Ixlos va Riyo  ( 8108 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 22:42:41

Assalomu alaykum!
Barchamiz ushbu mavzuni diqqat bilan o'qib o'rganib chiqaylik.Chunki a'mallarni qabul yoki qabul bo'lmasligi usha a'maldagi ixlosga bog'liqdir. Va a'mallarimizni Alloh ko'rib ,bilib turgani bilan kifoyalanaylik.
Alloh barchamizni RIYOdan saqlasin.




Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn Labid rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar: "œSizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir". "œKichik shirk nima, yo Rasulalloh?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œRiyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga ko‘ra jazolaydigan kunda ularga: "œDunyoda ular ko‘rsin uchun amal qilganlaring kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?" deydi".

Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning amallari dunyoda aldashlik bo‘ldi, ularga oxiratda o‘zlarining aldovi asosida muomala qilinadi. Alloh taolo aytganidek:

"œAlbatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab qo‘yguvchidir"
(Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, amallarining savobini botil qiladi va  ularga Alloh aytadi: "œKim uchun amal qilgan bo‘lsangizlar, o‘shalarga boringlar va  albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening huzurimda savob yo‘qdir".

Chunki bu amallar xolis Alloh uchun bo‘lmadi. Qachonki banda xolis Alloh taolo uchun amal qilsa, shundagina savob vojib bo‘ladi. Agar o‘sha amalda Alloh taologa boshqani sherik qilsa, Alloh bunday amaldan bezordir.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:06:30

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi:
Alloh taolo aytadi:Men sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal etgan kimsadan ham bezorman".
[/i]
Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman, deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi: "œKim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz". Ya’ni, kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. "œKim uchun", ya’ni kimni xohlasak, halok qilurmiz va "œkimniki xohlasak", dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. "œSo‘ng unga jahannamni joy qilib berurmiz". Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, "œunga kiradigan", ya’ni do‘zaxga kiradigan. "œMazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda", ya’ni Alloh taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. "œKimiki oxiratni istasa", ya’ni kim oxirat savobini istasa, "œoxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa", ya’ni Alloh taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, "œmo‘min bo‘lgan holda", ya’ni amal bilan birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: "œunday zotlar", ya’ni dunyoda riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... "œUnday zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir", ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:07:24

"œBu dunyoda odamlarning barchalariga — mana bularga ham, anavilarga ham Parvardigoringizning ne’matidan ato eturmiz", ya’ni ikki jamoaga — mo‘minlarga ham, kofirlarga ham Parvardigoringiz rizqidan beriladi. "œParvardigo-ringizning ne’mati man qilinmas" (Al-Isro, 18-20), ya’ni Parvardigoringizning rizqi bu dunyoda hech kimdan — mo‘min, kofir, yaxshi va yomondan man’ qilinmaydi.

Bu oyati karimada Alloh taolo, albatta kimiki Allohdan boshqa uchun amal qilsa, oxiratda unga savob yo‘qligini va borar joyi jahannam ekanligini bayon qildi. Kimiki Alloh taolo uchun amal qilsa, uning amali maqbuldir. Agar Alloh taolodan boshqasi uchun amal qilsa, unga amalidan foyda yo‘q, faqatgina, xabarda kelganidek, mashaqqat va qiynalish bor, xolos.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:20:31

 Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "œRo‘zador borki, uning ro‘zasida faqat ochlik va chanqoqlikdan boshqa hech qanday nasiba yo‘qdir. Sahar turuvchi borki, uning turishida faqat erta uyg‘onish va qiynalishdan boshqa hech nasiba yo‘qdir". Ya’ni, agar ro‘za va namoz Alloh taolo uchun bo‘lmasa, unga savob yo‘q.

Hukamolarning ayrimlaridan rivoyat qilinadi "œRiyo va dovruq uchun toat-ibodat qilgan kishining misoli cho‘ntagini toshga to‘ldirib bozorga  chiqqanga o‘xshaydi. Odamlar aytishadi: "œBu kishining cho‘ntagi qanchalar to‘la". Holbuki, unga insonlarning shu so‘zidan boshqa foyda yo‘qdir va agar biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsa, unga hech narsa berishmaydi. Riyo va dovruq uchun qilingan amal ham shunday. Oxiratda unga savob bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek:

"œ(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz" (Furqon, 23), ya’ni Alloh taolodan boshqasi uchun qilingan amallarning savobini yo‘q etib, ularni xuddi sochilgan to‘zondek qilgaymiz. (U to‘zon quyosh nurida ko‘rinadigan chang-g‘uborga o‘xshashdir).

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:21:19

Sufyon Savriydan, uning Mujohiddan eshitganlarini Vaki’ rivoyat qiladi. Aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir kishi keldi va: "œYo Rasulalloh men sadaqa qilmoqchiman va shu sadaqa bilan Allohnning roziligini topmoqchiman, meni yaxshi deyishlarini xohlayman", dedi. So‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi:

"œBas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, (ya’ni kim Alloh taoloning qudratidan qo‘rqib tursa va  Allohning savobini xohlagan bo‘lsa), u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani Unga sherik qilmasin (ya’ni, qiladigan amallarini yolg‘iz Alloh uchun qilsin)" (Kahf, 110).

Hakimlardan biri aytadi: "œKim yetti amalni yetti narsasiz qilsa, qilgan amali unga foyda bermaydi. Birinchisi, qo‘rquv bilan, ammo saqlanmasdan amal qilsa, ya’ni, albatta men Allohning azobidan qo‘rqaman, desa-yu, gunohlardan ehtiyot bo‘lmasa. Bas, bunday so‘z unga hech qanday foyda bermaydi. Ikkinchisi, talabsiz umid bilan amal qilsa, ya’ni men Alloh taoloning savobidan umid qilaman, deydi, ammo solih amallar bilan savobni talab etmaydi, uning so‘zidan  biror foyda yo‘qdir. Uchinchisi, qasdsiz niyat, ya’ni yaxshilik va toat-ibodatlar kabi amallar qilishlikni qalbida niyat etadi. Shuni qilishlikni o‘zi qasd qilmaydi, uning niyatidan biror foyda yo‘qdir. To‘rtinchisi, harakatsiz duo qilish, ya’ni yaxshi ishlarga muvaffaq etishni so‘rab Alloh taologa duo etadi, ammo harakat qilmaydi,  uning duosidan hech bir foyda yo‘q. Holbuki, Alloh taolo yordam qilishi uchun harakat lozimdir. Alloh aytadiki:

"œBizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir". (Ankabut, 69.)

Ya’ni, ibodat va dinda harakat qilgan kishilarni shunga erishtiraman, deyilmoqda.

Beshinchisi, pushaymonsiz istig‘for aytish, ya’ni Allohdan kechirishini so‘raydi-yu, ammo qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lmaydi. Pushaymonsiz kechirim so‘rash foyda bermaydi. Oltinchisi, oshkora amal qilib, maxfiy amal qilmaslik, ya’ni oshkora qilganida ishlarini yaxshi bajaradi va yashirin, maxfiy holda yaxshi bajarmaydi, bu holda oshkoraligi unga hech bir foyda bermaydi. Yettinchisi, ixlossiz ko‘p amal qilish, ya’ni toat-ibodatda harakatni ko‘p qiladi, tirishadi, lekin Alloh taologa ixlos bilan amal qilmaydi. Ixlossiz uning amallari foyda bermaydi. Bunday amalda o‘zini-o‘zi aldagan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:22:06

Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishicha, u zot aytadilar: "œOxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi (kitobning boshqa bir nusxasida: "œdunyoni tortadilar, jalb etadilar"), ya’ni din (nomi) bilan dunyoni yeydilar, (yana boshqa bir nusxada: "œdunyoni oladilar"), ya’ni dunyoni egallab oladilar, so‘ng yumshoqligi qo‘y terisidek liboslar kiyadilar. Ularning tillari shakardan shirinroq, qalblari esa bo‘rilarning qalbidek".

Alloh taolo aytadiki: "œMeni aldaysizlarmi yoki menga qarshi jur’at qilasizlarmi? (Jur’at qilish hech fikrlamasdan o‘zini qo‘rqmas, shijoatli ko‘rsatishdir) o‘zimga qasamki, albatta ularning ustiga bir fitnani yuborgayman, unda oqil-hakimlar lolu hayron qolgaydir".

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:22:31

Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambarimizning yonlariga bir kishi kelib: "œYo Rasulalloh, men bir amalni qildim, uni sir saqladim, so‘ng undan xabardor bo‘lib qolishdi, mana shu narsa meni quvontirsa, bu amalda menga savob bormi?" dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œBu ishda sen uchun sirligi va oshkoraligida — har ikkisida ham savob bor".

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:27:24

Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Hadisning ma’nosi shuki, albatta, bir kishi o‘zining ishini oshkor etsa va bu amalga biror kishi iqtido qilsa, ergashsa, bas, u kishi uchun ikkita savob bor: bittasi — uning o‘z amali uchun, ikkinchisi - shu amali bilan birovni ergashtirganligi uchun. Rasulalloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: "œKimiki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimiki urfda yomon bir ishni joriy etsa, o‘sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan kishining gunohi unga qiyomatgacha yetib turadi".

Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o‘zining ishi oshkora bo‘lganligi uchun quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo‘rqmog‘i kerak.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:27:41

Abdulloh ibn Muborak rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: "œAlbatta, maloikalar Allohning bandalaridan bittasining amalini  ko‘taradilar, so‘ng bu amalni ko‘paytiradilar va poklaydilar, to Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib, to‘xtaydilar. Ularga Alloh taolo: "œAlbatta, sizlar bandamning amalini saqlovchisizlar. Men esa bandamning ichida nima borligini kuzatuvchiman, muhaqqaq, bu bandam amalida Menga ixlos qilmadi, bas, uni sijjiynga (kofir va fosiqlar ruhi turadigan joy) yozing", deydi. Va yana bir bandaning amalini olib, ko‘tariladilar, u amalni oz va past sanashadi. Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib to‘xtaydilar. So‘ng Alloh taolo ularga: "œAlbatta, sizlar Mening bandamning amalini saqlovchisizlar va Men bandamdagi narsani kuzatuvchiman. Albatta, u bandam o‘z amalida Men uchun ixlos qildi, bas, uni illiyinga (solih bandalar ruhi turadigan joy) yozinglar", deb aytadi".

Bu xabar, albatta, Alloh taolo uchun qilingan oz amal Alloh taolodan boshqaga qilingan ko‘p amaldan yaxshiroq ekanligiga dalildir. Albatta, Alloh taolo o‘zining fazli bilan ixlos ila qilingan oz amalni ziyoda etadi. Alloh taolo aytganidek:


"œShubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato etur" (Niso, 40).

Ammo amali ko‘p bo‘lsa-yu, Alloh taolo uchun bo‘lmasa, bas, unday kishiga savob yo‘qdir va uning biror joyi jahannamdir.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:28:50

Shufay Asbahiy aytadi: Madinaga kirdim, qarasam, bir kishining oldida odamlar yig‘ilgan ekan. "œBu kishi kim?" deb so‘radim. "œAbu Hurayra", dedilar. So‘ng unga yaqinlashdim, u odamlarga gapirar edi va bir ozdan keyin gapini to‘xtatdi, so‘ng odamlar tarqalib, yolg‘iz o‘zi qolganda: "œAlloh taolo sizni eslasin, menga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan, yodlagan, o‘rgangan va bilgan hadislaringizni ayting", dedim. Abu Hurayra: "œO‘tir, senga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislarimni aytaman", dedi. Men bilan Abu Hurayradan boshqa hech kim yo‘q edi, keyin xo‘rsinib yig‘lab yubordi va hiqillagan, yuzlari qizargan holda bir oz vaqt turib qoldi, o‘ziga kelganidan so‘ng yuzlarini artdi. "œRasulullohdan eshitgan hadisni senga albatta aytaman", dedi, so‘ng yana xo‘rsinib yig‘lab yubordi va ozroq turib qoldi, keyin o‘ziga kelib, ko‘z yoshllarini artdi-da, aytib berdi: "œRasululloh sallallohu alayhi vasallam menga aytdilarki: "œAlbatta, Alloh taborak va taolo qiyomat kunida O‘zining yaratganllari orasida butun itoatli ummatga hukm qiladi. Birinchi, Qur’onni yod oldim deb da’vo qilgan kishiga, Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishiga va  moli ko‘p kishiga hukm qiladi. Alloh taolo (Qur’on yodlagan)  qoriga aytadiki: "œRasulimga  tushirgan narsani senga o‘rgatmadimmi?" "œO‘rgatding, yo Parvardigor", deydi. "œO‘rgatgan narsalarimdan nimalarga amal qilding?" deydi Alloh. "œKecha va kunduzlarda Qur’on o‘qishda qoim bo‘ldim" deydi. "œYolg‘on aytding!" deydi. Alloh taolo va maloikalar ham: "œYolg‘on aytding!" deydilar. "œBalki sen, falonchi qori, deyishlarini xohlagan eding va albatta shundoq deyishdi ham", degay va do‘zaxga olib borishlarini amr etgay. Dunyo egasiga: "œMen senga molu dunyo berdim, sen Men uchun nima amallar qilding?" deydi. Shunda u : "œMolimni silai rahmga sarfladim va sadaqalarga ishlatdim", deydi. "œYolg‘on aytding!" deydi Alloh taolo va maloikalar ham: "œYolg‘on aytding!" deydilar. "œBalki, falonchi saxiy kishi ekan, deyishlarini xohlagan eding va shundoq dedilar ham", degay hamda do‘zaxga olib borishlarini buyurgay. So‘ng Alloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan kishini keltiradilar. Unga: "œNima uchun o‘ldirilding?" deydi. "œSenning yo‘lingda jang qildim, hatto o‘ldirildim", deydi. "œYolg‘on aytding!" deydi Alloh taolo va maloikalar ham: "œYolg‘on aytding!" deydilar. "œBalki seni "œFalonchi jasur" deyishlarini xohlagan eding. So‘ng shun-day deyishdi ham", degay.  Va do‘zaxga olib borishlari amr etgay... "œKeyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tizzamga qo‘llari bilan urib: "œEy Abu Hurayra, bu uch turli kishilar ular bilan qiyomat kuni jahannam qizdiriladigan Allohning ilk maxluqlari", dedilar. So‘ng bu xabar Muoviyaga yetgach, qattiq yig‘ladi. "œAlloh va uning rasuli to‘g‘ri aytadi", dedilar. So‘ng bu oyati karimani o‘qidi:

"œKim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zeb-ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarining (ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon krmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir"
(Xud, 15-16).

Abdulloh ibn Xubayiq Antokiy aytadi: "œBandasi o‘zining amali savobini so‘ragan vaqtda Alloh taolo bandasiga: "œSening qilgan amallaring savobini yorug‘ dunyoning o‘zida berib tugatmadikmi? Yig‘ilishlarning to‘ridan joy bermadikmi? Dunyo tasarrufiga seni boshliq qilib qo‘ymadikmi? Savdo-sotiq ishlariga rivoj bermadikmi? Shu va shunga o‘xshashlari bo‘lmadimi?" deydi.

Qayd etilgan