin: Assalomu alaykum!

Matnni harakatlantiradi. Masalan: Assalomu alaykum!
Matnni formatlanmanan ko`rinishga keltiradi. Masalan:
Assalomu alaykum!


Matnni chap tomondan joylashtiradi. Masalan:
Assalomu alaykum!

Matnni markazdan joylashtiradi. Masalan:
Assalomu alaykum!

matnni o`ng tarafdan joylashtiradi. Masalan:
Assalomu alaykum!

Chiziq tortish. Masalan:

Shrift razmerini o`zgartirish. Masalan:
7pt - Assalomu alaykum!
8pt - Assalomu alaykum!
10pt - Assalomu alaykum!
11pt - Assalomu alaykum!
12pt - Assalomu alaykum!
13pt - Assalomu alaykum!
14pt - Assalomu alaykum!
15pt - Assalomu alaykum!

Shrift garniturasini o`zgartirish. Masalan:
Times - Assalomu alaykum!,
Tahoma - Assalomu alaykum!,
Arial - Assalomu alaykum!
Comic Sans MS - Assalomu alaykum!
Impact - Assalomu alaykum!

- Flash joylash. Masalan:
<a href="http://ziyouz.com/rasmlar/umumiy/ziyo.swf" target="_blank" class="new_win">http://ziyouz.com/rasmlar/umumiy/ziyo.swf</a>

Rasm joylash. Ma'lum saytdagi rasmning manzilini yozasiz. Masalan:


Internet linklari joylanadi. Masalan: Ziyo Uz ma'rifiy sayti

E-mailni qo`yish. Masalan: davronbek_rltd@yahoo.com

FTP manzilni yozish. Masalan: ftp://ftp.ziyouz.com

- Jadvallar bilan ishlash.

Matnni tepagi indexga yozish. Masalan: Assalamu alaykum!

Matnni pastki indeksga yozish. Masalan: Assalamu alaykum!

Teletayp. Masalan: Assalamu alaykum!

Kod joylashtirish. Masalan: [img]http://forum.ziyouz.com/avatars/Tabiat/Nihol.jpg[/img] Rasmni shunday qilib joylanadi
Birovning fikridan iqtibos olish. Masalan:
Iqtibos
Assalamu alaykum!

List holida yozish. Masalan:
  • Assalomu alaykum!
  • Здраствуйте!
  • Good morning!

Matn rangi dan matnning rangi o`zgartiriladi. Masalan: Assalomu alaykum!, Assalomu alaykum!, Assalomu alaykum!

* * *

Smayliklar

Smayliklarni joylash uchun ushbu tugmalarni bosing:
 :) ;) :D ;D >:( :( :o 8) ??? ::) :P :-[ :-X :-\ :-* :'(

* * *

Xabar - Asosiy matn yoziladi.

Jo'natish - Yozgan javobingizni chop etish. Alt+S bilan ham amalga oshirsa bo'ladi.
Oldindan ko'rish - Chop etishdan avval ko'rish. Alt+P bilan ham amalga oshirsa bo'ladi.

* * *
Mavzu tafsilotida ushbu sahifada kiritilgan postlar ilova qilinadi.

* * *
Muhokamalar panelidagi Tezkor javob orqali ham javob bersa bo'ladi.
« So'nggi tahrir: 12 Avgust 2006, 14:23:57 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Forumda ishlash qoidalari va foydalari
« Javob #3 : 17 Avgust 2006, 00:23:22 »
MODERATORLARNING VAZIFALARI

Moderatorlar - forumning kichik boshqaruvchilari demakdir. Forumdagi bo'limlar moderatorlarga biriktiriladi. Ular yuqorida yozilgan asosiy qoidalarning bajarilishi, forum mazmuni va rivojlanishiga o'z hisssalarini qo'shadilar.

Har bir moderator o'z bo'limi mavzularini yaxshi bilmog'i, muxlislarning har bir postlarini o'qib bormog'i va ularga munosabat bildirmog'i lozim. Moderatorlar o'z bo'limlarida yangi g'oyalar, fikrlar asosida mavzular, so'rovnomalar tashkil qilishlari mumkin. Moderator yaxshi insoniy fazilatlarga ega bo'lmog'i, muxlislar bilan tez til topa bilishi kerak.

Shuningdek, moderator ushbu bo'limning texnik jihatdan boshqaruvchisi hamdir. Keraksiz postlar, spamlar va yuqorida qayd etilganidek o'chirilishi yoki o'zgartirilishi kerak bo'ladigan holatlarda ushbu amallarni bajara bilmog'i talab qilinadi.

Moderator forumning o'ziga biriktirilgan bo'limiga kirgandan so'ng, uning uchun boshqa yordamchi buyruqlar (knopkalar) biriktiriladi:

Mulohzalar panelida:

- Moderator boshqa foydalanuvchilarning postlarini oz'gartirishi mumkin.

- Moderator boshqa foydalanuvchilarning postlarini o'chirishi mumkin.

Izoh: Forumning asosiy qoidalari va maqsadiga tog'ri kelmaydigan yoki imloviy, texnik xatolarga ega bo'lgan postlargina o'zgartiriladi yoki o'chiriladi.

   Agar biron bir mulohaza mavzudan tashqariga chiqib alohida mavzuga asos bo'lsa, uni ikki mavzuga bo'linadi.


Mulohazalar paneli ostida, Tezkor javobning ustida moderatorning qo'shimcha funksiyalari belgilangan:

- Moderator agar yangi mavzu ushbu bo'limga xos bo'lmasa, uni boshqa bo'limga ko'chirishi mumkin.

- Moderator ushbu mavzuni to'lig'icha o'chirib yuborishi mumkin.

- Moderator ushbu mavzuni yopib qo'yishi mumkin. Bu holatda foydalanuvchilar ushbu mavzuda mulohaza kirita olmay qoladilar. Shuningdek, ushbu funksiya orqali moderator yopilgan mavzuni qayta ochishi ham  mumkin.

- Ushbu buyruq orqali moderator ma'lum mavzuni yopishqoq qilib qo'yishi mumkin. Bunda o'sha mavzu har doim ro'yxatning boshidan joy oladi va pastga tushib ketmaydi.

- Agar mavzuda ikkita bir xil mavzu uchrasa, ularni bir-biriga qo'shish.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Darsxona bo`limida dars kiritish va savol berish qoidalari

Muallif MaxCmdBo'lim Darsxona

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 8324
So'nggi javob 27 Sentyabr 2006, 08:33:35
muallifi MaxCmd
Hamma o'qisin: Islom bo'limining asosiy qoidalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 18392
So'nggi javob 26 Mart 2016, 22:26:23
muallifi Hadija
Internetda tarmog`i, unda ishlash va shunga oid savollar

Muallif MaxCmdBo'lim Internet

Javoblar: 52
Ko'rilgan: 31705
So'nggi javob 18 May 2009, 15:13:31
muallifi Ulugbek-Uz
FTP - Server bilan ishlash!

Muallif Murod_bekBo'lim Internet

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 7751
So'nggi javob 07 Aprel 2007, 20:54:55
muallifi Murod_bek
Forumda birinchi bo'lib kim bilan tanishgansiz?

Muallif AsalBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 74
Ko'rilgan: 32125
So'nggi javob 25 Dekabr 2012, 13:37:43
muallifi Ansora