Namoz shartlari.  ( 13630 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:50:43

                                                 Namoz shartlari
Namoz o’qish uchun quyidagilar shart:


1.   Tahoratda bo’lish.
2.   Libosning pokligi.
3.   Namozgohning ozodaligi.
4.   Avratlar hammasi libosda bo’lishi.
5.   Namoz o’z vaqtida o’qilishi.
6.   Qiblaga qarab turish.
7.   Dildan niyat qilish.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:51:17

Namoz ruknlari

Namozga kirishishdan avval «Allohu akbar», deyish, tik turish, qiyomda uch oyat miqdoricha Qur’on o’qish, peshonani yerga yetkazib ikki marta sajda qilish, qa’dada bo’lish, namoz ruknlarining har qaysisini o’z o’rnida bajarish, namozdan o’z ixtiyori bilan chiqish namoz ruknlariga kiradi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:51:39

Namoz vojiblari

-­ Namozning vojiblari nechta?
­- O’n beshta:
- Fotiha surasini o’qimoq,
- farz namozining avvalgi ikki rakatiga, sunnat va nafl namozlarining har rakatiga bir bor Fotiha surasidan so’ng biror sura yoki uch oyat Qur’on zam qilmoq,
- tumaniniyata — ruku’ va sujudda tasbeh aytar miqdorida o’tirmoq,
- qavma — ruku’dan qaytgan vaqtda qaddini to’g’ri qilib bir oz turmoq,
- jalsa — ikki sajda orasida bir oz o’tirmoq,
- qa’dai u’lo — uch-to’rt rakatlik namozlarning ikkinchi rakati oxirida «Attahiyot» o’qish miqdoricha o’tirmoq,
- tashahhud — har qa’dada «Attahiyot» o’qimoq,
- salom — namozdan salom lafzi bilan chiqmoq,
- muvalot — namoz amallarini birin-ketin bajarmoq,
- jahr — bomdod, shom va xufton namozlarining avvalgi ikki rakatida imomning ovozini chiqarib qiroat qilmog’i,
- ixfo — qolgan rakatlarda ovozni maxfiy qilmoq,
- insot — imom qiroat qilgan paytda muqtadiyning sukut qilmog’i,
- takbirot — hayit namozlarinig har rakatida uch marta takbir aytmoq,
- Qunut — vitrning uchinchi rakatida duoyi Qunutni o’qimoq,
- sajdai sahv — unutib farz amalni kechiktirgan yo vojibni tark qilgan kishining sajdasi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:52:08

Namoz sunnatlari

Namozda yigirma beshta sunnat bor:
- farz namozini jamoat bilan o’qish;
- farz namozi uchun azon aytish;
- farz namozidan oldin takbir aytish;
- farz namozidan oldin qo’lni quloqqa yetkazish;
- ayollarning qo’llarini ko’krakkacha ko’tarishlari;
- qiyomda turganda qo’lni bog’lash;
- takbirdan so’ng namoz boshida Sano aytish;
- Sanodan so’ng «A’uzubillah»ni aytish;
- Fotiha surasidan so’ng «Omin», deyish;
- ruku’ga borganda va undan qaytganda hamda sajdaga borganda «Allohu akbar», deyish;
- ruku’da uch marta tasbeh aytish;
- sajdada uch marta tasbeh aytish;
- ruku’dan qaytilganda imom bilan yoki yolg’iz o’quvchi «Sami’allohu liman hamidah», deyishi;
- so’ng «Robbana lakal hamd», deyish;
- ikkinchi qa’dada salovotni oxirigacha o’qish;
- ikkinchi qa’dada salovotdan so’ng oyat o’qish;
- takror salom, ya’ni o’ng va so’l tarafga salom berish;
- niyat salomini berish;
- takbirni, tasmiyani, salomni baland ovozda aytish;
- imom bilan namoz o’qiganda har amalni tengma-teng bajarish.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:52:33

Namoz mustahablari

Namoz mustahablari yigirmata:
- namozga kirishayotib qo’l ko’targanda barmoqlar orasini ochiq tutish;
- bosh barmoqlar quloq yumshog’iga tekkizilishi;
- tik turgan paytda ikki oyoq orasining sal ochiq turishi;
- qo’l bog’langanda chap qo’lning kaft bo’g’inini o’ng qo’lning bosh barmog’i va chinchalog’i bilan bog’lab ushlash;
- sura va zikrlarni burro-burro o’qish;
- bomdod va peshinda Fotiha surasidan keyin uzunroq suralarni o’qish;
- asr va xufton namozida o’rtacha uzunlikdagi suralarni o’qish;
- shom namozida qisqa suralarni o’qish;
- avval uzun, keyin kalta suralarni o’qish;
- sajda chog’i bosh barmoq quloq yonida bo’lishi;
- sajdada qo’l barmoqlari bir-biriga tegib turishi;
- sajdada oyoq barmoqlari yerga tegib, tovon ko’tarilib turishi;
- qo’l va oyoq barmoqlari qiblaga qarab turishi;
- qa’dada qo’l barmoqlarini past qilib turmasdan o’z holicha son ustiga qo’yish;
- ruku’ va sajdada tasbehlarni toq aytib, uchdan ziyoda aytish;
- uch va to’rt rakatli farz namozlarining ikki rakatidan so’nggi rakatlarida Fotiha surasini o’qish, ammo sunnat, vojib va nafl namozlarida Fotiha surasidan so’ng bir sura qo’shib o’qish;
- namoz ichida yo’talmaslik, esnamaslik, tavoze’lik, salom berganda orqadagi kishini ko’rar darajada yuzni burish.
   

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:53:00

Namoz paytidagi makruh holatlar

Ular oltmish bitta:
- uzrsiz yo’talish;
- qiroatga xalal beruvchi narsani og’izda saqlash;
- ruku’ holatida bosh yelkadan baland turishi;
- no’xot kattaligida taom yeyish;
- oyat va tasbehlarni barmoq bilan sanash;
- sunnatlardan birortasini qasddan tark etish;
- qiroatni ruku’da tamom qilish;
- ikki ko’zni yumib turish;
- namoz tugamay, peshonasini artish;
- namoz payti libosni tekislash;
- harakat qilish;
- tuflash;
- yechinish;
- qasddan bir oyatni yarmida to’xtatib, boshqasini boshlash;
- kerishish;
- peshonani yerga tekkizmay, sallani tekkizish;
- jamoatga odam qo’shilganda imom ovozini pasaytirishi;
- namozni imom cho’zib yuborishi;
- yeng tirsakkacha chiqishi, burun qoqish;
- takbirni takror aytish;
- uzrsiz devorga yoki ustunga suyanish;
- mehrob ichiga butunlay kirib olib namoz o’qish;
- barmoqlari bilan biror so’zni yozib ko’rsatish;
- bosh yo qosh bilan biron so’zni ishora qilish;
- tahorat tang bo’lib turganda namoz o’qish;
- qabrga yo najasga qarab namoz o’qish;
- oldinda joy bo’lsa-da, ortda namoz o’qish;
- boshyalang namoz o’qish — bularning bari namoz chog’i qilinsa, makruhdir.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:53:29

Namozni buzuvchi amallar

Namozni ushbu yigirma ikki amal buzadi:
- so’zlashish;
- qasddan bir kishiga salom berish;
- qasddan alik olish;
- duoda odamlardan narsa talab qilish;
- dunyo ishi uchun ovoz chiqarib yig’lash;
- kam bo’lsa-da, taom yeyish;
- mast holda bo’lish;
- sharob ichish;
- ish qilish, ya’ni libos kiyish, qashinish;
- Qur’onning ma’nosini buzib o’qish;
- imomdan ilgari turish;
- oftob chiqayotganda bomdod o’qish;
- farz amallarining birortasini tark qilish;
- libosining yoki o’zining bulg’anishi va shu kabilar namozni buzuvchi amallardir.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:53:49

Namozning muboh amallari

- Yuz o’girmay, ko’z qiri bilan nazar tashlash;
- ilon yo chayon o’ldirish;
- nafl namozda bir rakatga bir surani ikki marta o’qish;
- nafl namozda devor yo ustunga suyanish;
- imomning vojib harakatini bilish uchun yondagi kishiga nazar solish.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:54:12

Namoz paytida tahoratning buzilishi

- Burun qonasa yo shunga o’xshash xunuk hodisa bo’lsa, ibodatdagi kishining namozi buziladimi?
- Ha. Bunday holda kishi tahoratini yangilab, boshdan yoki to’xtagan joyidan o’qishi lozim. Bu paytda imom namozni tugatgan bo’lsa, u kishi yolg’iz o’qiydi.
- Namoz o’qib turgan kishining oldidan kesib o’tsa bo’ladimi?
- Yo’q, bu holat makruhdir. Ancha naridan bo’lsa, joiz. Namoz o’qiyotgan kishi o’zini bildirishi uchun «Subhanalloh» deb qo’ysa bo’ladi yoki bir gaz oldinga tayoqcha suqub qo’yadi. Jamoat bo’lib o’qilsa ham, oldindagi yo’lakni berkitmaslik uchun tayoqcha tiqib qo’yiladi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:54:36

Zaif va nogiron kishilar bayoni

- Zaif va nogiron kishilarning namozda hukmi qanday?
- Kishi zaifligi sababli qiyomga turolmasa, o’tirib o’qiydi. O’tirgan holicha bukilib ruku’ qiladi, sajdada esa el qatori boshini yerga tekkizib o’qiydi. Agar ruku’ va sajdaga holi kelmasa, o’tirgan ko’yi ruku’ va sajdaga bir oz egilib, ishora qilib o’qisa ham bo’ladi. Agar o’tirishga ham quvvati yetmasa, oyoqlarini qibla tarafga uzatib, chalqancha yotib, boshi bilan ishora qilib o’qiydi. Agar bunga ham quvvati kelmasa, u zotga ma’zurdir. Qachon quvvatga kirsa, qazosini o’qish niyati bilan keyinga qoldiradi.
- Namozni uzrsiz o’tirib o’qisa bo’ladimi?
- Suvda, kemada kelayotganlarga mumkin.
- Sunnat va nafl namozini otda turib o’qisa bo’ladimi?
- Bo’ladi.
- Otda o’qilsa, qaysi tarafga qarab o’qiladi?
- Ot ketayotgan tarafga qarab.
- Qariligi yoki g’oyatda sovuqligi tufayli tili Qur’onni to’g’ri talaffuz qila olmaydiganlar namozni qanday o’qigani ma’qul?
- Unday kishilar imomga iqtido qilsin. Yolg’iz bo’lsa, bilgan oyatini bir necha bor takrorlab o’qiydi.
- Bir kishi sabab bilan hushidan ketib yotib qolsa, o’qilmay qolgan namozni nima qiladi?
- Hushsizlik 24 soat ichida bo’lsa, har bir namozni qazo qilib o’qiydi, agar 24 soatdan oshsa, u holda yangi kunning namozlariga kirishadi.

Qayd etilgan