RO’ZA KITOBI
Imom Ismoil al-Buxoriy — Al-jome’ as-sahihdan
1-bob. Ramazonda ro‘za tutmoqning farz ekanligi haqidaBu xususda Olloh taolo bunday deydir:
«Ey mo‘minlar! Sizlardan avval o‘tgan bandalarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham ro‘za tutmoq farz qiling‘aydir. Shoyadki, sizlar taqvo qilsangizlar!»Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to‘zigan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh: «Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo‘shimcha tarzda xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o‘qimog‘ing mumkin».- deb javob berdilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro‘zani farz qilgan?»- deb so‘radi. «Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda bir oz nafl ro‘za tutmog‘ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so‘radi: «Xabar beringiz, Olloh menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni ko‘paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida mustahkam bo‘lsa, najot topg‘usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— dedilar Janob Rasululloh».