Yodimdasan, hamon yodimdsa,
Xayolimda, har on yonimda.
Vujudimda, oqar qonimda"¦
Sog’inganim shumi, Shohista!
Seni ko’rmoq istar yuragim,
Ne kelmaysan, ayt, ne gunohim,
Sensiz kimga yetardi ohim,
Sog’inganim shumi, Shohista!
Qani o’shal uchrashgan kunlar,
Termulishib o’tkazgan tunlar.
Ko’z oldimdan ketmaydi ular,
Sog’inganim shumi, Shohista!
O’shal chehrang, tabassumlaring,
Menga aytgan shirin so’zlaring.
Yana"¦boqsin qaro ko’zlaring,
Sog’inganim shumi, Shohista!
So’nggi nafas, so’nggi damda ham,
Bir seni deb jonli"¦, bu tanam.
Malikamsan, malak, yo sanam,
Sog’inganim shumi, Shohista!