Umumiy bo'lim > Ro'za

Ro'za haqida hadislar

<< < (2/44) > >>

Laylo:
Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Qaysi bir mo‘min bir kun och qolsa, haromlardan saqlansa va musulmonlar molini nohaq yemasa, Alloh taolo unga jannat mevalarini yediradi», deb marhamat qildilar».

Laylo:
Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u otasidan, u Hamid ibn Abdurahmon Himyariydan rivoyat qiladi. Himyariy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) Ashuro kuni ashoblaridan bir odamga: «Qavmingga ayt, bugun ro‘za tutsinlar», dedilar. Haligi odam: «Ular ovqatlanib qo‘ydilar», degan edi, Rasuli akram: «Ular ovqatlangan bo‘lsalar ham», deya marhamat qildilar».

Laylo:
Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Muso ibn Talhadan, u Ibn Hutokiyadan, u hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) quyon olib keldi. Ul zot (s.a.v.) sahobalariga buyurdilar, ular ham yeyishdi. Quyonni keltirgan kishiga:
- Nega sen o‘zing yemayapsan? - dedilar.
- Men ro‘zadorman, - dedi haligi odam.
- Qanaqa ro‘za tutgansan? - so‘radilar Rasuli akram (s.a.v.).
- Nafl ro‘za.
- Ayyyomi Biyzda (hijriy oylarning o‘rtalarida) ro‘za tutmaysanmi? - deya marhamat qildilar Rasululloh (s.a.v.)».

Laylo:
Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Bilol tunda azon aytadi. Ibn Maktum azon aytganicha yeb-ichingiz. Ibn Maktum namoz (vaqti)ning kirganida azon aytadi», dedilar».

Laylo:
Abu Hanifa (r.a.) Abu Suvordan, (u Abu Suro deb ham nomlangan yoki u Sulamiydir), u Abu Hojibdan, u Ibn Abbosdan rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) ro‘zador holda Kahota deyilgan joyda (Makka bilan Madina orasidagi makonda) qon oldirdilar».
Bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) Kahota deyilgan joyda ro‘zador va ehromda bo‘lganlarida qon oldirdilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda: «Nabiy (s.a.v.) qon oldirdilar va qon olgan kishiga uning haqini berdilar. Agar bu yomon bo‘lganda bermas edilar», deyilgan.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version