MUXABBAT FASLI  ( 101162 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 18 B


intirest  09 Yanvar 2008, 16:13:12

   Muxabbat bog'iga kirmadim bir bor,
   Suyib bir gulga qo'l urmadim bir bor.
   Endi tunlar yig'lar menga qo'shilib,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.



Biri biroviga o'xshamas , yo rab,
Ko'zimning yoshlari to'xtamas, yo rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab...
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.



   Birin erkalayman dudog'im bilan,
   Birisin erkalab nigohim bilan.
   Yasharman savobu gunohim bilan,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.



Birin hur deyinmi, birin guloyim,
Suymaganim suy6ganimdan muloyim.
Bu qanday ko'rgilik ekan xudoyim,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.



   Daryoman, ikkita qirg'oqda ko'zim,
   Tovonimda bo'zim, tomoqda bo'zim.
   Ikki o't ichida qiynoqda o'zim,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 16:22:51

To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal,
Majnuntol singari yoyma sochingni,
Mening gunoximni kechergil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko'tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga xam achin.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 16:27:12

Kipriklar yoshlanarkan ko'zni sog'inib,
Dudoqlar g'ashlanarkan so'zni sog'inib.
Suxbatni sog'inib yashaydi ko'ngil,
Men-ku yashayapman sizni sog'inib.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 16:36:51

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim,
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Jonu dildan sevdirib sevib
Nozli-nozli boqqan xam o'zing,
Lablarimga labingni qo'yib
Qalbimga o't yoqqan xam o'zing.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim.
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Endi boshqa bizni yo'limiz,
Qo'ygil yolg'on va'dalaringni,
Uzatsak xam yetmas qo'limiz
O'z yoringdan kutgil baxtingni.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 16:57:13

Oydin tunda oy nurida cho'milgan qiz,
Yuzlab nigox girdobiga ko'milgan qiz.
Nozlar qilsa qoroqlari yumilgan qiz,
Men sen uchun, sen men uchun yaralganmiz.

Oshiq sanab adshdingmi sanog'ingdan,
Qo'ygil endi qor yog'masin qabog'ingdan.
Izn bergil labim kuysin yanog'ingdan,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Aytgil  tokay uyalasan xayoligim,
Qalbi sirli sevgisidan sadoligim,
Butun olam sezib qo'ydi shaydoligim,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Extirosdan entikasan xayot go'zal,
Bandidirsan muxabbatga naxot go'zal,
Ko'ngling menda yashirmagil xayxot go'zal,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.


Xaqlidirsan bo'lmoqlikka sen g'ururli,
Xurkak o'tli nigoxingdan dunyo nurli,
Sexrli bir tuyg'u borki u shuurli,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 17:01:25

Armon qaro tun bo'lsa,
Visol ishqi tong.
Xijron ayozli qish bo'lsa,
Diydor so'lim baxor.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 17:14:40

Seni kutib yashayman jonu-jaxonim,
Xayolimda sensan tunlarim bedor,
Vaslingga yetsam gar qolmas armonim,
Yo'lingga bunchalar qilma intizor.

Yashayman chin dildan seni sog'inib,
Ishqingda to'kilar ko'zlarim yoshi,
Sen borsan qalbimda porlaydi doim,
Sira so'nmas bo'lib SEVGI quyoshi.

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 17:22:04

Sokin yuragimga solib g'alayon,
Maxzun nigox bilan kulib turibsan,
Ey mening qalbimga aylangan inson,
Bilmadim shu damda qayda yuribsan!

Qayd etilgan


intirest  09 Yanvar 2008, 19:17:09

Azoblanma do'stim o'rtanma,
Shubxalaring barchasi bekor,
Seni maftun qilgan go'zalning,
O'zi maftun, beqaror.

Asl sevgi tilda bo'lmaydi,
Qiz demaydi "Sevdim, oshiqman !"
Bilmak bo'lsang ishqin, sevgisin,
Qalbin tingla, shoshma, oshiqma...

Boqishidan anglamoq mumkin,
Niyat, ishqin aytmasdan bir so'z,
Chunki ba'zan qalbning sirini,
Oshkor qilar bir tabassum, ko'z.

Qayd etilgan


intirest  11 Yanvar 2008, 15:03:26

Sendan yiroq ketdim ko'ngil uzilmaydi,
Muxabbatim imorati buzilamydi.
Buni kimdir bildi,kimdir bilmadi,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Ming so'moqqa yetaklaydi ishning zayli,
Bizdan ortiq emas ekan Majnun-Layli,
Xofiz bo'lib ketdim mana sen tufayli,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Endi qayta uchrashmaymiz alvido yor,
Yuragimning eng tubida bir nido bor.
U dunyoda uchrashtirgin parvardigor,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Qayd etilgan