Ro'za haqida hadislar  ( 90098 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 22 B


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:42:37

Oyni ko’rganda aytiladigan duolar

476/4. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oy chiqqanida, mening qo’limdan ushlab: «Zulmatga cho’mgan kechaning yomonligidan Allohdan panoh so’ra», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:43:08

477/5. Zayyod Nomiyriy (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rajab oyi kelsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma barik lana fiy rajab va sha’bana va ballig’na romazona», deb aytardilar», deyiladi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizga rajab va sha’bon oyida baraka ato ayla va bizni ramazonga yetkaz.) «Hulyatul avliyo»da zaif isnod ila rivoyat qilingan

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:43:30

Ro’zada aytiladigan mustahab zikrlar

478/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro’za shahvatlardan to’suvchidir, agar birortangiz ro’za tutadigan bo’lsa, noloyiq so’zlarni aytib, johillik qilmasin, biror kishi urushib yoki so’kadigan bo’lsa, men ro’zadorman, deb ikki marta aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:43:38

479/2. Yana Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishining duosi  rad etilmaydi. Ular: Ro’zadorning og’zini ochgunicha qilgan duosi, odil imomning duosi, mazlumning duosi». Termiziy va Ibn Moja  rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:44:11

Iftor paytida aytiladigan duolar

480/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar og’izlarini ochsalar: «Zahaba az-zamau vabtallatil uruqu va sabatal ajru inshaallohu ta’ala», deb aytardilar». (Ma’nosi: Chanqoqlik ketib, tomirlar ho’llanib, Xudo xohlasa, ajr sobit bo’ldi.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:44:21

481/2. Muoz ibn Zuhra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar:

«Allohumma laka sumtu va ‘ala rizqika aftortu», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, Sen uchun ro’za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim.) Abu Dovud mursal holatda rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:44:48

482/3. Muoz ibn Zuhradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar iftor qilsalar:

«Alhamdu lillahillaziy a’ananiy fasumtu va rozaqoniy faaftortu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohga hamd bo’lsin. U menga yordam berdi, ro’za tutdim, menga rizq berdi, iftor qildim.) Ibn Sunniy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:45:02

483/4. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar:

«Allohumma laka sumna va ‘ala rizqika aftorna, fataqobbal minna innaka antas sami’ul ‘aliym», deb aytardilar». (Ma’nosi: Ey Rabbimiz, Sen uchun ro’za tutdik va Sen bergan rizq bilan iftor qildik. Bizdan qabul et. Albatta, Sen bilguvchi va eshitguvchi zotsan.) Ibn Sunniy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:45:18

484/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro’zadorning iftor paytida qilgan duosi rad qilinmaydi», dedilar.
Ibn Abu Mulayka: «Abdulloh ibn Amr iftor qilsalar:

«Allohumma inniy as`aluka birohmatika allatiy vasi’at kulla shay`in an tag’firo  liy», deb aytardilar», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, har bir narsada keng qilib qo’ygan rahmatingni so’rayman, meni mag’firat ayla.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:46:19

Biror qavmning huzurida iftor qilganda aytiladigan zikrlar

485/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog’ qo’ydi. Rasululloh sollallohu alyhi vasallam ulardan tanovul qilib, so’ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroro va sollat ‘alaykum al-malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro’zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi. Va farishtalar sizlarga salovot aytishdi.) Abu Dovud rivoyatlari

Qayd etilgan