Qizamiq  ( 11136 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  05 Yanvar 2008, 07:47:00

QIZAMIQ

Qizаmiq — bu o’tkir yuqumli virusli kаsаllikdir. Qizаmiq Yer kurrаsidа eng kеng tаrqаlgаn infеksiyadir. Butunjаhоn sоg’liqni sаqlаsh tаshkilоtining (BSST) mа`lumоtlаrigа ko’rа, hаr yili kаmidа 40 mln dаn оrtiq kishi qizаmiq bilаn оg’riydi, birоq ulаrning 10% qismiginа ro’yxаtgа оlinаdi.
Qizаmiq — tоshmа tоshаdigаn vа jiddiy аsоrаtlаr qоldirаdigаn yuqumli kаsаlliklаrning eng tеz yuqаdigаnidir. Аgаr qizаmiq bo’lmаgаn yoki emlаnmаgаn kishi kаsаl kishi bilаn muоmаlа qilsа, qizаmiqning yuqish ehtimоli 100%gа yaqinlаshib qоlаdi.
Qizаmiqqа chаlinishi mumkin bo’lgаnlаr guruhi
Qizаmiq 2-5 yashаr bоlаlаrgа hаm, kаttаlаrgа hаm yuqаdi. Birоq so’nggi yillаrdа bu kаsаllikning o’smirlаr vа kаttаlаrdа uchrаshi kеskin kuchаygаn. Yangi tug’ilgаn chаqаlоqlаrdа оnаlаridаn o’tgаn tug’mа immunitеt bo’lаdi. Аgаr оnа ilgаri qizаmiq bilаn оg’rigаn bo’lsа vа undа immunitеt hоsil bo’lgаn bo’lsа, bоlа bir yoshgа еtgunchа, аyniqsа оnа sutini emаyotgаn bоlаlаr оnа immunitеti bilаn himоyalаngаn bo’lаdi. Bundаy bоlаlаr qizаmiqni оsоn o’tkаzаdi vа shundаn so’ng ulаrdа qizаmiqqа qаrshi mustаhkаm immunitеt hоsil bo’lаdi.
Kаsаllаnish mаvsumi
Qizаmiq ko’pchilik hоllаrdа dеkаbr-mаy оylаri dаvоmidа uchаydi.
Qizаmiq qаndаy yuqаdi
Qizаmiq hаvо-tоmchi yo’li оrqаli yuqаdi. Qizаmiqning virusi tаshqi muhitgа bеmоr kishi аksа urgаndа, yo’tаlgаndа vа so’zlаshgаndа yuqоri nаfаs yo’llаridаn so’lаk tоmchilаri bilаn birgа chiqаdi. Qizаmiq virusi tаshqi muhitdа ikki sоаt dаvоmidа sаqlаnishi mumkin, shuning uchun u ikki sоаt аvvаl bеmоr kishi o’tirgаn xоnаgа kirgаn sоg’lоm kishigа hаm yuqib qоlishi mumkin. Qizаmiqqа chаlingаn kishi tоshmа tоshishidаn 2-4 kun оldin yuqumli bo’lib qоlаdi vа kаsаllik o’tkir kеchаdigаn dаvri dаvоmidа infеksiya mаnbаi bo’lib qоlаvеrаdi.
Inkubаtsiya dаvri o’rtаchа ikki hаftа dаvоm etаdi. Bu dаvr 7 kundаn 28 kungаchа dаvоm etishi mumkin. Kаsаllikning 5-6 kunigа kеlib uning virusi оg’iz-hаlqum bo’shlig’idаn qоngа o’tаdi vа оrgаnizmning bаrchа оrgаnlаri vа to’qimаlаrigа tаrqаlаdi.
Qizаmiq virusi ko’prоq nаfаs оlish tizimi, оshqоzоn vа mаrkаziy аsаb tizimi to’qimаlаrini zаrаrlаydi.
Kаsаllikning birinchi bеlgilаri
"¢ Yuqоri hаrоrаt (40,5°C gаchа)
"¢ Оg’iz bo’shlig’i vа yuqоri nаfаs yo’llаri shilliq pаrdаlаrining yallig’lаnishi
"¢ Kоn`yunktivit
"¢ Tоshmа. Tоshmа kаsаllikning uchinchi kunidа pаydо bo’lаdi vа kеyingi uch kun ichidа butun tаnаgа tаrqаlаdi, so’ng uch kun ichidа birоz dоg’lаr qоldirib, yo’qоlib kеtаdi.
Qizаmiqning аsоrаtlаri
Qizаmiqning eng xаvfli jihаti — uning аsоrаtlаridir. Uning аsоrаtlаri qаtоrigа lаringit (hаlqumning o`tkir yallig`lаnishi), lаringоtrаxеоbrоnxit (nаfаs yo’llаrining infеksiyasi), pnеvmоniya (o`pkаning yallig`lаnishi), оtit (o`rtа qulоqning yallig`lаnishi), tеpki (hаlqumning zаrаrlаnishi), bоsh miyaning yallig’lаnishi (ensеfаlit), miоkаrdit (yurаk mushаklаrining yallig’lаnishi).
Qizаmiqning dаvоlаnishi
Bu kаsаllikdаn fаqаt o’z vаqtidа emlаtish оrqаli himоyalаnish mumkin.
Qizаmiq bilаn оg’rigаn bеmоrlаrning qоrоng’irоq xоnаdа tinch yotishlаrini tа`minlаsh zаrur (kоn`yunktivitdа o’tkir yorug’lik kuchli оg’riq bеrаdi). Оg’iz chоy sоdаsining eritmаsi bilаn chаyqаb turilаdi, аsоrаtlаrning оldini оlish uchun ko’zlаrgа sul`fаsil vа bоshqа аntibаktеriаl tоmchilаr tоmizib turilаdi.
Pnеvmоniya yoki bоshqа bаktеriаl аsоrаtlаr rivоjlаngаn tаqdirdа аntibiоtiklаr qаbul qilish tаvsiya qilinаdi. Kаsаllikning оldini оlish vа dаvоlаsh uchun kаttа dоzаlаrdа А vitаminidаn fоydаlаnish mumkin (fаqаt shifоkоr nаzоrаti оstidа!)
Qizаmiqning оldini оlish
Bugungi kundа qizаmiqdаn аsоrаt qоlmаsligi vа hаttо o’lim hоlаtlаri vujudgа kеlmаsligi uchun ko’pginа mаmlаkаtlаrdа qizаmiqqа qаrshi mаjburiy prоfilаktik emlаshlаr jоriy qilingаn. Emlаshdаn so’ng hаttо kаsаllik yuqqаn tаqdirdа hаm u аsоrаtsiz, еngil shаkldа kеchаdi.
1963 yildа qizаmiq vаksinаsi ishlаb chiqilgаch, bu kаsаllikning bilаn оg’rigаn vа vаfоt etgаnlаr sоnini yuzlаb mаrоtаbа kаmаytirishgа erishildi. Birоq bugungi kundа hаm qizаmiq tufаyli hаr yili butun dunyo bo’yichа 900 ming bоlа nоbud bo’lmоqdа. Qizаmiq epidеmiyasi hоlаtlаrining аksаriyati (dеyarli 95%) qizаmiqqа qаrshi emlаtish dаrаjаsi pаst bo’lgаn 33 tа Аfrikа vа 12 tа Оsiyo mаmlаkаtlаridа — jаmi 45 tа mаmlаkаtdа yuz bеrmоqdа. Birоq rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа hаm bа`zаn bu kаsаllik to’sаtdаn pаydо bo’lib turibdi.
O’zbеkistоndаgi vаziyat
So’nggi yillаrdа O’zbеkistоndа yoshlаr o’rtаsidа qizаmiqqа chаlinаyotgаn sоnining kеskin оrtgаnligi kuzаtilmоqdа. Mаsаlаn, 2004 yildа 56 kishi qizаmiq bilаn оg’rigаn bo’lsа, 2006 yilning 9 оyi dаvоmidа 352 kishining qizаmiq bilаn kаsаllаngаnligi аniqlаndi.


Qayd etilgan


elnura  22 Iyul 2010, 17:39:04

Bu kasallik yosh bolalarda ko`proq bo`ladi. U o`tkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Bunda inson organizmida haroratning yuqori darajada ko`tarilib ketishi, yuqori nafas yo`llarining shamollashi, ko`z pardalari, og`iz bo`shlig`ining yallig`lanishi va teriga qizil yirik dog`li toshmalr toshishi bilan harakterlanadi. Hozirgi vaqtda qizamiqqa qarshi emlash ishlari yo`lga qo`yilgan bo`lib, u nisbatan kam uchraydigan kasalliklardan hisoblanadi.
Qadimgi vaqtda qizamiqqa qarshi davo usullari tabiiy vositalardan izlangan. Shunday o`simliklardan biri gultojiho`roz o`simligi hisoblangan. Undan tayyorlangan damlama qizamiqni davolashda juda muhim hisoblanadi.

Qayd etilgan


Habibilloh  22 Dekabr 2010, 17:04:28

Qizamiq
[/b][/color]

Qizamiq - morbilli - asosan bolalik davrida uchraydigan, haroratning yuqori darajalargacha ko'tarilishi va xarakterli davriy toshmalar toshishi bilan xarakterlanadigan o'tkir infektsion kasallik hisoblanadi.
Etiologiyasi. Qo'zg'atuvchisi miksoviruslar guruhiga kiruvchi qizamiq viruslari bo'lib, u tashqi muhitning fizik omillari ta'siriga haddan ziyod chidamsizdir. Odam organizmidan tashqarida virus tez halok bo'lishini hisobga olib qizamiqda dezinfektsiya ishlari qilinmaydi.
Qizamiq virusining o'ta "uchuvchan" bo'lishi ham xarakterli bo'lib, u eshik qulflarining kalit solinadigan teshiklaridan, tirqishlardan havo oqimi bilan, isitish trubalari atrofidagi kamgaklar orqali pastki qavatlardan yuqori qavatlarga tarqalaveradi.
Aksari 1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar qizamiq bilan ko'proq kasallanadi. Yoshiga yetmagan bolalar bilan maktab yoshidagi bolalar qizamiq bilan kamroq og'rishadi.
Qizamiq bilan og'rigan odam infektsiya manbai hisoblanadi va u prodromal davrining 1 kunidan boshlab to qizamiq guli (toshmasi) paydo bo'lganidan keyingi 4 kungacha yuqumli bo'lib turadi. Kasallik havo-tomchi yo'li orqali yuqadi. Qizamiq odatda uchinchi odam orqali yuqmaydi. Qizamiq bilan og'rib o'tgandan so'ng bir umrlik turg'un immunitet paydo bo'ladi. Ikkinchi marta qizamiq bilan kasallanish hollari juda kam uchraydi.
Klinikasi. Qizamiqning inkubatsion davri ko'pincha 9-10 kun, ba'zan u 17 kungacha cho'zilishi mumkin (boshqa kasalliklar-skarlatina, sil meningiti qo'shilganida va hokazo). Qizamiqqa qarshi emlangan va davolash uchun qon yoki plazma qo'yilgan bolalarda inkubatsion davr 21 kungacha cho'zilishi mumkin.
Kasallikning prodromal davri 3-4 kun davom etadi, bu davrda tana harorati ko'tarilib, umumiy ahvol o'zgarib qoladi, burunda seroz, yiringli rinit belgilari, hiqildoqda soxta krupgacha boradigan darajadagi laringit belgilari, ko'zlarda konyunktivit, yorug'likka qaray olmaslik, ba'zan blefaroplazm kabi o'zgarishlar kuzatiladi.
Qizamiqning xarakterli simptomi Belskiy-Filatov-Koplik simptomi bo'lib (20-rasm), lunjlarning shilliq pardasida pastki ikkinchi ko'rak tishlar qarshisida qizil gardishcha bilan o'ralib turadigan mayda-mayda nozik oq dog'chalar paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Hammadan barvaqt paydo bo'ladigan va shubha tug'dirmaydigan ushbu simptom qizamiq toshmasi (guli) paydo bo'lishidan 2-3 kun ilgari paydo bo'lib, toshma toshganidan keyin 1-2 kunlari yo'qolib ketadi.
Enantema kasallikning ikkinchi muhim simptomi bo'lib (21-rasm), yumshoq va qattiq tanglayning oqish shilliq pardasida qizil dog'lar paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi.
turadi, uyqu buziladi, ishtaha pasayib, bola tajang, injiq bo'lib qoladi. Katta yoshdagi bolalarda prodromal davrning oxirida bosh og'rig'i, lanjlik paydo bo'lib, bola ko'pincha qusib turadi, burni qonaydi, qornida tarqoq og'riqlar paydo bo'ladi.
Gul toshish davri (kasallikning 4-5 kuni) bemor haroratining qaytadan ko'tarilishi (39-40°S gacha), intoksikatsiya va shilliq pardalardagi o'zgarishlaming zo'rayishi bilan boshlanadi. Toshmalar dog'simon papulez xarakterga ega bo'lib, davriy, ya'ni yuqoridan pastga tomon tarqalib boradi, yo'qolib ketganidan keyin o'rnida pigmentatsiya qoldiradi (bu pigmentatsiya 5-8 kun saqlanib turadi).
1-kuni toshma bolaning yuzi, boshi, bo'yniga, 2-kuni butun gavdasiga, 3-kuni esa qo'1-oyoqlariga toshadi (22-rasm). Toshma toshgan teri nam bo'lib turadi, ter va yog' bezlarining sekretsiyasi kuchayadi. So'ngra temperatura kritik yoki litik tarzda pasayadi, umumiy ahvol yaxshilanib qoladi, kataral belgilar susayadi.
Qizamiqning yengil formasi nisbatan osoyishta o'tadi, asoratlari kamdan-kam bo'ladi, kasallikning bu formasi 4-5 oylik bolalarda ko'proq uchraydi.
Qizamiqning og'ir formasi 4-5 yoshdan kattaroq bolalarda kuzatiladi, yorqin ifodalangan umumiy intoksikatsiya bilan, ba'zan entsefalitik yoki meningoentsefalitik sindrom, burundan ko'p qon kelib turishi bilan birga davom etadi.
Qizamiqqa qarshi gamma-globulin bilan vaqtida emlangan bolalarda qizamiqning mitigirlangan yoki yengil formasi uchraydi.
Qizamiqda laringit, stomatitlar, otoantritlar, entsefalitlar, keratitlar, rinitlar kabi asoratlar kuzatiladi. Bu asoratlar qizamiqda bo'ladigan o'lim hollarining birdan-bir sabablari bo'lib, so'nggi yillarda ancha kam uchramoqda.

Qayd etilgan


Habibilloh  22 Dekabr 2010, 17:08:02

Qizamiq(davolanishi va parvarishlanishi)

Qizamiqda toza havodan ko'proq bahramand bo'lish (xonani tez-tez shamollatib turish), vaqtida ovqatlanish (hamisha bir vaqtda) katta ahamiyatga ega. Ovqat yengil singiydigan, A, VI, S vitaminlarga boyitilgan bo'lishi, hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan bolalarni imkon qadar ko'krak berib boqish, ularga meva va sabzavot suvlari berib turish lozim.
Qizamiqning o'tkir davrida ko'z va og'iz bo'shlig'iga diqqat bilan qarab borish kerak. Ko'zga kuniga 1 - 4 mahal 1 - 2 tomchidan steril baliq moyi yoki vazelin moyi tomizib turish, ertalab va kechqurun ko'zni furatsillin eritmasi yoki moychechak damlamasi bilan yuvib turish kerak. Ovqatdan keyin har safar og'izni chayqash yoki bolaga suv ichirib yuborish tavsiya etiladi. Og'iz va burunni artish mumkin emas. Burunga dog' qilinib, sovutib qo'yilgan o'simlik moyi yoki vazelin moyi, ko'p shilimshiq kelganida esa sanorin, naftizin eritmasi tomizib turiladi.
Kasallikning boshidan oxirigacha askorbinat kislotasi 0, 1 0, 2 g dan kuniga 2 -3 mahal, 0, 005 g dan kuniga 2 mahal vitamin VI (ichish uchun), kuniga 1 -2- 3 tomchidan vitamin A berib boriladi. -
Badan terisini toza tutish maqsadida gigienik vannalar, sochiq ho'llab badanni artib turish, yuvinib turish tavsiya etiladi.

Qayd etilgan