MUXABBAT FASLI  ( 68039 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18 B


intirest  03 Noyabr 2008, 17:19:26

Mendan so’rasinlar sening yoshingni,
Bilmaganlar, mayli, bilmasdan o’tsin!
Hamisha ko’ksimda ko’ray boshingni,
Ko’rolmagan nomard qon yutsa, yutsin!

O’zgalarga aytma, ayta ko’rma hech,
Mendan so’rasinlar sening yoshingni"¦
Mabodo, adashsam, gunohimdan kech!
O’zing ham gunohga qo’yma boshingni!


Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:21:05

Sevaman desam gar ta’na qilma hech,
Muhabbat charog’bon oshiq yo’lida.
Xayol, chalg’itganda shak-shubhadan kech,
G’ariblikdan o’lmay sevgi cho’lida"¦

Men seni bugunmas, kecha topganman,
Bir gul tanlaganday gulzor orlab.
Balki, topganimda quvnab chopganman,
Urinib-surinib, qalbni yaralab"¦

O’ylasam, nehca yil, necha kun o’tdi,
Qancha yellar esdi o’shandan buyon.
Ne ne olovlarni vaqt komi yutdi,
Lekin, ishq yong’ini ko’ngilda hamon"¦

Mendan o’zga seni sevaman desa,
Ishonma, azizim, degilki, yolg’on!
Degilki, shunday deb aytdi bir keksa,
O’sha keksa uchun saqlagil imon!...

Deydilar, sochimda, saqolim ham oq"¦
Taajjub! Negadir, o’zim ko’rmayman?
Hali, yuragimda muhabbat uyg’oq,
Naylay! Uxlatgali uni qo’ymayman.

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:22:53

Sevdimu sevgimni goh etdim oshkor,
Goh sirday saqladim hasadgo’ylardan.
Ba’zan vazmin bo’ldim, ba’zan beqaror,
Tikanday tiklangan harommo’ylardan"¦

Kimning yuragi, bu, bezovta betinch,
Senikimi, jonim beraman ista!
Hol buki, ko’nglimda daf’atan sevinch,
Baxtimga salomat, borsan, Shohista.

Men seni sevardim, sevaman hamon,
Jonginam, hech qachon ikkilanish yo’q!
Oshiq dil chekmaydi ne dard, ne afg’on,
Nafaqat yetmaydi hasadgo’yga oq"¦

Dardimni yutdimu, chiqmadi sado,
Naqilay, ey ko’ngil, gunohimdan kech!
Ezildim, qiynaldim, entikdim, ammo,
Ahmoqning oldida egilmadim hech"¦

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:23:46

Xiyobon bog’iga otilgan gulday,
Va o’zing nogahon gul bo’lib qolding.
Bahor sehrlagan oshiq ko’ngilday,
Entikib-entikib, chuqur tin olding.

Balki, bir quchoqsan, bir bog’ning o’zi"¦
Balki, o’xshashi yo’q ilohiy gulsan.
Sendadir, sevgilim, qalbimning ko’zi,
Men senga, sen esa sevgiga qulsan.

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:24:35

Sevdimmi, sevildim? So’rama mendan!
So’rama,o’zingga oydinday ayon"¦
Mabodo, birovlar so’rasa sendan,
O’yla, so’rog’ida balki, border jon"¦

Kimdir havas qilar, kimdir hasadgo’y,
Hasadgo’y oldida tiygin tilingni.
Havas qilsa, kimdir yaxshilikka yo’y,
Unga baxshida et, hatto dilingni!

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:26:01

Nechun ko’zlaringda qora ko’zoynak,
Ko’zing qoroligi yetmasmi o’zi?
Ko’z qorang g’oliblik qildimi, malak,
Qoraga muhtojmi yo tong yulduzi?

Qoraga shunchalik o’chmi ko’zlaring,
Balki, sir bermaslik uchun urinar.
Qora ko’zoynakdan tiniq ko’zlaring,
Bulut qirg’oqlagan oydan ko’rinar"¦

Senga yarashadi qora ko’zoynak,
Menga ham yoqadi, taqsang, taqaver!
Parpiragan nurning oshig’i yurak,
Dilni ish o’tida yoqsang, yoqaver!

Qora ko’zoynaging aylansin sendan,
Bari bir qalbingni ko’raman aniq"¦
Shuncha yashirsang ham ko’zingni mendan,
Tun yashirolmagan yulduzday yoniq!

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:27:54

Yodimdasan, hamon yodimdsa,
Xayolimda, har on yonimda.
Vujudimda, oqar qonimda"¦
Sog’inganim shumi, Shohista!

Seni ko’rmoq istar yuragim,
Ne kelmaysan, ayt, ne gunohim,
Sensiz kimga yetardi ohim,
Sog’inganim shumi, Shohista!

Qani o’shal uchrashgan kunlar,
Termulishib o’tkazgan tunlar.
Ko’z oldimdan ketmaydi ular,
Sog’inganim shumi, Shohista!

O’shal chehrang, tabassumlaring,
Menga aytgan shirin so’zlaring.
Yana"¦boqsin qaro ko’zlaring,
Sog’inganim shumi, Shohista!

So’nggi nafas,  so’nggi damda ham,
Bir seni deb jonli"¦, bu tanam.
Malikamsan, malak, yo sanam,
Sog’inganim shumi, Shohista!

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:29:45

A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
D ono, oqila qizdek bo’lsa.
O rasta va jozibador,
L utfda yulduzdek bo’lsa.
A yol bo’lsa,  sizdek bo’lsa,
T amanno,Qunduzdek bo’lsa.

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:30:58

Mening sevgim senga yetmaydi,
Sadoqatda, chin vafolikda.
Soxta chipta kabi o’tmaydi,
"œSevgi bog’i"ga kirishlikda.

Ishonaman har aytgan so’zing,
Chinmi, yolg’on guvohi o’zing,
Aldolmaydi qaro ko’zlaring,
Aldov bo’lsa yonar gul yuzing.

Qayd etilgan


intirest  03 Noyabr 2008, 17:31:52

Yana jimirlab yog’moqda yomg’ir,
Qaro ko’zdan oqayotgan yosh.
Sog’inganing men uchun shudir,
Bas, yig’lama yetar qalamqosh.

Erta, indin balki keyinroq,
Ko’z  o’ngingda paydo bo’laman,
Sog’inch qonar, qonar dil, biroq,
Men ungacha ado bo’laman.

Menga visol, uchrashmoq nedir,
Gul chehrangni ko’rsam yetar, bas"¦
Ovozingni eshitdim hozir,
Tabassuming ko’rmoqlik havas.

Qayd etilgan