Қуруқ, изтиробли йўтал  ( 8484 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Habibilloh  23 Dekabr 2010, 17:17:41

Ko'kyo'tal

Ko'kyo'tal - pertussis - xarakterli spazmatik yo'tal xurujlari bilan kechadigan, asosan emadigan yoshdagi bolalarda og'ir o'tadigan o'tkir infektsion kasallik hisoblanadi.
Etiologiyasi. Kasallik ko'zg'atuvchisi 1906 yilda J. Borde va O. Jangu tomonidan kashf etilgan, tashqi muhitda nihoyatda chidamsiz bo'lgan, ko'kyo'tal tayoqchalaridir.
Epidemiologiyasi. Infektsiya manbai kasal odam bo'lib, u kasallikning kataral davri bilan quv-quv yo'tal tutadigan davrining birinchi haftalari davomida hammadan ko'ra ko'proq yuqumli hisoblanadi. Keyingi haftalardan u unchalik xavf tug'dirmaydi va kasallik boshidan 6 hafta o'tgandan keyin esa yuqumli hisoblanmaydi. Kasallik asosan havo-tomchi yo'li bilan yuqadi.
Ko'kyo'tal hamma yoshda ham kuzatilmaydi, lekin bu kasallik 2 yoshgacha bo'lgan bolalar, ayniqsa, hayotining dastlabki 6 oyini yashab kelayotgan bolalar uchun hammadan xavfli. Kasallik xattoki chaqaloqlarni ham chetlab o'tmaydi.
Klinikasi. Hozirgi vaqtlarda kasallikning yengil o'tadigan formalari ko'proq kuzatilmoqda. Ko'kyo'tal kechishida ketma-ket yuzaga keladigan to'rtta davr farqlanadi:
1.   Inkubatsion davr - 3-4 kundan - 2 haftagacha davom etadi.
2.   Kataral davr - 3-5 kundan - 2 haftagacha davom etadi.
3.   Quv-quv yo'tal tutadigan davr - 3-4 hafta va bundan ko'ra ko'proq davom etadi.
4.   Sog'ayish davri.
Kasallik asta-sekinlik bilan avj oladi, awaliga kuchayib boradigan yo'tal, tumov paydo bo'ladi, ba'zan tana harorati ko'tariladi. Bola besaranjom bo'lib, injiqlik qilaveradi, uyqusi, ishtaxasi buziladi, rangi oqarib, ko'z qovoqlari biroz shishib chiqadi.
Hayotining dastlabki oylarini va xususan dastlabki kunlarini yashab kelayotgan bolalarda kasallik odatda yuqori nafas yo'llarida sezilarli kataral o'zgarishlar paydo bo'lishi, harorat ko'tarilishi bilan birga davom etib boradi.
Yo'tal kun sayin zo'rayib kataral davr tipik - tutib-tutib, quv-quv yo'tal tutadigan (spazmatik) davrga asta-sekin o'tib boradi. Dam-badam, bir-birining ketidan kelib turadigan yo'tal zarblari orasida hushtak chalib, chuqur-chuqur nafas olish harakatlari - reprizlar bo'lib turadi.
Yo'tal xurujining oxirida yopishqoq, cho'ziluvchan shilimshiq keladi, ba'zan bola qayt qilib yuboradi. Bo'yin va bosh venalari juda bo'rtib chiqadi, bolaning yuzi bilan shilliq pardalari ko'karib ketadi (10-rasm). Tili osilib qoladi, yuganchasida yaracha paydo bo'lishi mumkin (11-rasm). Kasallikning og'ir-yengilligi spazmatik yo'tal xurujlarining qanchalik uzoq va tez-tez takrorlanib turishiga bog'liq.
Emadigan bolalarda va asosan hayotining dastlabki oylarini yashab kelayotgan bolalarda yo'tal odatda reprizlarsiz bo'ladi. Qisqa, bir-biridan keyin uzluksiz, tez-tez  kelib turadigan yo'tal zarblari bola yuzining qizarib ketishiga sabab bo'ladi, bu qizillik tez'orada tsianoz bilan almashinadi, tsianoz boshlanganidan keyin ko'pincha nafas to'xtab qolib, asfiksiya boshlanadi va ba'zan talvasa tuta boshlaydi. Oqibat xayrli bo'lganida nafas asliga kelib, tsianoz yo'qoladi. Bola qanchalik yosh bo'lsa, nafasining to'xtab turishi shuncha uzoqroq cho'ziladi.
Ko'pincha 3-4 haftadan so'ng yo'tal susaya boshlaydi, xurujlar kamroq qaytanalanuvchan, qisqaroq bo'lib qoladi va bola asta-sekin sog'aya boshlaydi.
Spazmatik yo'tal davrida boshqa sistema va organlarda ham o'zgarishlar yuzaga keladi. Nafas organlarida o'tkir emfizema, bronxit, o'pka interstitsial to'qimasining anchagina zararlanishi, yirik segmentlar yoki bo'laklar atelektazlari kabi o'zgarishlar kuzatiladi.
Noqulay sharoitlar natijasida yosh go'dak bolalarda uzoq cho'ziladigan pnevmoniyalar rivojlanishi va bunday pnevmoniya davo qilingani bilan ha deganda qaytavermaydigan va shu kasallikdagi o'lim hollarining asosiy sababchisi bo'lib qolishi mumkin.
Teri qoplamlari rangining oqarib turishi, lablar tsianozi, yuzning biroz kerikkan bo'lishi, qo'1-oyoqlarning muzdek bo'lib turishi, taxikardiya, arterial bosimning ko'tarilishi, yuz, bo'yin, gavdaning yuqori qismida mayda-mayda gemorragiyalar, ko'z skleralariga qon quyilishi, burundan qon kelib turishi yurak-tomirlari sistemasida o'zgarishlar paydo bo'lganidan dalolat beradi.
Laborator tekshiruvlar 80-87% hollarda qondagi leykotsitlar bilan limfotsitlar sonining ko'payganligini ko'rsatadi.
Kasallik og'ir kechganida, ayniqsa go'dak bolalarda asab sistemasiga taalluqli o'zgarishlar: mimika muskullarining qisqa muddat tortishib turishidan to ancha vaqtgacha talvasaga tushib, o'zdan ketib qolish, bosh miya nervlarining zararlanishi (ko'rlik, garanglik), o'tib ketuvchi parez hamda falajlar (yuz nervi, qo'1-oyoqlarning parez va falajlarigacha) paydo bo'ladi.

Qayd etilgan


Habibilloh  23 Dekabr 2010, 17:18:26

Davolash va parvarish qilish. Davolashning asosi to'g'ri uyushtirilgan rejim hisoblanadi. Bolani toza havodan imkoni boricha ko'p bahramand qilish: yozda imkon qadar kechayu-kunduz davomida, qishda harorat 10-12°S dan past bo'lmaganda yarim soatdan kuniga bir necha marta ochiq havoda bo'lish (qish kezlari bolalar issiq qilib kiyintirilgan bo'lishi kerak), qishda bolani derazalarini ochib qo'yilgan xonada aylantirib yurish va uxlatish, xonani shamollatib turish zarur.
Ovqat kuchli, to'q tutadigan, vitaminlarga boy, ta'sirlaydigan, quruq masalliqlardan xoli bo'lishi kerak (ushoqlar yo'tal tutib qolishiga sabab bo'lishi mumkin), uni kam-kamdan berib turiladi. Bolani ko'krak berib, emizib boqishga alohida e'tibor berish kerak. Kun tartibi to'g'ri tashkil etilishi lozim.
Bola uyg'oq mahalda uni qiziq o'yin bilan, kitob o'qish, ertak bilan mashg'ul qilib turish kerak. O'yin bilan mashg'ul bolalar kamroq yo'taladi.
Ko'kyo'talga davo qilish uchun hozirgi vaqtda bolaning yoshiga to'g'ri keladigan dozalarda antibiotiklar (levomitsetin, ampitsillin, eritromitsin, tetratsiklin gruppasiga kiradigan preparatlar) ishlatiladi, bular 7-10 kun davomida berib turiladi. Bu preparatlar kasallikning faqat kataral davrida yoki spazmatik yo'tal davri endi boshlanib kelayotgan mahaldagina naf beradi. Antibiotiklar berish to'xtatilganidan keyin ba'zi bolalarda ko'kyo'tal simptomlari qaytadan zo'raya boshlaydi, bunday hollarda yana 4-5 kun davomida davo qilib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ko'kyo'tali og'ir o'tayotgan, ayniqsa, 1 yashargacha bo'lgan bolalar o'pkasiga aloqador asoratlari bo'lganida vaqtni o'tkazmasdan turib kasalxonaga yotqizilishi kerak.
Kasallikning kataral davri bilan yo'tal tutadigan davrining dastlabki kunlarida ko'kyo'talga qarshi giperimmun donor zardobi va undan tayyorlangan gamma¬globulin yaxshigina naf beradi (muskullar orasiga har kuni 6-9 ml dan yuboriladi, barvaqt ishlatishga boshlangan bo'lsa, 2-3 marta in'ektsiya qilinadi).
Vitaminlarni, ayniqsa askorbinat kislota va B kompleks vitaminlarini keng qo'llanishi tavsiya etiladi.
Qolgan davo choralari kasallik natijasida kelib chiqadigan simptomlarga qarab olib boriladi.
Profilaktikasi. Yasli yoki bolalar bog'chasiga qatnaydigan bolalarni har kuni qabul qilib olishda ular o'zini qanday sezayotganini va xususan yo'tali bor-yo'qligini onasidan surishtirib ko'rish, yo'talib turgan, ayniqsa quv-quvlab yo'tal tutayotgani topilsa yoki bakteriologik diagnoz tasdiqlansa, yo'talayotgan bola boshqa bolalardan darhol izolyatsiya qilib qo'yilishi kerak.
Bemor bilan kontaktda bo'lgan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning hammasi boshqa sog'Iom bolalardan batamom ajratib qo'yiladi. Kontaktda bo'lgan guruhdagi bolalarga 14 kunlik karantin belgilanadi.
Uy sharoitiga qarab bolalarga statsionarda yoki uyida meditsina xizmati ko'rsatiladi. Quyidagi bemorlar albatta kasalxonada yotib davolanishi kerak: a) ko'kyo'tal bilan og'rimagan 1 yashargacha bo'lgan bolalar bor oilalardan chiqqan bemorlar; b) turmush sharoitlari noqulay oilalardagi 3 yashargacha bo'lgan bolalar; v) bolalar muassasalaridan chiqqan birinchi kasal bo'lib qolgan bolalar.
Kasallikning spetsifik profilaktikasi uchun adsorbilangan ko'kyo'tal-difteriya-qoqshol vaktsinasi (adsorbirovannaya koklyushno-difteriyno-stolbyachnaya vaktsina - AKDS vaktsinasi) ishlatiladi.
Ko'kyo'tal-difteriya vaktsinasi bilan bolalar, ko'kyo'tal bilan og'rimagan va difteriyaga qarshi birinchi marta immunlanishi kerak bo'lsa, 3 oylik vaqtidan boshlab emlanadi. Bu vaktsina 3 - 4 hafta oralatib turib, 0, 5 ml dan 3 marta in'ektsiya qilinadi. Oradan 6 - 9 oy o'tkazib revaktsinatsiya qilinadi (yana 0, 5 ml dan).


Qayd etilgan