Ro'za haqida hadislar  ( 93747 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 22 B


Laylo  06 Sentyabr 2006, 17:51:37

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan rivoyat qiladi. Abu Sufyon (r.a.) aytadi: «Qon olgan va oldirgan ro‘zasini buzadi, degandan so‘ngra Nabiy (s.a.v.) qon oldirdilar».

Qayd etilgan


Laylo  06 Sentyabr 2006, 17:51:48

Abu Hanifa (r.a.) Hammod ibn Sulaymondan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) junublikdan va qo‘shilishdan g‘usl qilib, boshlaridan suv tomib bomdod namoziga chiqar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  06 Sentyabr 2006, 17:51:59

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) junublikdan g‘usl qilib, boshlaridan suv tomib, bomdod namoziga chiqar edilar, so‘ng ro‘zador bo‘lardilar».

Qayd etilgan


Laylo  06 Sentyabr 2006, 17:52:14

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) dedilar: «Rasululloh (s.a.v.) tush ko‘rmay junub bo‘lib tong ottirardilar. Keyin ro‘zalarini oxiriga yetkazardilar».

Qayd etilgan


Laylo  09 Sentyabr 2006, 18:16:51

Abu Hanifa (r.a.) Sulaymon ibn Yasordan, u Ummu Salamadan rivoyat qiladi. Ummu Salama (r.a.) dedi: «Rasululloh (s.a.v.) boshlaridan suv tomchilab bomdod namoziga chiqardilar va ro‘zador bo‘lardilar».

Qayd etilgan


Laylo  09 Sentyabr 2006, 18:17:02

Abu Hanifa (r.a.) Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Salama (r.a.) bunday deydi: «Nabiy (s.a.v.) ramazonda ayollarini o‘par edilar».

Qayd etilgan


Laylo  09 Sentyabr 2006, 18:17:10

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Omir Sha’biydan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) ro‘zador bo‘lib, uning (Oisha onamizning (r.a.). - Tarj.) yuzlariga tegardilar, ya’ni o‘par edilar».

Qayd etilgan


Laylo  09 Sentyabr 2006, 18:17:19

Abu Hanifa (r.a.) Ziyoddan, u Amr ibn Maymundan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) ro‘za bo‘lganlarida o‘par edilar».

Qayd etilgan


Laylo  09 Sentyabr 2006, 18:17:26

Abu Hanifa (r.a.) Haysam ibn Hubayb Sayrafiydan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ramazon oyidan ikki kecha o‘tganda Madinadan Makkaga yo‘lga chiqdilar. Qudayd degan joyga yetganlarida kishilar ro‘zaning qiyinligidan shikoyat etishdi. Rasululloh (s.a.v.) ro‘zalarini ochdilar va Madinaga kelgunga qadar ro‘za tutmadilar».

Qayd etilgan


Laylo  09 Sentyabr 2006, 18:17:41

Abu Hanifa (r.a.) Muslimdan rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) ramazon oyida Makkaga borish uchun yo‘lga chiqdilar. Ro‘zador edilar. Odamlar ham ul zot bilan birga ro‘za tutishgan edi».
Bir rivoyatda quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Madinadan Makkaga ramazon oyida ro‘za tutib yo‘lga chiqdilar. Biroz yo‘l yurganlaridan so‘ng insonlar ro‘za mashaqqatidan shikoyat etishdi. Rasululloh (s.a.v.) ro‘zalarini ochdilar va Makkaga kelgungacha ro‘za tutmadilar».
Yana bir rivoyatda quyidagicha keladi: «Rasululloh (s.a.v.) ramazon oyida Makkaga borish uchun yo‘lga chiqdilar va ro‘za tutdilar. Sahobai kirom ham ro‘za tutdilar. Biroz yo‘l yurilgach, ba’zi musulmonlar ro‘za qiyinchiligidan shikoyat qildilar. Rasululloh (s.a.v.) suv so‘radilar va ro‘zalarini ochdilar. Musulmonlar ham ro‘zalarini ochdilar».

Qayd etilgan