MUXABBAT FASLI  ( 101115 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Qosimxon  24 Fevral 2009, 18:11:34

AYYOR QIZ

Kulib qarab, kulib ko‘zin obqochgan,
O‘rgatvolib, keyin o‘zin obqochgan,
Quchoqlasam, titrab yuzin obqochgan,
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Huv, deydi-yu, o‘ylar yostiq-ko‘rpasin,
Ko‘zda yosh yo‘q — ayaydi-da surmasin,
Eshitsinu lekin birov ko‘rmasin"¦
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Kuydirmajon edi, qurg‘ur, sho‘x edi,
Ko‘nglim unda edi, ko‘nglim to‘q edi.
Qosh terganda yig‘lagani yo‘q edi"¦
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Erta pishar edi qo‘qon gilosi,
Yuragimdek qop-qora qon gilosi.
Allaqachon bo‘lgan talon gilosi"¦
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Tengdoshini sevgan bo‘lar teng tentak,
To‘yda bildim, ancha ekan deng tentak.
O‘sha kuni sal yig‘labman men tentak"¦
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

To‘y buzishga etarmidi jur’atim?
Un tortgani tegirmonga jo‘nadim.
Tuguniga sig‘magandir suratim"¦
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.


Qayd etilgan


Qosimxon  24 Fevral 2009, 18:14:06

ENTIKARDI"¦

Entikardi adirlaru dalalar,
Qizil kiygan qizdek qirmiz lolalar.
Qizil kiygan qizni yaxshi ko‘rardim,
Bilar edi tog‘alaru xolalar.

Dirillardi mendan qochib varraklar,
Varragimdan cho‘chib uchgan laylaklar.
Hurkak-hurkak titrab tunda yuraklar,
To‘lqin-to‘lqin tortar edi nolalar.

Bola edim bo‘shanggina, ko‘ngilchan,
To‘shak bo‘ldi go‘shanggaga ko‘ngilchang.
Mana, bugun bo‘yga etib o‘g‘ilchang
Senga yozgan she’rlarimni yod olar.

Mening esa qonim qaynab jo‘sh urar,
To‘lqin-to‘lqin tortib, gup-gup musht urar.
Qaytib-qaytib yuragimga bosh urar,
Sen tug‘ishing kerak bo‘lgan bolalar

Qayd etilgan


Qosimxon  24 Fevral 2009, 18:18:49

TILLO ZANJIR

Bo‘yningizga tillo zanjir solgan kim?
Tillo zanjir solib bog‘lab olgan kim?
Qaysi baland qo‘rg‘onlarning gulisiz?
Kulsangiz ham bunchalar qayg‘ulisiz?

Mohitobonmisiz bulutga tutqun?
Yoki jayronmisiz burgutga tutqun?
Yoki soyning ermagi — sumbulisiz?
Kulsangiz ham bunchalar qayg‘ulisiz?

Yo jilg‘asiz o‘zanidan adashgan,
Yo yulduzsi nogoh erlarga tushgan,
Yoki qora qismatning bir qulisiz?
Kulsangiz ham bunchalar qayg‘ulisiz.

Men-ku hasrat, qayg‘ularga ko‘nganman,
Hammasini she’rlarimga ko‘mganman.
Qaysi shoirning ezilgan dilisiz?
Kulsangiz  ham bunchalar qayg‘ulisiz?

Qayd etilgan


Qosimxon  24 Fevral 2009, 18:20:05

KUYGANYORDA YOZILGAN SHE’R

Meni yomon ranjitding,
Sendan qattiq xafaman.
Lekin sendek kuydirgi
Qizni qaydan topaman.

Sevgi, sevgi, der ekan,
Sevgi dilni er ekan.
Qizga mehring berguncha
Muzga bag‘ring ber ekan.

Buloqdek qaynab yotsam,
Sochingni o‘ynab yotsam,
Hech kim xalal bermasa,
Ko‘zingni o‘ylab yotsam.

Yuragingni kuydirgan
Sevgi — qizilcho‘g‘ ekan.
Yashnar ekan uf tortsang.
Puf deganda yo‘q ekan.

Azob chekkin, ataylab
Qo‘lingdan suv ichmayman.
Ko‘ylagimning tugmasi
Botmasin, deb quchmayman.

Qayd etilgan


zuhrahon  22 Aprel 2009, 12:27:52

qalbim g'unchasin sizga baxshida
yuragim parchasi sizning ixtiyorizda
nogoh kechalari bo'lurman bedor
sizsiz bu hayotning oromi bekor


Qayd etilgan


zuhrahon  22 Aprel 2009, 12:28:06

mana sizsiz o'tmoqda kunim
hatokechalari bedordir tunim
qalbim yonmoqdadir yonmoqda ko'nglim
shirn so'zlaringizni sog'indiM


Qayd etilgan


zuhrahon  22 Aprel 2009, 12:28:19

bugun nigohlarim izladi sizni
xunob bo'ldi ko'zlarim ko'rmay ko'zingizni
xayolim sizni deb tinch qo'ymas meni
butun borlig'im bilan sog'indim sizni

Qayd etilgan


zuhrahon  22 Aprel 2009, 12:28:31

Intizor  qalb qachon  yetar  bahtga
unutaman  deya tayanib  ahdga
qalb yolg'izdir  chekadi u nido
mayli bo'lsin  sizdek  do'stimga  jonim  fido.

Qayd etilgan


braupov  22 Aprel 2009, 15:51:11

Muhabbat o’tida yonmasa ko’ngil,
Holiga voy, degil bemoru zahil,
Muhabbatsiz o’tgan har bir kuning, bil
Umringda behuda ketmish behosil.

Umar Xayom
<a href="http://[color=red] :bs1:[/color]" target="_blank" class="new_win">http://[color=red] :bs1:[/color]</a>

Qayd etilgan


braupov  22 Aprel 2009, 16:17:31

Kimda yo`qdir qalbda otash, kimda yo`qdir ehtiros,
Men uni suvsiz, quruq daryoga qilgayman qiyos.
Barcha daryolar shoshar, ummonni ko`zlab, har qachon,
U qochar ummon qolib, go`yoki sahrolar tomon.
Mirza Shafiy
<a href="http://[b][/b]" target="_blank" class="new_win">http://[b][/b]</a>

Qayd etilgan