MUXABBAT FASLI  ( 67975 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 18 B


Muzayyana  13 Fevral 2008, 12:03:29

Shubxalanmang mendan azizim,
Goho sizni unutib qo'ysam.
Sizni tashlab ketishim umkin,
Faqat sizdan oldinroq O'LSAM!

Qayd etilgan


Kumushbibi  14 Fevral 2008, 11:09:10

Shubxalanmang mendan azizim,
Goho sizni unutib qo'ysam.
Sizni tashlab ketishim umkin,
Faqat sizdan oldinroq O'LSAM!

Men quvonar bo'lsam-sen sabab,
O'yga tolar bo'lsam-sen sabab.
Men o'lishni istamayman,yo'q!
Nogoh o'lar bo'lsam-sen sabab...

Qayd etilgan


Kumushbibi  15 Fevral 2008, 12:19:04

Munavvar orazing girdida parvoz,
Etarman toledan bo'lib sarafroz.
Bexos nomim tilga olguday bo'lsang-
"Men o'sha" degancha berurman ovoz...

Qayd etilgan


Kumushbibi  22 Aprel 2008, 08:34:34

Qarshi  borib bo’lmas yurakka,
Umr bo’yi tutar so’roqqa"¦

Qayd etilgan


Amina  06 May 2008, 11:10:57

Yaxshiyam sen borsan yorug` dunyoda,
Yuqsa shodliklarni qaydan olardim?
Yuragim kim uchun bedor bo`lardi,
Kimlarning yo`liga ko`z tikar edim?

Yaxshiyam sen borsan yorug` olamda,
Yuqsa "qayg`ular"ni qaydan olardmi?
Sen tufayli bildim rashk iztirobin.
Yuqsa bu "azob" dan mahrum bo`lardim.

Qayd etilgan


Dilyora_UZ  05 Iyul 2008, 19:47:59

Yuragimda hamon yonar chog' eslasam sening ko'zlaringni
Topolmayman men o'zimga joy sog'inib mayin ovozingni
Sog'inaman lekin yuragim charchagan bu cheksiz azobdan
Qani edi unutsam seni isming uchirib yuragimdan
Qani unutsam men eslamasam o'sha kunlarimni seni sog'inib
Men achinmasam o'tgan kunlarimga yolg'izligimga asta ko'nikib
Ishontirib sen so'zlaringga berar eding sevgimga najot
Bahtli edim sen  bilan birga jonim unitding meni nahot
Tushintirmay hatto sababi sen ketding aylanib orzuga
Mayli o'tsin sensiz kunlarim lekin men bormayman yoninga

Qayd etilgan


Amina  16 Sentyabr 2008, 10:13:52

Ko`zimga mil tortar, savob-gunohim,
Har gul titrog`ida qaltirar ohim,
Ey ishq deb topngan buyuk panoxim,
Sendan tilaganim armonlarmidi???
Mahzun ko`zlarimga to`kilgan dunyo,
Kuylagi dardlardan tikilgan dunyo,
Bag`riga stamlar ekilgan dunyo,
Sendan tilaganim yolg`onlarmidi???
Itlar galasidan talanib o`tib,
Ming bor qonlar yutib, zardoblar yutib,
Pajmurda yuragim hovuchlab tutib,
Yaxshi deb topganim yomonlarmidi???
Men yig`lay yoshlarim toshlarga tomsin,
Jon tig`lay ohimdan yo`llaring yonsin,
Men tondim bas, dunyo mendan ham tonsin,
Ayt, sendanm topganim hijronlarmidi/??

Qayd etilgan


intirest  01 Noyabr 2008, 16:00:43

Men seni sevaman, sevaman seni,
Bag'rimga bosaman avaylab gulday.
Koshkiydi tasavvur etolsang meni,
Malika poyiga yiqilgan qulday...


Men seni kuylayman, kuylayman seni,
Satrlar safiga qo'shib olganday...
Men seni o'ylayman, o'ylayman seni,
Sen ketib, go'yo men yolg'iz qolganday...


Men seni sevaman, sevgim sir emas,
Sevgim tiniqligi xuddi kunduzday...
Seni bir boqishing o'zi ming havas,
Ko'zlaring ko'zimga qo'ngan yulduzday...


Men seni kuylayman qo'rim boricha,
Qalamim nuqtada sinmasa basdir!
Men seni sevaman umrim boricha,
Yuragim bemahal tinmasa basdir!

Qayd etilgan


intirest  01 Noyabr 2008, 16:52:35

Sevgilim, men hamon qoshingda qulday...
Koshkiydi, tan, olsang, tanisang meni?
Oq oydin kechalar ko'raman seni,
Xayolot bog'ida tashna bir gulday...

Sening ko'zlaringmi yoki yulduzlar...
Shu'lalar soyasi kipriklaringmi,
Qosh bo'lib ko'ringan bitiklaringmi?
Yuragim o'q yegan ohuday bo'zlar!...

...Xokipoy emasman, o'sha isyonkor,
Xokisor oshiqman, o'sha kamolim,
Balki o'zgargandir husni jamolim,
Lekin o'sha sevgi, o'sha dard, viqor...

Yuz yillar yuzini ko'rgim keladi,
Shox qalam izidan yurgim keladi.
Orzuga ayb yo'qdir! Orzuli dunyo!
Dunyo turgungacha turgim keladi.

Qayd etilgan


intirest  01 Noyabr 2008, 17:02:02

Muhabbat undaydi kelajak sari,
O'ylab ko'r, ishonchni oqlolasanmi?
Sen uchun azizim, ko'zim gavhari,
Gavharni gavharday saqlolasanmi?

Mening sevgim senga beqiyos, tengsiz,
Yuragim to'xtasa, yuraksan go'yo...
Demak, yasholmayman bir umr sensiz,
Yuraksiz yashamoq mumkinmi? Aslo!

Qayd etilgan