Muallif Mavzu: MUXABBAT FASLI  ( 60842 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #30 : 03 Noyabr 2008, 17:19:26 »
Mendan so’rasinlar sening yoshingni,
Bilmaganlar, mayli, bilmasdan o’tsin!
Hamisha ko’ksimda ko’ray boshingni,
Ko’rolmagan nomard qon yutsa, yutsin!

O’zgalarga aytma, ayta ko’rma hech,
Mendan so’rasinlar sening yoshingni…
Mabodo, adashsam, gunohimdan kech!
O’zing ham gunohga qo’yma boshingni!


intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #31 : 03 Noyabr 2008, 17:21:05 »
Sevaman desam gar ta’na qilma hech,
Muhabbat charog’bon oshiq yo’lida.
Xayol, chalg’itganda shak-shubhadan kech,
G’ariblikdan o’lmay sevgi cho’lida…

Men seni bugunmas, kecha topganman,
Bir gul tanlaganday gulzor orlab.
Balki, topganimda quvnab chopganman,
Urinib-surinib, qalbni yaralab…

O’ylasam, nehca yil, necha kun o’tdi,
Qancha yellar esdi o’shandan buyon.
Ne ne olovlarni vaqt komi yutdi,
Lekin, ishq yong’ini ko’ngilda hamon…

Mendan o’zga seni sevaman desa,
Ishonma, azizim, degilki, yolg’on!
Degilki, shunday deb aytdi bir keksa,
O’sha keksa uchun saqlagil imon!...

Deydilar, sochimda, saqolim ham oq…
Taajjub! Negadir, o’zim ko’rmayman?
Hali, yuragimda muhabbat uyg’oq,
Naylay! Uxlatgali uni qo’ymayman.

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #32 : 03 Noyabr 2008, 17:22:53 »
Sevdimu sevgimni goh etdim oshkor,
Goh sirday saqladim hasadgo’ylardan.
Ba’zan vazmin bo’ldim, ba’zan beqaror,
Tikanday tiklangan harommo’ylardan…

Kimning yuragi, bu, bezovta betinch,
Senikimi, jonim beraman ista!
Hol buki, ko’nglimda daf’atan sevinch,
Baxtimga salomat, borsan, Shohista.

Men seni sevardim, sevaman hamon,
Jonginam, hech qachon ikkilanish yo’q!
Oshiq dil chekmaydi ne dard, ne afg’on,
Nafaqat yetmaydi hasadgo’yga oq…

Dardimni yutdimu, chiqmadi sado,
Naqilay, ey ko’ngil, gunohimdan kech!
Ezildim, qiynaldim, entikdim, ammo,
Ahmoqning oldida egilmadim hech…

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #33 : 03 Noyabr 2008, 17:23:46 »
Xiyobon bog’iga otilgan gulday,
Va o’zing nogahon gul bo’lib qolding.
Bahor sehrlagan oshiq ko’ngilday,
Entikib-entikib, chuqur tin olding.

Balki, bir quchoqsan, bir bog’ning o’zi…
Balki, o’xshashi yo’q ilohiy gulsan.
Sendadir, sevgilim, qalbimning ko’zi,
Men senga, sen esa sevgiga qulsan.

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #34 : 03 Noyabr 2008, 17:24:35 »
Sevdimmi, sevildim? So’rama mendan!
So’rama,o’zingga oydinday ayon…
Mabodo, birovlar so’rasa sendan,
O’yla, so’rog’ida balki, border jon…

Kimdir havas qilar, kimdir hasadgo’y,
Hasadgo’y oldida tiygin tilingni.
Havas qilsa, kimdir yaxshilikka yo’y,
Unga baxshida et, hatto dilingni!

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #35 : 03 Noyabr 2008, 17:26:01 »
Nechun ko’zlaringda qora ko’zoynak,
Ko’zing qoroligi yetmasmi o’zi?
Ko’z qorang g’oliblik qildimi, malak,
Qoraga muhtojmi yo tong yulduzi?

Qoraga shunchalik o’chmi ko’zlaring,
Balki, sir bermaslik uchun urinar.
Qora ko’zoynakdan tiniq ko’zlaring,
Bulut qirg’oqlagan oydan ko’rinar…

Senga yarashadi qora ko’zoynak,
Menga ham yoqadi, taqsang, taqaver!
Parpiragan nurning oshig’i yurak,
Dilni ish o’tida yoqsang, yoqaver!

Qora ko’zoynaging aylansin sendan,
Bari bir qalbingni ko’raman aniq…
Shuncha yashirsang ham ko’zingni mendan,
Tun yashirolmagan yulduzday yoniq!

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Kaminadan: Sog’inch
« Javob #36 : 03 Noyabr 2008, 17:27:54 »
Yodimdasan, hamon yodimdsa,
Xayolimda, har on yonimda.
Vujudimda, oqar qonimda…
Sog’inganim shumi, Shohista!

Seni ko’rmoq istar yuragim,
Ne kelmaysan, ayt, ne gunohim,
Sensiz kimga yetardi ohim,
Sog’inganim shumi, Shohista!

Qani o’shal uchrashgan kunlar,
Termulishib o’tkazgan tunlar.
Ko’z oldimdan ketmaydi ular,
Sog’inganim shumi, Shohista!

O’shal chehrang, tabassumlaring,
Menga aytgan shirin so’zlaring.
Yana…boqsin qaro ko’zlaring,
Sog’inganim shumi, Shohista!

So’nggi nafas,  so’nggi damda ham,
Bir seni deb jonli…, bu tanam.
Malikamsan, malak, yo sanam,
Sog’inganim shumi, Shohista!

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Kaminadan: ADOLATGA…
« Javob #37 : 03 Noyabr 2008, 17:29:45 »
A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
D ono, oqila qizdek bo’lsa.
O rasta va jozibador,
L utfda yulduzdek bo’lsa.
A yol bo’lsa,  sizdek bo’lsa,
T amanno,Qunduzdek bo’lsa.

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Kaminadan:
« Javob #38 : 03 Noyabr 2008, 17:30:58 »
Mening sevgim senga yetmaydi,
Sadoqatda, chin vafolikda.
Soxta chipta kabi o’tmaydi,
“Sevgi bog’i”ga kirishlikda.

Ishonaman har aytgan so’zing,
Chinmi, yolg’on guvohi o’zing,
Aldolmaydi qaro ko’zlaring,
Aldov bo’lsa yonar gul yuzing.

intirest

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Erkak
  • muxabbatga oshno qalblar uchun
Kaminadan:
« Javob #39 : 03 Noyabr 2008, 17:31:52 »
Yana jimirlab yog’moqda yomg’ir,
Qaro ko’zdan oqayotgan yosh.
Sog’inganing men uchun shudir,
Bas, yig’lama yetar qalamqosh.

Erta, indin balki keyinroq,
Ko’z  o’ngingda paydo bo’laman,
Sog’inch qonar, qonar dil, biroq,
Men ungacha ado bo’laman.

Menga visol, uchrashmoq nedir,
Gul chehrangni ko’rsam yetar, bas…
Ovozingni eshitdim hozir,
Tabassuming ko’rmoqlik havas.

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 118
  • Jins: Erkak
  • ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #40 : 30 Yanvar 2009, 19:40:29 »
Sizni shuncha eslasam ham, gapirsam ham baribir nimadandir ko`lim to`lmaydi. Negaki endi avvalgidek siz bilan gaplasholmayman hammasi go`yoki tushdek. Hatto tush ko`rmay qo`ydim. Sog`inchimni aytolmay to`lib ketaman gohi........ Ishonmassiza sog`inganimga ammo baribir sog`indim..........
Yurak xo`rsinar yurak,
Sizdan ayrilgan kun, og`rindim.
Sizsiz yurak menga ne kerak,
Xudo haqqi sizni "SOG`INDIM"

Bu sizni menga yozgan so`ngi she'ringiz edi.........

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 118
  • Jins: Erkak
  • ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #41 : 30 Yanvar 2009, 19:40:55 »
Кимдир кутган киш келди. Совуккина, ёкимли, кулиб турадиган, бегубор, ёлгиз ва жим. Кутганим кор хам ёгди. Бир йил ўтганини нишонлаш учун кор ёгди. 1 йил ўтибди. Сизни кўрган куниму ўтган энг ширин вактимга хам 1 йил ўтибди. 18 декабр шунчалик тез етиб келдики. Гўё мен хам хаммасини жуда тез йўкотдим. Вактни сониялаб ўтказсанг худди камдек туюлади. Аслида хар бир сония аср билан баробар
18 декабр 31.622.400 сониялар....................................................
ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 118
  • Jins: Erkak
  • ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #42 : 30 Yanvar 2009, 19:41:43 »
Узок йўл юрсам, нимадандир узок чарчасам, йиглагим келганда, хеч ким мени тушунишни истамаса, ёлгиз колсам хуллас хаммаси эслатиб туради сизни борлигингизни.
Чунки энг узок йўлни мен сизни ёнингизга бориш учун босиб ўтгандим.
Чарчаганимда сиз билан гаплашсам хамма чарчокларим унут бўлиб кетарди.
Йиглагим келса вактида сиздан аламимни олиб йиглаганим эслатади.
Хатто мени тушунмасангизда ха саники тўгри дея мани овутган ёки кўнглимни кўтаришга уринганингиз учун.
Сизсиз узок ёлгиз колганим учун.
Хаммаси учун.
Токи сиздан мени айирган ёлгон келмагунича сиз билан шундай яшаётган эдим.
Кейин-чи?
Нима бўлди. Худди кузги япрокдай тўкилдим. Ўз танамдан узилдим. Ёлгон саргайтирди йўлларингизда. У мени зор килди бир лахзалик гапингиз учун. Куз хам эслата бошлади сизни кайтадан.
Кетаётиб худди ўзимга ўхшаш кузги япроклар билан сўзлаша бошладим. Гўёки мен уларни тушуна оладигандек.

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 118
  • Jins: Erkak
  • ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #43 : 30 Yanvar 2009, 19:42:25 »
Тонг отиб кун ботади. Хаммаси рисоладагидай худди хеч нарса узгармаган. Узгартиришга хеч ким кодир эмас, факат ёлгиз Оллохгина бунга кодир. Аммо нега биз хаммасини ўзгартирмокчи бўлдик. Нега сиз ўзгартирдингиз. Нега сиз унутдингиз........ унутмай туриб нега кўксингиздаги юракка бунчалар озор килдингиз. Умид билан яшаётган бир жонни нега кайтиб олдингиза. Кеч бўлгандачи йигламокчисиз!. Хайронман нега халигача мен кўника олмаётган бу туйгулар сизни кўксингизга кандай килиб сигиб колди. Балки кучингиз етгандир юракка карши чикишга, нега унда айриликдан кочиб кетишга кучингиз етмади.
Канча яшайман билмайман, аммо сизни хеч он айбдор килмайман.
Агар билсангиз борлигингизни ўзи бир умрга етади, факат билиб турсам бўлгани. Ўзим хохламасамда гохида сизни ёдимга туширадиган, беихтиёр кўз ёш тўкишга мажбур киладиган туйгуларим бор. Улар бир умр мен билан яшаб колишса хам майли......................
ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 118
  • Jins: Erkak
  • ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Re: MUXABBAT FASLI
« Javob #44 : 30 Yanvar 2009, 19:42:53 »
Сиз якинсиз аммо масофа олис. Икки юрак биттаю аммо макони бошка. Хозир табиат гамгин, унга сал гапирсанг йиглаб юборадигандек. Атрофдан сизни излайман, гарчи бўлмасангиз хам. Тополмаслигим аник. Чунки энди сиз хам масофа хам канчалар якин бўлмасин ўзим сиздан узокман. Ўзга маконда..... ўзга юрак касрида МАЛИКАМАН. Ахир хамма нарса кайтди, аммо нега сиз кайтмадингиз.
Шу кунгача тушунмабман ахир энди сиз мани ўйламайсиз, ахир ман бошкаман. Ёки хали хам алам билан, мани ўйлаяпсизми? Ўзингизни кийнаб, рухингизни озорларга ташлаб излаяпсизми ўзга ерлардан.
Ўйламаяпман десангизда ишонмасдим барибир. Сансиз бахтлиман десангизда ишонмасдим барибир.
Бир зумга вакт тўхтасайди, майлийди сизни узокдан кўрсам хам...................................
Ёзолмайман кўлларим ёзгиси йўк, аммо юрак факат айтиб йиглаяпти, тан олмай ўзини унутиб согиниб йиглаяпти. Хаммасини ёзсаму ХИЁНАТ бўлади дея ўзига келиб яна йиглаяпти.
13.169.320
28 июн 2008
ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

 

Quyosh fasli. Hikoyalar (antalogiya)

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiy antalogiya va to'plamlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6443
So'nggi javob 24 Yanvar 2011, 09:33:13
muallifi AbdulAziz
Guljamol Asqarova. Dil fasli

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 13566
So'nggi javob 07 Sentyabr 2011, 09:24:20
muallifi Ziyolee
Anvar Tog'ayev. Sog'inch fasli

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1230
So'nggi javob 22 May 2012, 20:10:02
muallifi AbdulAziz