Muallif Mavzu: Gen — insoniyat haqidagi kutubxona  ( 10702 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Gen — insoniyat haqidagi kutubxona
« : 21 Iyun 2006, 19:55:39 »
Ilm-fanda yangi portlash:
GEN — INSONIYAT HAQIDAGI KUTUBXONA



Genlarimiz biz qaerdan kelib chiqqanimizni biladi
Balki ishonmassiz, ammo istasangiz o‘zingiz asli qaerdan kelib chiqqaningiz haqidagi savolga javob topishingiz mumkin. Buning uchun hozir IBM korporatsiyasi va AQSh milliy geografiya jamiyati hamkorligida o‘tkazilayotgan sinovlarda ishtirok etishingiz kerak. Olimlar tarixda birinchi marta insoniyatning eng batafsil genetik portretini yaratishga kirishdi. Sayyoramizning turli nuqtalarida tashkil etilgan maxsus laboratoriyalar xohlovchilardan genetik shaklni qabul qilib, ularning DNK tuzilishini o‘rganmoqda va gen egasi naslining kelib chiqishini aniqlamoqda. Mazkur tadqiqot ayni paytda 60 ming yil muqaddam Afrika qit’asini tark etgan insoniyatning ko‘chishlar tarixini aniqlash imkonini ham beradi.
DNK molekulasidagi oqsillarning joylashuv tartibi — har bir insonda o‘ziga xos bo‘lib, bizning genetik kodimiz hisoblanadi. U har bir tirik hujayramizda mavjud bo‘ladi, uning yordamida ko‘zlarimiz, sochlarimiz rangi, tana tuzilishimiz va xarakterimiz, kasalliklarimiz, hatto odatlarimiz ham farzandimizga “o‘tadi”. Shu tariqa, DNK tarkibidagi Y-xromosomalar va ajdodlardan deyarli hech qanday o‘zgarishsiz ko‘chib o‘tayotgan mitoxondrial DNKlar orqali butun insoniyat tarixini kuzatish mumkin.
Ushbu Yer sayyorasining genetik xaritasini yaratish tajribalarida yuz minglab insonlar ishtirok etmoqda. Darhaqiqat, bu qadar katta miqyosda o‘tkazilayotgan tadqiqot tarix, kimyo, biologiya, anatomiya, antropologiya, psixologiya singari fanlarda haligacha ochilmagan juda ko‘plab savollarga javob topib berishi shubhasiz.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Gen — insoniyat haqidagi kutubxona
« Javob #1 : 21 Iyun 2006, 19:56:03 »
Ilk qadam
Endi DNKni o‘rganish tarixiga nazar tashlasak.
...50-yillar boshida ingliz kimyogari Rozalind Franklin birinchi bor DNK molekulasini rentgen yordamida fotosuratga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu suratlar keyinroq doktor Moris Uilkins, Jeyms Uotson va Frensis Krik yordamida tadqiq qilindi. Uzoq o‘rganishlardan keyin olimlar mazkur g‘alati suratda qo‘sh spiral, zinani eslatuvchi parallel zanjirlar tasviri borligini isbotladilar. 1962 yilda olimlarning har uchalasi ham mazkur kashfiyot uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Surat muallifi Rozalind esa bungacha yetib bora olmadi. U 1958 yilda — 38 yoshida nurlanish tufayli yuzaga kelgan rakdan vafot etgandi.
...Insonning genetik izlari haqida birinchi bo‘lib 80-yillarda gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. O‘shanda Buyuk Britaniyada, keyinroq sobiq SSSRda har bir odam uchun o‘ziga xos bo‘lgan gen-markerlar mavjud bo‘lishi aniqlangan edi.
...1987 yilda DNK tuzilishi yordamida birinchi jinoyatchi qo‘lga olindi. DNK izi sudda dalil sifatida ilk bor 1989 yilda ishlatilgan.
...Genlar yordamida davolash ham 80-yillarda boshlangan. Ammo bu usulning “tug‘ilgan kuni” 1990 yil 14 sentyabr hisoblanadi. Shu kuni kamdan-kam uchraydigan nasliy kasallik bilan xastalangan 4 yoshli qizcha gen terapiyasi yordamida, hech qanday dori-darmonsiz (!) davolangan edi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Gen — insoniyat haqidagi kutubxona
« Javob #2 : 21 Iyun 2006, 19:56:26 »
“Nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya!”
DNK allaqachon biznesga aylanib bo‘ldi. Hozirdanoq uning orqasidan pul ishlayotganlar ancha ko‘payib qoldi. Mana, ularning ba’zilari bilan tanishing:
...Britaniyadagi DeSigNAgifts (nomini “Dizayn, DNK, sovg‘alar” deb talqin qilish mumkin) firmasi odamlarga ajoyib mahsulot taklif qilmoqda. Firma buyurtmaga qarab mijoz DNKsi aks ettirilgan jismlarni tayyorlab beradi. Masalan, siz do‘stingizning DNK xaritasi aks etgan zanjir, idish, oyna, gilamcha, yoritgich, ko‘ylak va boshqa narsalar yasatishingiz mumkin. Albatta, buning uchun do‘stingizning rasmiy roziligi talab etiladi. Qolaversa, bu jismlarda butun DNK ko‘rinishi aks etmaydi.
...Agar bu kamlik qilsa, DNK xaritangizni to‘laligicha qog‘ozga tushirishingiz ham mumkin. Faqat hozircha mazkur buyurtma uchun 20 million dollar atrofida pul sarflash kerak bo‘ladi. Ammo Garvard universiteti olimi Jorj Cherch bu narxni kamaytirish borasida allaqachon ish boshlab yuborgan. Uning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda DNK xaritasini ming dollar evaziga istalgan buyumga “chizib berish” imkoniyati paydo bo‘ladi.
...Olimlarning taxminiga qaraganda, 2010 yillarga borib har kim o‘z genomini sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Gen — insoniyat haqidagi kutubxona
« Javob #3 : 21 Iyun 2006, 19:56:46 »
DNK tadqiqotlarining hayratomuz natijalari
So‘nggi 25-30 yil davomida olib borilgan to‘xtovsiz izlanishlar, inson va ayrim jonzotlar DNK tuzilishi tahlillari ilm-fanga mutlaqo kutilmagan natijalarni taqdim qildi.
...Inson miyasi hamon rivojlanishda davom etmoqda! Bunga miyadagi ikkita gen mas’ul bo‘lib, ular tabiiy tanlanish jarayonini boshqarib turadi. Natijalarni bir-ikki million yildan so‘ng ko‘rsa bo‘ladi.
...Soch to‘kilishining oldini olish mumkin. Olimlar tuki to‘kilgan sichqonning sochlarga javob beruvchi genini qaytarib qo‘yishgach, uning tuklari yana qaytadan o‘sa boshladi. “Sochsiz” deb nom berilgan ushbu gen, tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, sichqonlar va odamlarda bir xil faoliyat ko‘rsatadi va 50 yoshga kirganda erkaklarning yarmida ishlashdan to‘xtaydi (to‘g‘ri, soch to‘kilishining boshlanishida boshqa omillar ham rol o‘ynaydi).
...Matematika va o‘qish qobiliyati ham genlarda mujassam. 6000 nafar egizak tekshirib ko‘rilgach, bu fakt tasdiqlandi.
...Britaniyada har 25 otadan biri birovning bolasini boqayotgan ekan. Erkaklarni ilmiy asosda emas, balki o‘z talabi bilan, masalan, sud jarayonlari, ajralishlar, davolanish maqsadida tekshirgan olimlar shunday xulosaga kelishdi.
...Mast bo‘lish uchun ko‘proq suv ichadiganlar ham buning uchun “bosh og‘rig‘i” deb nom berilgan genga rahmat aytishi kerak.
...Inson miyasining aynan shunday tuzilganiga sabab shuki, bizda oqsillar miya kattalashgan paytdagina qayta ishlanadi. Asosan, chaqaloqlik paytimizda faol kuzatiladigan bu jarayon uchun mas’ul bo‘lgan alohida genlar mavjud ekan.
...Mallasoch ayollar og‘riqni kamroq his qiladilar. Chunki barcha mallasoch ayollardagi og‘riqqa javob beruvchi genlar nasliy emas, balki mutatsiya natijasida paydo bo‘lib qolgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Gen — insoniyat haqidagi kutubxona
« Javob #4 : 21 Iyun 2006, 19:57:16 »
DNK ko‘rsatayotgan ajoyibotlar
...Yaqinda 15 yoshli bola uyidan chiqmay turib o‘z otasini topib olgani haqidagi xabar katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. U anonim donor yordamida homilador bo‘lgan ayolning farzandi edi. Onasidan otasi haqidagi taxminiy ma’lumotlar (ayol “ota”ning tug‘ilgan yili va ma’lumotinigina bilar edi)ni bilib olgach, o‘z DNK namunasini genealogik daraxtni tiklash (DNK yordamida nasliy shajarani aniqlash) xizmatiga yubordi. Boshqa idoradan esa bola xuddi o‘sha kun tavallud topgan erkaklar ro‘yxatini oldi. Bola DNKsidan olingan Y-xromosomalar yordamida esa otaning taxminiy familiyasi aniqlandi... Qarabsizki, 10 kundan so‘ng u o‘z otasiga qo‘ng‘iroq qildi. Xabarlarda bu qo‘ng‘iroqqa kutilmaganda “ota”ga aylangan odam qanday munosabat bildirgani aytilmagan.
...DNK analizi ayrim hollarda bir-biridan ayrilgan oilalarga ham yordam bermoqda. 2004 yilda Indoneziyada yuz bergan tsunamidan so‘ng “81-bola” topildi. (Shifoxonaga olib kelingan bolalar shartli ravishda shunday atalgan.) O‘shanda farzandidan ajralgan ko‘plab ota-onalar bu bola meniki, deb da’vo qilishdi. Oxir-oqibat, bolaning haqiqiy ota-onasi aslida kim ekanligi genetik ekspertiza yordamida aniqlandi.
...Bir yarim million nafar xitoylik bir odamning avlodi ekan. Olimlarning fikricha, bu odam Xitoyning shimoli-sharqida Kinglar sulolasiga asos solgan imperator Nurachining bobosi Jokanga ekan. Mamlakat viloyatlaridan birida yashovchi minglab xitoyliklarning Y-xromosomalarini tadqiq qilib, genetiklar ularning genida familiya bilan bog‘liq o‘xshashlik borligini aniqladilar. Va ularning umumiy ajdodi taxminan 500 yil avval — aynan Kinglar sulolasi yuzaga kelgan vaqtda yashaganligi ma’lum bo‘ldi. Jokanganing nabirasi bo‘lgan imperatorning ko‘plab xotin va joriyalari bo‘lganligi, turmush sharoiti esa juda yuksak darajada ekanligi sababli, uning o‘nlab farzandlari «o‘zidan ko‘payib ketgan». Shu tariqa, bizning kunlarimizgacha ularning bir yarim million avlodi yetib keldi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Gen — insoniyat haqidagi kutubxona
« Javob #5 : 21 Iyun 2006, 19:57:38 »
Eng so‘nggi yangiliklar
...DNKni ajratib olish uchun o‘zingizning istalgan “qismingiz” (qon, so‘lak, ter, soch, teri va boshqalar) kifoya. Uning ichida bir necha tirik hujayra bo‘lsa yetarli. Molekulyar-biologik analiz esa siz insoniyat DNK kutubxonasining qaysi qismini “ko‘tarib” yurganingizni aniqlab beradi.
...Bu kutubxona qanday tartiblashtirilgan? Har bir hujayrada yadro bo‘lib, bu yadro ichida “xromosoma” deb ataluvchi 46 ta molekula bo‘ladi (otadan 23 ta, onadan 23 ta). Bu molekulalar o‘z navbatida nukleotidlardan tarkib topadi. Insonning bitta hujayrasida 6 milliardga yaqin nukleotid juftlari bo‘lib, ularda nasl haqidagi axborot saqlanuvchi 30 ming gen mavjud. Har birimizning genlarimiz o‘z hajmiga ko‘ra boshqalarnikidan farqlanadi, shuningdek, ularning soni ham har kimda har xil — bir necha ming juftdan bir necha milliongacha. Bu genlar bizning hujayralarimizni boshqaradi, qaysi hujayra qanday a’zo bo‘lishini “aytib turadi”. Ularning boshqaruvi ostida ayrim hujayralar mushaklarga, suyaklarga, boshqalari esa muskullarga aylanadi. Shuningdek, har bir gen muayyan oqsilning tayyorlanishida o‘ziga xos retsept hisoblanadi.
...Inson xromosomasidagi nukleotidlarning faqat 2%igina genlarni tashib yuradi. Qolgani esa — ortiqcha mahsulot. Biroq, keyingi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ana shu ortiqcha mahsulot organizmning yashovchanlik darajasiga ta’sir qilar hamda jonli mavjudotlar o‘rtasidagi o‘zaro farqlarni belgilab berar ekan.
...Agar bir insondagi barcha hujayralar (bor-yo‘g‘i 50 trillion atrofida) ichidan DNKni ajratib olib, bir qator qilib tizib chiqsak, bu zanjir Yerdan Oygacha 130 ming marta borib kelishi mumkin!
...DNK “ipi” (genlarni bir tekis ushlab turuvchi zanjir) sochimiz tolasidan 2000 marta kichik.
...Inson genomi, ya’ni yaxlit DNKdagi genlar ilk bor to‘laligicha 2003 yilda “tarjima qilingan”. 800 million dollarga tushgan bu loyiha ustida 10 mingdan ziyod olimlar 15 yil mehnat qilishdi.
...Sut emizuvchilar o‘rtasida ikkinchi bo‘lib kalamushning genomi to‘liq tarjima qilindi. Keyin esa sichqon. Yaqinda ular qatoriga shimpanze ham qo‘shildi.
...Genlarga qarab shuni aytish mumkinki, barcha insonlar bir-biriga 99,99% o‘xshar ekan.
...Yaqinda olimlarning xalqaro guruhi Afrika, G‘arbiy Yevropa va Uzoq Sharqda istiqomat qiluvchi 300 000 insonni tekshirib, insoniyat genomidagi asosiy kombinatsiyalar (murakkab bog‘lanishlar) xaritasini tuzib chiqishdi. Endi, bu xarita yordamida doktorlar juda ko‘plab kasalliklarga tez va oson tashxis qo‘yishi mumkin.
Ana shunaqa gaplar. Genetika fanidagi bu kashfiyot butun ilm-fanda ulkan burilish yasadi. U ayniqsa, biologiya va meditsinada yangi ufqlar ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Eng muhimi, insoniyat genomini o‘rganish odamning naqadar mukammal mo‘jizaviy jonli mavjudot ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Botirjon G‘OFUROV
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

 

Chek olishni unutmang, yohud istemolchilar huquqini himoyalash haqidagi qonunnin

Muallif Otabek NuritdinovBo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4325
So'nggi javob 12 May 2008, 23:16:12
muallifi Otabek Nuritdinov
Insoniyat tarihidagi eng buyuk inson kim?

Muallif Bobomurod-maxBo'lim Umumiy

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4371
So'nggi javob 17 Iyul 2009, 16:05:10
muallifi Bobomurod-max
TERMA JAMOAMIZ HAQIDAGI HAQIQAT

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Futbol

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3070
So'nggi javob 03 Avgust 2009, 13:41:17
muallifi ЖАМШИДЖОН
Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?

Muallif AnsoraBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 12589
So'nggi javob 26 Sentyabr 2011, 15:55:58
muallifi Musannif Adham
TIBBIY KUTUBXONA bo'limidagi mavzular ro'yxati (mundarija)

Muallif MuhojiraBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 9038
So'nggi javob 27 Yanvar 2013, 22:52:18
muallifi Ganisher