Ro'za haqida hadislar  ( 131418 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 22 B


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:46:33

486/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror qavm huzurida iftor qilib, og’izlarini ochsalar: «Aftoro ‘indakumus soimun», deb yuqoridagi duoni oxirigacha aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  26 Sentyabr 2006, 06:47:03

Laylatul qadrda aytiladigan duo

487/1. Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, agar Laylatul qadr ekanini bilsam, nima deb aytaman», deb so’radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma innaka ‘afuvvun, tuhibbul ‘afva fa’fu ‘anniy», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko’rasan. Meni afv et.) Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari

Ulamolar Qadr kechasida mana shu duoni o’qishni, Qur’on tilovat qilishni va boshqa duo-zikrlarni ko’p aytishni mustahab deyishgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  26 Sentyabr 2006, 07:18:07

Mashaallah!
Jazaakallah! Alloh rozi bo'lsin!

Rasululloh s.a.v. aytadilar: Sizlarga muborak ramazan oyi keldi. Alloh uning ro‘zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko‘p narsadan) mahrum bo‘libdi.
Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:23:42

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Har bir ro‘zador bandaning iftori oldidan ijobat qilinadigan duosi bordir. (U) yo shu dunyoda beriladi yoki oxiratga saqlab qo‘yiladi, dedilar».
Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:24:21

Alloh (ramazon) ro`zasini farz qildi. Men esa musulmonlarga (uning kechasini ibodat bilan) bedor (o`tkazishni) sunnat qildim. Kim iymon va savob umidida ramazon ro`zasini tutsa va (kechalarini ibodat bilan) bedor o`tkazsa, onadan tug`ilgan kundagidek tozalanadi.
(Imom Nasaiy rivoyati)

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:24:45

Ro'za - sabrning yarmidir (Termiziy rivoyati),
Sabr - iymonning yarmi. (Abu Na'im va Bag'dodiy rivoyati).

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:25:02

Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, ro'zador og'zining hidi Alloh nazdida mushk hididan hushbo'yroqdir. Alloh azza va jalla aytadi: "Shaxvatingni, taomingni, sharobingni Mening uchun tark et. Ro'za Men uchun va uning mukofotini O'zim beraman".
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:25:22

Jannatning bir eshigi bor. U Rayyon deyiladi. Undan faqat ro'zadorlar kiradilar. Ro'zaning mukofoti uchun ularga Alloh taolo bilan uchrashuv va'da qilingan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:25:38

Ro'zadorga ikki xursandchilik bordir: og'zi ochish paytidagi xursandchilik; rabbisiga yo'liqqan paytdagi xursandchilik.
Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:26:05

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: "œOdam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».
Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.

Qayd etilgan