Ro'za haqida hadislar  ( 131424 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 05:51:01

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalaridan birida masjidga chiqib namoz o‘qidilar. Janob Rasulullohga iqtido qilib, odamlar ham namoz o‘qishdi. Bu darhol odamlar orasida ovoza bo‘ldi. Ertasiga masjidga anchagina odam to‘planib, namoz o‘qishdi. Uchinchi kecha yana ham ko‘proq odam yig‘ilib, Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qishdi. To‘rtinchi kecha masjidga odam sig‘may ketdi. Janob Rasululloh bu gal kechasi chiqmadilar, faqat bomdod namoziga chiqdilar, Bomdoddan so‘ng, xutba tashahhudini o‘qib bo‘lgach, odamlarga qarab: «Meni sizlarning ko‘payib ketganligingiz cho‘chitgani yo‘q, balkim bul sizlarga farz bo‘lib qolib, bajara olmay qolg‘aymisizlar, deb qo‘rqg‘aydirmen»,- dedilar. Rasululloh vafot qilgunlaricha qayta bundoq namoz o‘qilmadi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 05:51:37

Abu Saliyma ibn Abdurrahmon Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o‘qir edilar? » - deb so‘radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Janob Rasululloh Ramazonda ham, boshqa vaqtda ham namozni o‘n bir rak’atdan oshirmas erdilar, avval to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning ham ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng tag‘in uch rak’at o‘qir erdilar. (Keyin o‘rinlariga yotardilar). Shunda men: «Yo Rasululloh, vitr o‘qimasdan uxlaydirsizmi?» - der erdim. Ul kishi: «Ey Oisha, ikkala ko‘zim uxlag‘aydir-u, qalbim uxlamas»,- deb javob qilar yrdilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 05:52:12

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

2-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida


Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir»,- deganlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 05:52:37

3-bob. Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida
kutingiz!


Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida bo‘lmog‘ini tushlarida ko‘rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda erkanlig‘iga muvofiq kelg‘aydir, deb o‘ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 05:53:01

Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni ertalab chiqib, bizga va’z qildilar, so‘nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq ko‘rsatildi, ammo uning qaysi kun bo‘lmog‘i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy joyda sajda qilayotgan ermishman, endi kimki paygambar birlan e’tikrfga o‘tirgan ersa, uyiga qaytsin!» -dedilar. Biz uyimizga yo‘l oldik. Osmonda hech qanday bulut yo‘q erdi. Ittifoqo, bir bulut paydo bo‘lib, shundoq yomg‘ir yog‘dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy tekkanini ko‘rdim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Oktyabr 2006, 06:55:56

4-bob. Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq
kunlarida kutmoq lozim


Oisha raziyallohu anxo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlari kutingiz, deb aytibdirlar»,- deydilar.

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirib, yigirmanchi kechani o‘tkazgach, e’tikofni tugatar erdilar. Keyin, yigirma birinchi kechani o‘tkazib, yana e’tikofga o‘tirar erdilar, boshqalar ham qaytib birga e’tikof qilishar erdi. Janob Rasululloh Ramazon oyida odatdagidek e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi kechani o‘tkazgach, tashqariga chiqdilar-da, odamlarga ta’z aytdilar, so‘ng ularga bir qancha yumushlarni buyurib: «Bu o‘n kunlikda e’tikof qildim, ammo menga oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikof qilmoq lozimligi ayon bo‘ldi, kimki Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikof qilgan ersa, e’tikofni davom ettirsin! Tushimda menga Laylat ul-Qadr (kechasi) bo‘ladirgan kun aniq tayinlandi, biroq ul yodimdan chiqib qoldi. Endi, uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy yerga sajda qilayotgan erkanman» ,— dedilar. Shul kecha yomg‘ir yog‘di, masjid tomidan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiydirgan yerlariga chakka o‘tib, loy bo‘lib ketdi. Keyin, Ramazonning yigirma birinchi kechasi Janob Rasulullohning bomdod o‘qib qaytayotganlarida muborak yuzlariga loy tekkanini ko‘rdim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Oktyabr 2006, 06:56:28

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qadr Kechasini kutingiz!» deb aytdilar»,-deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirardilar va «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida, ro‘zaning to‘qqiz kuni qolganda yokim yetti kuni qolganda yohud besh kuni qolganda kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadr oxirgi o‘n kunlikda - yigirma to‘qqizda, yigirma yettida bo‘lg‘aydir»,- dedilar»,- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Laylat ul-Qadrni to‘rtinchi kecha kutingiz!» degan hadisni ham aytganlar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Oktyabr 2006, 06:56:54

5-bob. Laylat ul-Qadr tayin qilingan kunning, kishilar janjallashib qolganligi sababli, yoddan ko‘tarilganligi haqida

Uboda ibn as-Somiy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadr qaysi kuni bo‘lmog‘ini xabar qilmoq uchun chiqdilar. Yo‘lda ikki musulmonning janjallashayotganini ko‘rib, o‘shal kun yodlaridan chiqib qoldi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Men sizlarga Laylat ul-Qadr bo‘ladirgan kunni xabar qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, biroq yo‘lda falonchi birlan pistonchining janjallashayotganini ko‘rib, yodimdan ko‘tarilib ketdi, Qadr Kechasini Ramazonning yigirma to‘qqiz yokim yigirma yetti yoki yigirma beshinchi kunlarida kutingiz!» - dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Oktyabr 2006, 06:57:14

6-bob. Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ibodat qilmoqqa qattiq
kirishmoq lozimligi haqida


Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kelsa, ahllari ila aloqa qilmoqdan uzoqlashar erdilar, kechalari uxlamas erdilar va uydagilarni ham ibodat qilmoqqa uyg‘otar erdilar»,-deydilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Oktyabr 2006, 15:21:50

Rasululloh s.a..v dedilar:"Jannatning Rayon nomli darvozasi bor Qiyomat kuni:"Ro'zadorlar qayerda?"deyiladi va ular kirganlarida shu darvoza yopiladi".
Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.

Qayd etilgan