MUXABBAT FASLI  ( 68064 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 18 B


intirest  12 Yanvar 2008, 09:46:40

Sen hali qizlarning shohi bo'lasan,
Sonsiz yulduzlarning yagona mohi.
Sen hali qalbimning ohi bo'lasan,
Ne kuyuk dillarning o'chmas faryodi.

Hurkak tabassumlar ko'chadi hali,
G'uncha lablaringga, guldek chehrangga.
Yuzlarimni tilib, sochimni yulib,
Zikrga tushaman xali tegrangda.

Ruhimda uyg'onib tuyqusdan bir tong,
Sibizg'a chaladi hali taajjub.
Ko'nglim och chumchuqday chirqirab nolon,
Shoxlardan-shoxlarga yuradi ko'chib.

Hayrat telbalanib do'mbira chalar,
Gupurlab, dupurlab o'ynaydi yurak.
Men esa, hapqirib o'lmaslik uchun,
Qaygadir bosh olib ketmog'im kerak.

Omad hali seni qaydadir kutar,
Hali falaklardan kelgaydir yorliq.
Changlarga belanib hali elanar,
Go'zallik poyida to'kilgan borliq.

Yulduzday porlagay chashmi timlaring,
Izlaringdan hali ungusi chechak.
She'r bo'ladi, gulim, tabassumlaring,
Kulgularing buyuk doston bo'lajak.

Men g'amga to'lgandek baxtga to'larsan,
Hali manglayingni silagay taqdir.
Sen hali, farishtam, yakto bo'larsan,
Men esa bo'laman nomsiz bir shoir...

Qayd etilgan


AL_laziz87  13 Yanvar 2008, 16:51:43

Egilib mag'rur qatdim
Otdan tushsa omadim
Unitma muxabbatim
Meni doim eslab yur

Qayd etilgan


intirest  15 Yanvar 2008, 10:18:47

Ba'zilar baxt ne deb mendan so'raydi,
Baxt degan-oson gap-orzuga yetish!
Yetish yo'lin ayt deb yana qo'ymaydi,
Buning uchun kerak mashaqqat chekish.

Ba'zilar so'raydi sevinch nima deb,
Bu xam oson narsa-betashvish bo'lish.
Tashvishdan qutulish yo'lin so'rarsiz,
Ha, buning chorasi-halol mehnat, ish.

Qayd etilgan


intirest  15 Yanvar 2008, 10:57:26

To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal.

   Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
   Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
   Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
   Ko'z yoshingni to'kma, menga haw achin.

Qayd etilgan


AL_laziz87  21 Yanvar 2008, 19:21:38

Ko'ngil bo'lib ochilding-u kulmading
Ko'ngil bo'lib bir ko'ngilda qolmading
Ilxom chekkanda jon xazrati kelmading
Muxabbatim faqat sen san armonim

Gox ming qotim yugurdimku izingdan
Ketma dedim g'uncha yuzing olib ko'zimdan
Xazar etdim nomart turgan pasimdan
Muxabbatim faqat sensan armonim

Seni eslab oqaverdi kunlarim
Yodga oldim eng baxtiyor kunlarni
Sen men qolib baxtli qilding kimlarni
Muxabbatim faqat sensan armoni

Qayd etilgan


AL_laziz87  02 Fevral 2008, 06:29:47

Sevman deb aldading meni
Yaralading yuraklarimni
Oxirida aylading jafo
Xursandmisan endi bevafo



Qayd etilgan


Kumushbibi  13 Fevral 2008, 11:30:21

Shafqatsizman tuyg'ularimga,
Balki bir kun aqlim ham kirar.
Lekin doim sizni eslasam,
Nimagadir:Yig'lagim kelar!!!

Qayd etilgan


Kumushbibi  13 Fevral 2008, 11:37:35

Sevman deb aldading meni
Yaralading yuraklarimni
Oxirida aylading jafo
Xursandmisan endi bevafo



Qo'lim bordi...Ko'nglim chopmadi,
Parcha-parcha qildim suratni.
Anglolmadim,qayerdan oldim,
Jasoratga tengdosh jur'atni...

Qo'llarimdan to'kildi hislar,
Men esa jim kuzatib turdim.
Qancha sevmay o'zimga o'zim,
Unut! Unut!-deya buyurdim...

Men kechmoqni istadim sizdan,
O'n daqiqa sizsiz yashadim!
Jonni tikib soat miliga,
Olti yuz soniya sanadim...

Asli o'zi tushunmoq mushkul,
Dil deganning tilaklarini.
So'ng yuzimga bosib yig'ladim,
Suratingiz bo'laklarini...

Ishqingizni bo'laklarini...





Qayd etilgan


Kumushbibi  13 Fevral 2008, 11:40:30

Garchi mendan olislayotgan bo'lsang-da,senga yeta olmayotgan bo'lsam-da,baribir sening izlaringdan borardim...

Qayd etilgan


Muzayyana  13 Fevral 2008, 12:01:13

Sizni sog'inib boshlanar tongim,
Sizni sog'inib o'tar kunduzim,
Sizni sog'inib bedordir tunim,
Balki shunday sog'inib tugaydi umrim!

Qayd etilgan