Namoz shartlari.  ( 20277 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:55:24

Qazo namozi

— Bir kishi bir namozni uzr sababli o’z vaqtida o’qimasa, nima qiladi?
— So’ngra qazo qilib o’qiydi.
— Bir kishining bir namozi qazo bo’lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o’qiydi, ya’ni avval qazo namozni o’qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o’qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo’lib, hanuz qazosini o’qimay, asr namozining vaqti kirib qolsa, avval peshin namozining qazosini o’qiydimi yoki asrni o’qiydimi?
— Umrida namozlarni besh martadan ortiq qazo qilmagan kishi bo’lsa, avval qazo bo’lgan namozni o’qib, undan so’ng vaqti kirgan namozni o’qishi farzdir. Qazo bo’lgan namozni o’qimasdan vaqti kirgan namozni o’qishi durust emas. Ammo umri davomida besh namozdan ortiq qazo qilgan kishidan bu tartib soqitdir. Ya’ni, unga tartib farz emas, u tartib egasi emas. Demak, u kishi xohlasa, qazo bo’lgan namozni avval o’qiydi.
— Tartib soqit bo’lmagan kishi qazo namozni esdan chiqarib, vaqti kirgan namozni o’qisa, namozi tamom bo’lmasdan qazo bo’lgan namozi esiga tushsa, o’qib turgan namozi buziladimi?
— Buziladi.
— Vaqti kirgan namozni o’qib tamom qilgandan so’ngra qazo qilgan namozi esiga tushsa, o’qilgan namozi durust bo’ladimi?
— Durust bo’ladi, boshqatdan o’qish lozim emas.
— Qazo bo’lgan namozga mashg’ul bo’lsa, keyingi namozning vaqti chiqib ketish xavfi bo’lsa, avval qaysi namozni o’qiydi?
— Avval vaqti kirgan namozni o’qiydi, qazo namozni undan keyin o’qiydi.
— Uzrsiz biror namozni o’z vaqtida o’qimasdan qazoga qoldirish durust bo’ladimi?
— Durust bo’lmaydi, nihoyatda ulug’ gunohlardandir.
— Bir kunning besh vaqt namozi qazo bo’lsa, avval qaysini qazo qiladi?
— Bomdod namozidan boshlab to xufton namozigacha o’z tartibida qazo qiladi.
— Qazo bo’lgan namozning faqat farzini o’qiydimi yoki sunnatni ham o’qiydimi?
— Faqat farzini o’qiydi, sunnatini o’qimaydi, lekin bomdod namozi qazo bo’lgan bo’lsa, peshin vaqti kirmasdan qazosini o’qisa, u vaqtda bomdodning sunnatini ham qazo qiladi.
— Vitr namozi vaqtida o’qilmasa qazo qilinadimi?
— Qazo qilinadi.
— Juma va hayit namozlari-chi?
— Qazo qilinmaydi. Jumani o’qimay qolgan kishi o’rniga peshin namozini o’qiydi. Ammo hayit namozini qazo ham qilmaydi va o’rniga o’qiladigan namoz ham yo’q.
— Bomdod namozi, shom namozi va xufton namozi qazo qilinganda avvalgi ikki rakatlar ovoz chiqarib o’qiladimi yoki ichida o’qiladimi?
— Ushbu namozlar jamoat bilan qazo qilinsa, ovoz chiqarib o’qish imomga vojibdir. Yolg’iz qazo qiluvchiga ichda o’qish vojibdir.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:56:56

Islomda bandaning amali  hammasi sakkiz qismga bo’linadi:


Bular quyidagilar:


1.Farz  amal.

Farz Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Uzrsiz bajarmagan kishi gunohkor bo’ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va imonsiz sanaladi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:57:56

2.Vojib  amal.
Vojib — Islom dinida bajarilishi shart bo’lgan amal. Uni bajargan kishi savob oladi, bajarmaganlar gunohkor bo’ladi. Vojib amalga ishonmagan kishi kofir va imonsiz bo’lmasa ham, katta gunohga botadi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:58:49

3.Sunnat  amal

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallari. Sunnat amalini qilgan kishi savob topadi. Qilmagan kishi gunohkor bo’lmasa-da, qiyomat kuni malomatga qoladi, Payg’ambarimiz shafoatlariga loyiq bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 23:59:38

4.Mustahab amal

- Mustahab Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ba’zan bajargan va ba’zan bajarishni lozim ko’rmagan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Ammo qilmasa, gunohkor bo’lmaydi. Qiyomat kuni azob va malomatga ham qolmaydi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 00:00:16

5. Muboh amal
- Muboh shunday amalki, qilinsa ham, qilinmasa ham durust bo’laveradi. Undan kishi savob ham, gunoh ham topmaydi. Qilish-qilmaslik bandaning ixtiyoridadir.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 00:01:13

6.Harom  amal.
- Harom Islom dinida qat’iy ta’qiqlangan amaldir. Uni qilgan kishi qattiq gunohga botadi, uni halol, deguvchilar kofir va imonsiz hisoblanadi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 00:01:40

7.Makruh  amal
- Makruh Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo’lmasa-da, gunohga botadi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 00:02:10

8.Mustakrah  amal



- Mustakrah shunday amalki, uni qilgandan ko’ra qilmagan yaxshiroqdir. Qilgan kishi gunohkor sanalmasa-da, odobsiz bo’ladi. Qiyomatda azobga qolishi mumkin.

IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy kitobidan foydalanildi.

Qayd etilgan