Namoz haqida hadislar  ( 20468 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:57:00

Kechasi turib ibodat qilgan va xotinini uyg‘otgan, xotini turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan odamga Alloh rahmatini yog‘dirsin. Kechasi turib namoz o‘qigan va erini uyg‘otgan, eri turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan xotinga Alloh rahmatini yog‘dirsin».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:57:12

«Namoz jannatning kalitidir».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:57:25

«Namoz dinning ustunidir».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:57:40

«Namoz mo‘minning me’rojidir».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:57:58

«Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namozni farz qildim. O‘zimcha ahd qildimki, kim shu besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib yursa, u kishini jannatga kiritaman. Kim o‘z vaqtida ado etib yurmasa, u banda xususida ahdim yo‘qdir»
(Hadisi qudsiy).

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 21:01:27

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Yo Rasululloh, qiyomat kuni rabbimizni ko‘rg‘aymizmi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havo ochiq kechada 14 kunlik Oyni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?»—dedilar. «Yo‘q, yo Rasululloh!»—deyishdi. «Bulutsiz kunda Quyoshni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?» — dedilar. «Yo‘q»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloni ham shuningdek shaksiz ko‘rg‘aydirsizlar. Qiyomat kuni odamlar to‘plang‘aydir. Shunda Olloh taolo: «Kim nega sig‘ingan ersa, o‘shanga ergashsin!»—degaydir. Ayrim kishilar Quyoshga, ba’zilar Oyga ergashg‘aydir, kimlardir shaytonlarga ergashg‘aydir. Mahsharda faqat islom ummati qolg‘aydir, ularning ichida munofiqlari ham bo‘lg‘aydir. So‘ng, Olloh taolo kelib (ko‘rinmasdan): «Men sizning rabbingizdirman»,— deydir. «Rabbimiz kelguncha turadirgan joyimiz shu yermi? Rabbimiz kelsa, biz uni taniymiz»,— deyishg‘aydir odamlar (Ollohga shirk  keltirib qo‘ymoqdan qo‘rqib shunday deyishg‘aydir). Shunda Olloh taolo kelib (ko‘rinib): «Men rabbingizdirman»,— deydir. «Sen rabbimizsan!»—deyishg‘aydir mo‘‘minlar. Ularni rabbi (Olloh) da’vat qilg‘aydir. Jahannam ustiga Sirot ko‘prigi qurilg‘aydir. Men payg‘ambarlar ichida birinchi bo‘lib ummatim birlan (Puli Sirotdan) o‘tg‘aydirman. O’sha kuni payg‘ambarlardan boshqa hech kim so‘zlamag‘ay. O’sha kuni payg‘ambarlar: «Ilohi, salomat qilg‘il, Ilohi, salomat qilg‘il!»—deb butun ummatlariga mehru shafqat tilag‘aydirlar. Jahannamda qiyoq tikanlari. yanglig‘ tikanlar bordir. Qiyoq tikanini ko‘rganmisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha»,— deyishdi. Janob Rasululloh yana so‘zlarini davom ettirdilar: «Qiyoq tikanlariga o‘xshaydir-u, ammo uning kattaligini Ollohdan boshqa hech kim bilmaydir. Gunohlariga qarab, ba’zilar o‘tga, ba’zilar tikanga tashlab yuborilg‘aydirlar. So‘ng, do‘zaxga tushgan kishilardan qaysi biriga Olloh taolo rahmat qilmoqni istag‘aydir, ul najot topg‘usidir. Olloh taolo farishtalariga Ollohning o‘zigagina ibodat qilgan kishilarni do‘zaxdan chiqarmoqni buyurg‘aydir, so‘ng ularny do‘zaxdan chiqarg‘aydirlar. Yolg‘iz Ollohga ibodat qilgan bandalarni badanlarida qolgan sajda izlaridan tanishg‘aydir. Olloh taolo o‘tga bandalarning sajda izlari qolgan a’zolarini kuydirmoqni man’ qilg‘aydir. Odam bolasi butun a’zosi kuygan-u, ammo sajda qilgan a’zolarigina kuymagan holda do‘zaxdan chiqarilg‘aydir. Do‘zax otashidan chiqqan bandalar ustidan hayot suvi quyilg‘aydir. Badanlari xuddi sel loyqasiga tushgan urug‘ ungan yanglig‘ yosharib, ko‘rkam bo‘lg‘usidir. Olloh taolo butun bandalari o‘rtasida adolat tarozisi orqali qozilik hukmini nihoyasiga yetkazg‘ach, bir kishi jannat birlan do‘zax o‘rtasida qolg‘aydir. Ahli do‘zaxlardan bo‘lmish bul kishi jannatga eng keyin kirg‘aydir. Ul yuzi do‘zax o‘tiga qaragan holda: «Yo rabbiy, yuzimni do‘zax o‘tidan boshqa yoqqa burg‘il, do‘zaxning zaharli tutuni meni zaharlab, uning alangasi meni kuydirmoqda»,— deydir. Olloh taolo: «Agar aytganing qiling‘aydir, undan keyin boshqa narsani so‘ramasmisen?» — deydir. Banda: «Yo rabbiy, so‘ramasmen»,— deb ont ichgaydir. Olloh taolo bandasining va’dasini olgandan so‘ng, uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burgaydir. Banda jannatning so‘lim va ko‘rkamligini ko‘rib, Olloh xohlaganicha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng, «Yo rabbiy, meni jannat eshigining yoniga yetkazg‘il!»— deydir. Olloh taolo unga: «Hali so‘ragan narsangdan boshqa hech narsa so‘ramasmen, deb va’da qilmag‘anmi erding?» — deydir. «Yo rabbiy, va’da berdim-u, biroq sening lutfu karamingdan umidvormen»,—deydir. Olloh taolo: «Agar so‘raganingni bersam, boshqa hech narsa so‘ramasmisen?»—deydir. Banda rabbiga qasamyod aytib: «Boshqasini so‘ramasmen»,— deydir. Uni jannat eshigiga keltirg‘aydirlar. Jannat eshigiga yetganda undagi go‘zallik, so‘limlik va xursandchiliklarni ko‘rib hayratga tushg‘aydir va Olloh taolo xohlagancha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng: «Yo rabbiy, meni jannatga kirgizg‘il!» — deydir. Olloh: «Voh, seni qarag‘il-a! Nechog‘liq va’dangga vafosizdirsen. Ey oday bolasi, bundan boshqa narsa so‘ramasmen, deb va’da bermaganmi erding?» — deydir. Banda: «Ey rabbim, meni eng baxtsiz banda qilib qo‘ymag‘il!» —deydir. Haq taolo kulg‘aydir va bandasiga jannatga kirmoqqa ijozat berib: «Xohlaganingcha tilayverg‘il, bandam!» — deydir. Banda ko‘nglida borini tilag‘aydir. Shunda Olloh taolo unga: «Falon, falon va falon narsalarni ham qo‘shib so‘rag‘il!»—deb aytadir. Banda Olloh taolo aytganlarining hammasini tilag‘aydir. Olloh taolo unga: «Bu ham sengadir, u ham sengadir»,— deb yana qancha narsalarni aytg‘aydir».

(Imom al-Buxoriy rivoyati)

Qayd etilgan


Tilla  07 Dekabr 2006, 15:17:20

Namoz o'qimaydigan 1 odam bor edi.Uyidan chiqib bir joyga safar qildi.Yolida unga odam suratiga kirgan sahyton xamroh boldi.Kechqurun bir karvon saroyga kelganlarida u odam uhlashga tayyorlandi .Shayton (lol) undan qocha boshladi.Odam uni chaqirib;"Yo'ldamendan xatolik otdi--nima uchun mannan qochypsan?" deb so'radi.
Shayton dedi;"Men Iblisman.Alloh ta'oloning farmoniga umrimda bir marta boysinmaganligim uchun abadul-abad dargohi ilohiydan haydaldim,tavqi la'nat bo'ynimga tushib,ma'lun bo'ldim.Bugun sen Alloh ta'oloning 5 vaqt namozining birortasini o'qimaganliging ko'rdim.Alloh ta'oloning g'azabi senga nozil bo'lsa va sening kasratingdan men yana xam mal'unroq bo'lishdan qo'rqaman..
NAMOZ o'qimaydiganning kasofati 70 nafar yaqinlariga va qo'ni -qo'shnilariga tegadi.Bilingki namoz dinning tirgakidir....Tavrot Injil ..Furqonda ,Zabur,be namoz lanatlangan..
(Tafsiri Fotiha)   (Fi-aljavohir)

Qayd etilgan


Habib  09 Dekabr 2010, 11:39:24

Аамозхон олдидан стган гуноҳкорни даф қилишга ҳақли

Абу Жуҳайм розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Агар намоз сқувчининг олдидан стувчи сзига қанчалик гуноҳ бслишини билганида, албатта, унинг олдидан стишдан ксра қирқ"¦гача тсхтаб турмоғи сзи учун схши бслар сди», дедилар.
Абу Аазр: «Қирқ кун, дедими ёки ой, ёхуд йил, дедими билмай қолдим», деди».

Бешовлари ривост қилишган.
Шарҳ: А ивостда исми келган Абу Аазр ушбу ҳадисни ривост қилувчилардан биридир. У киши сзларига ушбу ҳадисни айтиб берган Буср ибн Саъид раҳматуллоҳи алайҳ қирқ кун, дедиларми, қирқ ой, қирқ йил, дедиларми билмай қолган сканлар. Ана сша омонатга хиёнат қилмай, қандай бслса, шундай ҳолида ривост қилар сканлар.
Бу ҳадиси шарифда намоз сқувчининг олдидан стиш қанчалар қаттиқ гуноҳ сканлиги ҳақида ссз бормоқда. Агар, сша намоз сқувчининг олдини кесиб стувчи, сзига бу ишидан қанчалар гуноҳ бслишини билса, қирқ йилгача қимирламай кутишга ҳам рози бслар скан.
Демак, сътиборсиз бслмай, намоз сқиётган одамнинг олдини ҳеч қачон кесиб стмасликка ҳаракат қилишимиз зарур.

Термизий ва Ибн ҳиббонлар қилган ривостда:
«Албатта, сиздан бирингизнинг юз йил тсхтаб турмоғи, унинг учун намоз сқиётган биродари олдидан стишидан ксра схшидир», дейилган.
Шарҳ: Бу ривост аввалги ривостдаги қирқ, қирқ кун ёки ой смас, қирқ йил сканини тасдиқлайди.

Qayd etilgan


Habib  09 Dekabr 2010, 11:40:16

Абу Саъид розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Қачон бирингиз сзини одамлардан тссиб турадиган нарсага қараб намоз сқиса-ю, биров унинг олдини кесиб стмоқчи бслса, бас, уни даф қилсин. Агар кснмаса, уришсин. Ундоқ одам шайтондир», дедилар».

Учовлари ривост қилишган.
Шарҳ: Абу Саъид ал-Худрий розисллоҳу анҳунинг бу ҳадисларининг машҳур бслишига бир ҳодиса сабаб бслган.
Бу ҳақда Имом Бухорий Абу Солиҳ ас-Саммондан қуйидагиларни ривост қиладилар:
«Абу Саъид ал-Худрий розисллоҳу анҳуни жума куни сзини одамлардан тссадиган нарсага қараб намоз сқиётганини ксрдим. Бас, Бани Абу Муъайтлик бир йигит унинг олдидан стмоқчи бслди. Абу Саъид унинг кскрагидан даф қилди. Йигит назар қилиб, Абу Саъиднинг олдидан бошқа стадиган жой топа олмади-да, қайтадан сна стишга ҳаракат қилди. Бас, Абу Саъид уни аввалгидан ксра қаттиқроқ даф қилди. Шунда йигит Абу Саъидни сскди ва Марвоннинг олдига кириб шикост қилди. Абу Саъид ҳам унинг ортидан Марвоннинг олдига кирди. Бас, у:
«Сен билан биродарингнинг сғлига нима бслди, сй Абу Саъид?»
деди. Шунда Абу Саъид ал-Худрий розисллоҳу анҳу юқоридаги ҳадисни айтдилар.
Марвон деганлари Умавийларнинг бошлиқларидан бслиб, Марвон ибн ҳакам номи билан машҳур. У халифа Абдулмалик ибн Марвоннинг отасидир. Маълум вақт у Мадинаи Мунавварага амир бслиб турган. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам вафот стганларида у саккиз ёшда сди.
Марвон ибн ҳакам олтмиш уч ёшида, Дамашқ шаҳрида, 65 ҳижрий санада вафот стган.
Ушбу ҳадисдан олинадиган фойидалар:
1. Аамоз сқийдиган одам сутрага қараб намоз сқиши кераклиги.
2. Аамоз сқиётган одамнинг олдидан стиш керак смаслиги.
3. Аамоз сқиётган одам сз олдидан стмоқчи бслган кишини қайтариши зарурлиги. Қайтариш қсл билан уни даф қилиш орқали бслади.
4. Агар шунда ҳам қайтмаса, қаттиқроқ қайтариш зарурлиги.
5. Аамоз сқиётган одамнинг олдидан огоҳлантиришига ҳам қарамай, стишга ҳаракат қилган одам шайтонга тенглиги.
Ушбу ҳадиси шарифга биноан, намоз сқувчилар олдидан стмаслигимиз, сзимиз намоз сқиётган пайтимизда олдимиздан стмоқчи бслганларни қайтармоғимиз лозим.

Manba

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  04 Fevral 2012, 10:40:04

Kimda Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslim kitoblari bo'lsa Hojat namoziga oid hadislarni keltirib yuboringlar, rahmat.

Qayd etilgan