Umumiy bo'lim > Madaniyat

MUXABBAT FASLI

(1/35) > >>

intirest:
   Muxabbat bog'iga kirmadim bir bor,
   Suyib bir gulga qo'l urmadim bir bor.
   Endi tunlar yig'lar menga qo'shilib,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


Biri biroviga o'xshamas , yo rab,
Ko'zimning yoshlari to'xtamas, yo rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab...
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


   Birin erkalayman dudog'im bilan,
   Birisin erkalab nigohim bilan.
   Yasharman savobu gunohim bilan,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


Birin hur deyinmi, birin guloyim,
Suymaganim suy6ganimdan muloyim.
Bu qanday ko'rgilik ekan xudoyim,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


   Daryoman, ikkita qirg'oqda ko'zim,
   Tovonimda bo'zim, tomoqda bo'zim.
   Ikki o't ichida qiynoqda o'zim,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

intirest:
To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal,
Majnuntol singari yoyma sochingni,
Mening gunoximni kechergil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko'tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga xam achin.

intirest:
Kipriklar yoshlanarkan ko'zni sog'inib,
Dudoqlar g'ashlanarkan so'zni sog'inib.
Suxbatni sog'inib yashaydi ko'ngil,
Men-ku yashayapman sizni sog'inib.

intirest:
Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim,
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Jonu dildan sevdirib sevib
Nozli-nozli boqqan xam o'zing,
Lablarimga labingni qo'yib
Qalbimga o't yoqqan xam o'zing.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim.
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Endi boshqa bizni yo'limiz,
Qo'ygil yolg'on va'dalaringni,
Uzatsak xam yetmas qo'limiz
O'z yoringdan kutgil baxtingni.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

intirest:
Oydin tunda oy nurida cho'milgan qiz,
Yuzlab nigox girdobiga ko'milgan qiz.
Nozlar qilsa qoroqlari yumilgan qiz,
Men sen uchun, sen men uchun yaralganmiz.

Oshiq sanab adshdingmi sanog'ingdan,
Qo'ygil endi qor yog'masin qabog'ingdan.
Izn bergil labim kuysin yanog'ingdan,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Aytgil  tokay uyalasan xayoligim,
Qalbi sirli sevgisidan sadoligim,
Butun olam sezib qo'ydi shaydoligim,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Extirosdan entikasan xayot go'zal,
Bandidirsan muxabbatga naxot go'zal,
Ko'ngling menda yashirmagil xayxot go'zal,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.


Xaqlidirsan bo'lmoqlikka sen g'ururli,
Xurkak o'tli nigoxingdan dunyo nurli,
Sexrli bir tuyg'u borki u shuurli,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version