Ro'za haqida hadislar  ( 131767 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 22 B


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:39:16

8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa «Men ro‘zadorman», deb aytadirmi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Olloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen»,- deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan keladirgan bo‘y Ollohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lur, biri - og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro‘za tutib, yorug‘ yuz birlan Ollohga yo‘liqqanda!»

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:40:00

9-bob. Zino qilmoqdan qo‘rqqan kishining ro‘za tutmoqligi haqida

Alqama rivoyat qiladirlar: «Men Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga ketayotgan erdim. Shunda Abdulloh: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bo‘lganimizda, ul Janob: «Kimki uylanmoqqa qodir bo‘lsa, uylansin, chunkim uylanmoq kishi ko‘zini nomahram ayollarga qaramoqdan, uni noshar’iy jinsiy aloqa qilmoqdan saqlag‘aydir. Agarda kimki uylanmoqqa qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunkim ro‘za ro‘zadorning shahvatini (ayolga bo‘lgan rag‘batini) kesguvchidir!» - dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:40:49

10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ramazon oyida yangi oy
chiqqach (ko‘ringach), ro‘za tutingiz, Shavvol oyida yangi oy chiqqach, ro‘za
tutishni bas qilingiz!» deganlari haqida


Sila raziyallohu anhu: «Kimki shak kuni ro‘za tutsa, Abu-l-Qosim (Janob Rasulullohni shunday deb ham atashar erdi) sallallohu alayhi va sallam oldilarida osiy bo‘libdir!» - deganlar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon haqida bunday deganlar: «Ramazon oyida yangi oy chiqqanini ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmangiz, Shavvol oyida ham yangi oy chiqqanini ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmoqni to‘xtatmangiz. Agar bulut oyni to‘sib turgan bo‘lsa, Sha’bon va Ramazon oylarini to‘liq o‘ttiz kun, deb hisoblangiz».

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:41:31

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deydirlar: «Sha’bon oyi yigirma to‘qqiz kun, lekin Ramazonda yangi oy chiqmaguncha ro‘za tutmangiz, agar bulut oyni to‘sgan bo‘lsa, Sha’bon oyini o‘ttiz kun qilib to‘ldirib, keyin ro‘za tutishni boshlangiz».

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:42:07

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tepamizda turgan oy», deb ko‘rsatdilar-da, mana bunday, mana bunday qilib, ikki muborak qo‘llarining barmoqlarini yozib, ikki bor ishora qildilar, bu ersa yigirma sonini bildirg‘aydir. Keyin, boshmoldoqlarini tik qilib, ikkinchi qo‘llarining kafti birlan uni olib tashlagandek harakat qildilar, bu ersa, to‘qqizni bildirg‘aydir, jami yigirma to‘qqiz bo‘lur».

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:43:17

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar (Shariatda bunday qasam bor, uning nomi «iylo» deyilur). Yigirma to‘qqiz kun o‘tgandan so‘ng, ayollari oldiga kirdilar. Shunda, ul kishidan: «Siz bir oy kirmag‘ayman, deb qasam ichgan erdingiz-ku!» - deb so‘raganimda, «Tepamizdagi oy yigirma to‘qqiz kundir»,- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:45:12

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar, o‘sha paytda muborak oyoqlari chiqqan erdi. Bir xonada yigirma to‘qqiz kun turdilar, so‘ng xonadan chiqib, ayollari oldilariga kirganlarida, «Yo Rasululloh, bir oy yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichgan erdingiz-ku!» — deb aytishdi. Shunda, Rasululloh: «Bu oy yigirma to‘qqiz kundir»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  08 Oktyabr 2006, 17:16:17

11-bob. Ikkala hayit oylarining kunlari teng bo‘ladir

Imom Buxoriy: «Basharti ikkala hayit oylarining kunlari (o‘ttiz kundan) kam bo‘lganda ham, savobi to‘liqdir, ikkala oy ham baravariga kam kelmog‘i mumkin ermas!» — deydirlar.

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki oy bir xil, ular o‘ttiz kundan kam bo‘lmag‘aydir, biri — Ramazon oyi, ikkinchisi — Zulhijja oyidir»,— deydirlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  08 Oktyabr 2006, 17:16:39

12-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz yozmag‘aymiz ham, hisoblamag‘aymiz ham», deganlari haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘pchiligimiz ummiy (o‘qimoq va yozmoqni bilmaydirgan) jamoadirmiz. Shul sababdan, biz arab jamoasi yozmoqni ham, yulduzlarga qarab hisoblamoqni ham va ularning qay tartibda harakat qilmog‘ini ham bilmasmiz, buning o‘rniga qiladirgan ibodatlarimizning vaqtlarini shundoq aniq va ko‘zga ko‘rinadirgan qilib belgiladikkim, bu belgilarni bilishda va hisob-kitob qilishda ummiylar ham, boshqalar ham birdir»,— deb, ikki muborak qo‘llarining barmoqlari ila mana bunday va mana bunday qilib, bir gal yigirma to‘qqiz va bir gal o‘ttiz raqamini ko‘rsatdilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  08 Oktyabr 2006, 17:17:11

13-bob. Ro‘zani, har ehtimolga qarshi, bir-ikki kun ilgari tutmaslik haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam: «Hech kim ehtiyot yuzasidan Ramazondan bir yokim ikki kun ilgari ro‘za tutmasin, ro‘zani Ramazonda yangi oy chiqqanini ko‘rib, so‘ng tutsin, ammo haftaning ma’lum kunlari doimo nafl ro‘za tutib yurgan odam ro‘zasi Ramazonning dastlabki kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, tuta bersin»,— deb aytganlar».

Qayd etilgan