Ro'za haqida hadislar  ( 131745 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 22 B


Muslima_subh  10 Sentyabr 2006, 23:22:43

ShA’BON OYIDA RO’ZA TUTISh
Oisha onamizdan (raziyallohu anho) rivoyat etiladi:
«Allohning Rasuli (sallalohu alayhi vasallam) ro’zani shunchalik maromiga yetkazib tutar edilarki, biz hatto u kishi har doim ro’zador bulsalar kerak derdik. Ro’za tutmagan paytlarida esa endi sira ro’za tutmasalar kerak deb o’ylardik. Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to’liq ro’za tutganlarini ko’rmadim. Sha’bon oyidan boshqa oylarda dam to’liq ro’za tutganlarini ko’rmadim».
Rasululloh sallalohu alayhi vasallam Sha’bon oyining fazilati haqida shunday deganlar:
«Ushbu oy Rajab bilan Ramazon o’rtasidagi oydir».
«Sha’bon oyida tutilgan ro’za Ramazon oyiga ta’zimdir».
«Oylarning sevimlisi Ramazon oyiga bog’liq Sha’bon oyidir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Sentyabr 2006, 08:04:28

Alloh (ramazon) ro`zasini farz qildi. Men esa musulmonlarga (uning kechasini ibodat bilan) bedor (o`tkazishni) sunnat qildim. Kim iymon va savob umidida ramazon ro`zasini tutsa va (kechalarini ibodat bilan) bedor o`tkazsa, onadan tug`ilgan kundagidek tozalanadi. (Imom Nasaiy rivoyati)

Qayd etilgan


Laylo  11 Sentyabr 2006, 19:12:27

Abu Hanifa (r.a.) Adiydan, u Abu Hozimdan, u Abu Sha’soiydan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) visol ro‘zasi (iftor qilmay, peshma-pesh ro‘za tutishni) va sukut ro‘zasidan qaytardilar». Sukut ro‘zasi ibodat qasdi ila gapirmaslikdir.

Qayd etilgan


Laylo  11 Sentyabr 2006, 19:12:36

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Yahyodan, u Muhojirdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) sukut ro‘zasini va visol ro‘zasini ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:42:05

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quza’adan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) uch kun ro‘zasidan qaytardilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:42:12

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quza’adan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) shak kunida ro‘za tutishni ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:42:19

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Men johiliyat davrida Masjidi Haromda e’tikof o‘tirishni nazr qilgandim. Musulmon bo‘lganimda Rasulullohdan (s.a.v.) «E’tikof o‘tirishim kerakmi?» deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.): «Nazringni ado et», deya marhamat qildilar», deganlarini aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:41:06

Oyni yangi chiqqanda yoki keyin ko’rganda aytiladigan zikrlar

473/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan  oyni ko’rsalar:

«Allohumma ahillahu ‘alayna bilyumni val iymani vassalamati val islam. Robbiy va Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, bizga bu oyni barakotli, iymon, salomatlik va islom oyi qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham, seni rabbing ham Allohdir.) Doramiy va Termiziy rivoyatlari

"Al-Azkor"dan

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:41:51

474/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko’rsalar:

«Allohu akbar, Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymani vassalamatu val islami vattavfiqi lima tuhibbu va tarzo. Robbuna va Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, ey Rabbim, bizga bu oyni omonlik, iymon, salomatlik, islom, tavfiq, O’zing yaxshi ko’radigan va rozi bo’ladigan oy qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham, seni rabbing ham Allohdir.) Doramiy  rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:42:06

475/3. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yangi oyni ko’rsalar:

«Hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin. Amantu billahillaziy xolaqoka», deb uch marta aytar, so’ngra:

«Alhamdu lillahillaziy zahaba bishshahri kaza va ja`a bishshahri kaza», der edilar. (Ma’nosi: Yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi. Seni xalq qilgan Allohga iymon keltirdim. U oyni ketkazib, bu oyni keltirgan Allohga hamd bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari

Qayd etilgan