Namoz haqida hadislar  ( 31408 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:55:05

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:55:15

«Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:55:24

«Qorong‘u kechalarda masjidga borgan kishilarga, Qiyomat kuni bir nurga mazhar bo‘lishlari xushxabarini yetkazing».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:55:39

«Sizlardan birlaringiz namoz o‘qigan joyda tahoratini buzmasdan o‘tirgan muddatgacha, farishtalar: «Iloho, bu kishining gunohlarini kechir va unga rahm ayla», deb duo etishadi»

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:55:47

«Mo‘minlar xufton va bomdod namozlaridagi savobni bilganlarida edi, bu namozlarni jamoat bilan o‘qish uchun, emaklab bo‘lsa ham, masjidga kelishar edi».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:55:59

«Namoz inson bilan shirk va kufr o‘rtasidagi bir pardadir. Namozni tark etish bu pardani ko‘tarish bo‘ladi».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:56:13

«Ular (kofirlar) bilan bizning o‘rtamizni farqlaydigan alomat namozdir. Binobarin, namozni tark qilgan kimsa kofirlarga o‘xshabdi».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:56:27

«Banda Qiyomat kunida eng avvalo namozdan hisob-kitob qilinadi. Agar namozi durust chiqsa, qutulibdi va yutibdi. Agar namozi durust chiqmasa, yutqazibdi. Farz namozlari kam chiqsa, Alloh azza va jalla: «Qarang-chi, qulimning nafl namozlari bormi?» deydi. Namozlarining kami nafl namozlar bilan to‘ldiriladi. Qolgan amallari ham shu tarzda hisob-kitob qilinadi».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:56:37

«Bir kuni Payg‘ambar, alayhissalom, huzurlarida namoz o‘qimay tong otguncha uxlagan bir kishining nomi tilga olindi. Rasuli Akram: «Unday bo‘lsa, u odamning quloqlariga yo qulog‘iga shayton bavl etibdi», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:56:50

«Sizlardan birov uxlab qolsa, shayton uning orqa miyasiga uch tugun tugib qo‘yadi va har tugunga: «Hali tunlar uzun, (bemalol) uxla», deya afsun o‘qiydi. Agar u odam uy-g‘onib Allohni zikr etsa, tugunlardan bittasi, tahorat olganida yana biri, namoz o‘qiganida esa, qolgani ham yechiladi va qalbi quvonch va xushnudlikka to‘lib tong ottiradi. Aks holda, shayton tugib qo‘ygan tugunlarning ta’sirida dangasalik bilan tong otguncha uxlab qoladi».

Qayd etilgan