Immunitet  ( 17445 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  01 Yanvar 2008, 02:18:35

Immunitet
Yuqumli kasalliklar
Odam organizmiga kasallik qo'zg'atuvchi turli (patogen) mik¬roblar, viruslar, zamburug'lar va boshqalar kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar - yuqumli kasalliklar deb ataladi. Yuqumli kasalliklarni mikroblar qo'zg'atishi fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) tomonidan aniqlangan. Hozir mikroblaming 1500 ga yaqin, viruslarning 100 dan ortiq turlari ma'lum. Ular tuproqda, suvda, ,havoda keng tarqalgan bo'lib, ko'p turlari ma'lum sharoitdaodamda har xil yuqumli kasalliklarni qo'zg'atadi.
Mikroblar va viruslar odam organizmiga turli yo'l bilan: - havo-nafas organlari orqali;
- oziq-ovqat, suv, meva, sabzavotlar, yuvilmagan idish-tovoq qo'lni yuvmasdan ovqatlanganda hazm organlariga kiradi;
- teri orqali, ya'ni teri qirilganda, kesilganda, kuyganda jarohatlangan joyga mikroblar tushib, qon orqali organizmga tar¬qaladi; - jinsiy aloqa orqali;
- kasal odamning qoni yoki qon plazmasi bemorga quyil ganda;
- yaxshilab sterillanmagan shprits bilan ukol qilinganda;
- kasal hayvon va parrandalar mahsuloti (go'sht, sut, tuxum) ni yaxshi pishirrnasdan iste'mol qilinganda;
- quturgan it, mushuk, sichqon, qoramollarning tishlashi, so'lagi orqali;
- kasallangan hasharotlar (burga, bit, kana, chivin kabilar) chaqqanda kirishi mumkin.
Organizmning himoyalanish xususiyatlari. Odam organizmi mikroblar, viruslar va kasallik qo'zg'atuvchi boshqa parazit larda o'zini himoya qilish xususiyatiga ega. O'zini himoya qilish usullari bir necha xiI bo'lib, ular quyidagilardan iborat. Organizm o'zini himoya qilishining birinchi. bosqichi teri, burun, nafas yo'llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq pardasi hisoblanadi. Teri tashqi mUhitning. noqulay ta'sirlaridan, mikroblar,viruslar va parazitlarni organizmga kirishidan saqlaydi. Ammo teri kirlansa,uning himoya funktsiyasi buziladi. Bundan tashqari, shilinish, timdalanish,kesilish kabi jarohatlanisWar ham terining himoya funktsiyasiga zarar yetkazadi.Jarohatlangan joyda rnikroblar yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Shuning uchun bu joy qizaradi, shishadi va yiringlaydi. Ba'zida esa jarohatda ko'paygan mikroblar qonga o'tib, butun tanaga tarqaladi va sepsis kasalligi yuzaga keladi. Bunda bemor tanasining harorati ko'tariladi, boshi og'riydi, jigari, buyraklari, yuragi va miyasi mikroblar ta'sirida yaIlig'lanishi tufayli uning umumiy ahvoli og'irlashadi. Shuning uchun teri doimo toza bo'lishi, jarohatlanmasIigi va mabodo yengil shikastlansa, darhol unga yod yoki brilliant yashili surtish hamda shifokorga murojaat qihsh kerak.
Nafas yo'llari (burun, hiqildoq, traxeya, bronxlar) ichini qoplagan shilliq parda mikroblar va viruslarni ichki to'qimalarga, qonga o'tkazmay, himoya vazifasini bajaradi. Bu shilliq pardalardagi mayda tukchalar havo bilan kirgan mikroblarni tutib qoladi.
Og'iz bo'shlig`idagi so'lak, oshqozon va ichaklar shirasi mik¬roblarni kuchsizlantirish, eritib yuborish xususiyatiga ega bo'Iib, ular ham organizmni himoya qiIish vazifasini bajaradi.
Organizm himoyalanishining ikkinchi bosqichida qonning leykotsitlari (oq qon tanachalari) xizmat qiladi. Yuqdrida aytilganidek, leykotsitlar odam tanasiga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuborish xususiyatiga ega. Bu fagotsitoz deb ataladi. Bu hodisani 1893-yiJda rus oIimi I. I. Mechnikov (1845-1916) ixtiro etgan.
Leykotsitlarning organizmni yuqumli kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblardan himoya qilish xususiyati ana shundan ham yaqqol ko'rinib turibdiki, yuqumli kasalliklar bilan xastalangan bemorlar qonida leykotsitlarning soni ko'payadi, ya'ni normada 6-8 ming bo'lsa, kasaIlikda 10-12 mingga yetadi va undan ham oshishi mumkin. Bu hodisa organizm mikroblarga qarshi kurashish va kasaUiklardan qutulish uchun o'zini himoya qilish imkoniyatlarini safarbar qilganligini ko'rsatadi. Organizmning yuqumIi kasalliklardan himoyalanishininr, uchin chi bosqichi antitelalar va antitoksinlar ishlab chi qarilishi hisoblanadi. Bular organizmning maxsus to'qimalarida ishlab chiqariladi. Antitelalar organizmga kirgan mikroblarni birbiriga yopishtirib, eritib yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab neytrallaydi. Odam organizmining antitela va antitoksinlar ishlab chiqarish va ular orqaIi yuqumli kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o'zini himoya qilish xususiyati immunitet deb ataladi.Ikki xil, ya'ni tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Tug'ma immunitet onadan bolaga o'tadi. Lekin u doimiy bo'lmaydi va bolaning bitinchi yoshidayoq o'z kuchini yo'qotadi. Odamning hayoti davomida orttirilgan, ya'ni uning o'z organizmida ishlab chiqarilgan immunitet (antitela va antitoksinlar) o'z navbatida ikki xii bo'ladi: tabiiy va sun'iy immunitet. Tabiiy immunitet odam biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun ba'zi yuqumli kasalliklar bilan odam faqat bir marta kasallanadi, ya'ni birinchi marta kasallanish davrida uning organizmida bu kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob yoki virusga qarshi immunitet hosil bo'ladi. Bu immuriitet uning butun umri davomida saqlanadi. Masalan, qizamiq, tepki, chechak, bo'g'ma, ko'kyo'tal kabi yuqumli kasalliklar bilan odam faqat bir marta kasallanadi. Sun'iy immunitet sog'lom odamni emlash natijasida uning organizmida hosil qilinadi. Emlash uchun maxsus laboratoriyalarda kasaIlik qo'zg'atuvchi mikroblar va viruslarni kuchsizlantirish yo'li bilan vaktsinalar tayyorlanadi. Bu vakcinalar bilan emlash natijasida ular tarkibidagi kuchsizlantirilgan mikroblar yoki viruslarga qarshi organizmda immunitet (antitelalar va antitoksinlar) hosil bo'ladi. Shuning uchun emlangan odam organizmiga bu kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob yoki virus kir¬ganda ham u kasallanmaydi. Hozirgi vaqtda bolalar va o'smirlar sil, poliomielit (bolalar falaji), bo'g'ma, ko'kyo'tal, qoqshol, qizamiq, tepki kasalliklariga qarshi emlanadi. Bulardan tashqari, zaruriyat tug'ilganda ich terlama, qora chechak, vabo va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ham emlanadi. Yuqorida aytilgan tabiiy va sun'iy immunitet organizmning o'zida ish lab chiqariladi, shuning uchun ular fool immunitet deb ataladi. Bulardan tashqari, passiv immunitet ham bo'ladi. Emlash yo'li bi1an ba'zi sog'lom donorlarda ayrim kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblar va ulaming zaharIi moddalariga qarshi immunitet hosil qilinadi. Ularning qonida antitelalar va antitoksinlar ko'p miqdorda bo'ladi. Bu donorlarning qoni yoki uning zardobi tarkibidagi tayyor holdagi antitela va antitoksinlar boshqa odam organizmiga yuborilsa, uning uchun bu passiv immunitet bo'lib hisoblanadi. Ba'zj og'ir kasallangan bemorlarni davolash maqsadida ana shunday usuldan foydalaniladi. Yuqumli kasalliklarni mikroblar keltirib chiqarishini birinchi bo'lib fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) aniqlagan. U 1879-yilda tovuqlarda vabo kasaIligini qo'zg'atuvchi mikroblami aniqlab, shu mikroblarni kuchsizlantirilgan holda tovuqlar tanasiga yuborib, ulami kasallikdan saqlash chorasini topgan. Shunday qilib, Paster yuqumli kasalliklardan saqlanishda emJash usulini yaratgan.
Mashhur rus olimi I. 1. Mechnikov Rossiyada birinchi bo'lib quturish, kuydirgi va boshqa kasallikJarning oldini olish uchun vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo'llagan. O'sha davrdagi amaldoriar Mechnikov ilmiy ishlarining mohiyatini to'g'ri tushunmasdan, uni tazyiq ostiga olganlar. U Lui Pasterga yordam so'rab murojaat qiladi. 1887-yilda Mechnikov Parijga boradi va Lui Pastel tashkil qilgan institutda 28 yil davomida immunitet sohasida ilmiy ish olib boradi. Paster vafotidan keyin uning institutiga rahbarlik qiladi. Fagotsitoz, immunitet sohasidagi ilmiy ishlari uchun 1908-yilda unga Nobel mukofoti berilgan. OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi), ruscha nomi SPID (sindrom. priobretennogo immunnogo defitsita) hozirgi vaqtda jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan eng xavfli xastalikdir. OITS birinchi marta 1981-yilda AQSHda ro'yxatga olingan. Kasallikning qo'zg'atuvchisi VICH (virus immunodefitsita cheloveka, o'zbekcha odamda immunitet tanqisligi virusi) deyilib, uni 983-yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan. VlCH sog' odamga OITS bilan xastalangan bemordan hamda
tanasida shu virusni tashib yuruvchi, ya'ni hozircha o'zida kasallik belgilari yuzaga kelib ulgurmagan odamdan yuqadi. Yuqish yo'llari: jinsiy aloqa, o'pishish, tishlash, sterillanmagan shprits, igna, stomologiya, ginekologiya, jarrohlik asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon zardobini qo'llash.
Virus sog' odamga yuqqanidan to kasallik belgilari paydo bo'lgungacha davr infeksiyaning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davrda viruslar odam tanasidagi limfa tugunlariga joylashadi. So'ngra oq qon tanachalari bo'lmish limfotsitlar ichiga kirib qon orqali tana bo'ylab tarqaladi. Ma'lumki, limfotsitlar odam organizmining immunitet, ya'ni mikroblar va viruslardan himoyaIanish qobiliyatini ta'minlaydi. OITSni qo'zg'atuvchi viruslar (VICH) limfotsitlarni zararlab, kuchsizlantirib, yemirib, sonini kamaytirib organizmning immunitet qobiliyati kuchsizlanishiga, hatto butunlay yo'qolishiga olib keladi. Natijada OITS kasalligi belgilari paydo bo'ladi. VICH-infeksiyani, yashirin davri10 yilgacha va undan ko'p bo'lishi mumkin. Bu davrda o'ziga virusni yuqtirib olgan odam o'zidagi viruslarni boshqalarga yuqtirib yurishi mumkin. Maxsus tekshiruvdan o'tmaguncha o'ziga virus yuqtirib olganligini mazkur odamning o'zi bilmasligi mumkin.
OITS ning belgilari. Jag' osti, bo'yin, qo'ltiq osti, chov sohasidagi, nafas yo'llari (bronxlar) va ichaklar atrofidagi limfa tugunlari kattalashadi. Terida yiringli yaralar paydo bo'ladi, vaqti-vaqti bilan tan a harorati ko'tariladi. VICH-infeksiya immunitet tanqisligini vujudga keltirgani sababli OITS bilan kasallangan bemor angina, gripp, sil (tuberkulyoz), pnevmoniya, salmonellyoz, sepsis kabi kasalliklarga tez beriluvchan bo'ladi va shu kasalliklar tufayli hayotdan ko'z yumadi.
      
       
    OITS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli bemor qo'l-oyoqlaridagi nerv tolalari bo'ylab og'riq seziladi. Ba'zi bemoriarda qo'l-oyoq falaji, xotiraning va aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi hollari kuzatiladi.
Hozirgi kunda OITS ni davolash, unga qarshi emlash usullari ishJab chiqilmagan. Shu bois bu havf1i kasallikdan saqlanishning asosiy chorasi sog'lom turmush tarziga rioya qilish, ya'ni yuqorida aytib o'tilgan virus yuqishi yo'llarini bilish va uni yuqtirmaslik chorasini ko'rish zarur.
1 -dekabr - Umumjahon SPID ga qarshi kurash kuni, deb e'lon qilingan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2000-yilning oxirida dunyo bo'yicha VICH (OITS) ni o'ziga yuqtirib olgan odamlar soni 50 millionga yetgan, 16,3 million kishi vafot etgan. O'zbekistonda kasallikni yuqtirib olganlar soni 190 kishini tashkil etgan, ulardan 14 nafari hayotdan ko'z yumgan

Qayd etilgan


Soliha  10 Fevral 2008, 22:23:44

bundan tashqari immmunitetni kuchsizlanish hollari quyidagi hollarda kuzatiladi:
-sovqotganda
-och qolganda
-kuchli stress hollarida
-qattiq charchash (uyqusizlik va b.)
eng oddiy himoya aksirishdir. inson aksirganda yuqori respirator sistemaga (burun, halqum, og'iz bo'shlig'i)tushgan mikroblar tashqariga so'lak orqali chiqib ketadi. ya'ni organizm o'zini mikroorganizmlardan halos qilishga urinadi.
 

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 11:08:41


Biz asosan kuzda ko'p kasal bo'lamiz - aksiramiz va yo'talamiz. Organizm tajovuzkor atrof-muhitga qarshi kurashishdan charchaydi. Immunitet - bizning tansoqchimiz, u bizni ko'pgina ko'ngilsizliklar va balo-qazolardan dadil himoya qiladi. U tunu-kun tinimsiz bakteriya va viruslar bilan kurashadi, organizmdan toksinlarni olib chiqadi va begona hujayralarni yo'q qiladi.

Kimningdir bolalikdanoq immunitet bilan omadi chopadi. Immunitet faolligining ilk susayish belgilari - tez toliqib qolish, surunkali charchoq hissi, seruyqulik yoki, aksincha, uyqusizlik, bosh og'rig'i, mushak va suyaklardagi zirqiragan og'riq.

Keyingi bosqich - oxiri ko'rinmaydigan "betobliklar", birorta infektsiya yoki virus sizni chetlab o'tmaydi. Lablardagi gerpes organizmingizda buzilishlar borligidan va tezkor choralar ko'rish lozimligidan dalolat beradi. Oxirgi bosqich - bir to'plam surunkali xastaliklar va asoratlar.

Immunitet pasayishiga olib keladigan sabablar

1. Stress vaziyatlar, ayniqsa juda kuchli kechadigan yoki tez-tez takrorlanadigan holatlar.
2. Organizmning shlaklarga to'lib ketishiga olib keluvchi haddan tashqari ko'p va ortiqcha ovqatlanish.
3. Immun tizimini antibiotiklar bilan almashtirishga intilish oqibatlari.
4. Inson atrofidagi muhitni ifloslantiruvchi turli-tuman kimyoviy (immunitetni susaytiruvchi xususiyatga ega) moddalarning keng qo'llanilishi.
5. Geopatogen va texnopatogen zonalar, ayniqsa ionlashtiruvchi nur (elektron-nurli pushka qo'llanilgan televizor ekranlari) va yuqori chastotali elektromagnit maydonlari bilan ta'sir qiladigan zonalar.
6. Limfa to'qimalarining faoliyatini zaiflashtiradigan dori vositalari bilan noto'g'ri davolanish.
7. Og'ir jarohatlar va jarrohlik operatsiyalari.

Immunitetni qanday ko'tarish mumkin?

Har kuni iloji boricha yaxshilab uyquga to'yib oling - ideal holatda uyqu qattiq va davomiy bo'lishi kerak. Stress - immunitetning eng asosiy dushmani, xavotirlarni o'zingizdan uzoqroqqa quving va asabiylashmang.

Agar asabiylashmaslikning iloji bo'lmasa, giyohlardan tayyorlangan tinchlantiruvchi damlamalarni qabul qilishni boshlang. Albatta, immunitetni mustahkamlashni ovqatlanishdan boshlash kerak.

Iloji boricha badantarbiya bilan shug'ullaning. Kuniga yarim soat tabiat qo'ynida sayr qiling. Imkoni bo'lsa, basseynga borishni odat qiling. Tanangizni chiniqtirishda davom eting. Faol harakat immun tizimning salohiyatini oshiradi.

Immunitetni ko'taruvchi vitaminlar

Yangi uzilgan meva va sabzavotlar, yangi siqilgan sharbatlar vitaminlarning asosiy manbai hisoblanadi. Ammo kuz va qishda muntazam ravishda vitaminli komplekslarni qabul qilishni ham unutmang. Ularni organizmning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlash zarur. Asosiy e'tiborni S vitaminiga qarating. Bir sutkalik S vitamini dozasiga ega oddiy askorbinka yoki tez eriydigan pishillovchi tabletkalar sizni shamollashdan himoya qiladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Oktyabr 2010, 16:00:45

Assalom alekum. Immunitetni ko'tarishda eng yaxshi yordam beradigan narsa bu namatak choyi bo'lsa kerak, chunki uning tarkibida C vitamini juda ko'p,yana  namatak choyi judayam hushtam bo'ladi. Kun davomida 3 mahal namatak choyidan ichsangiz ancha muncha kasalliklardan o'zingizni asraysiz.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  18 Oktyabr 2010, 23:36:34

Иммунитет нима сзи?
Ким айта олади? Шу нарса борми? Бор бслса инсон организмининг қаерида жойлашган? Аима вазифа бажаради? Аниқ далиллари билан ёзингларчи.
Инсондаги ҳар бир аъзонинг номи ва бажарадиган вазифаси аниқ. Ксз ксради, қулоқ сшитади, бурун хид билади, ошқозон майдалайди, ичаклар хазм қилувчи шу билан бирга жигармиди, спкамиди, ст пуфакмиди ва хаказо ҳаммасининг вазифа ҳамда жойлашуви маълум... А Иммунитетчи? Ўзи шу нарса борми? А­сс борлигини исботлаганга снта раҳмат-е!

Qayd etilgan


yoqutxon  19 Oktyabr 2010, 00:22:28

Assalom aleykum.
Judayam qiziqarli savol beribsiz. Rahmat.
Agar Immunitet so'zining asl ma'nosini oladigan bo'lsak, bu so'z lotinchadan olingan bo'lib, tarjimasi- xalos bo'lmoq, biror narsadan qutulmoq degan ma'noni bildiradi.Endi immunitet so'zi ostida nima tushuniladi? Immunitet bu organizmning infeksiya ummuman organizmga yot bo'lgan mikroorganizmlarga qarshi kurashish  va qaysidir ma'noda zararli mikroorganizmlarga chidamliligidir.Aniqroq aytadigan bo'lsam bu organizmning tashqi faktorlar tufayli o'zining normal funksiyalari buzilishiga qarshiligi.Sizga oddiy misol tananing biror joyi kesildi va  u yerga infeksiya tushdi. Shunda organizmda immun javob paydo bo'ladi ya'ni T va B limfositlari o'sha joydagi infeksiyalarni o'rab olib, erib ketadi, buni biz yiring deb ataymiz. Bu holat ham insondagi immunitet tufayli yuz beradi.Siz bergan immunitet qauerda joylashgan? degan savolga javob yo'q. Chunki Immunitet bu a'zo emas, Immunitet bu sistema, organizmning infeksiya va begona mikroorganizmlarga qarshi kurashish sistemasi.

Qayd etilgan