MUXABBAT FASLI  ( 101111 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


zuhrahon  25 Aprel 2009, 09:31:42

Kelasizmi meni ko'rgani
Shirin shirin suhbat qurgani
Qulog'imga asta shivirlab
Men seni juda juda sog'indim degani?

Qayd etilgan


zuhrahon  25 Aprel 2009, 09:31:53


Kimnidir yo'liga termulaman zor,
Kimnidir qalbiga berganman ozor.
Kimnidir esidan chiqqanman balki,
Kimnidir qalbida yashayman hamon.

Qayd etilgan


zuhrahon  25 Aprel 2009, 09:32:06

Maylimi sizni yolg'izim desam,
Tunlari yoritgan chirog'im desam.
Maylimi sizni sevaman desam,
Maylimi sizni umrbod sevsam

Qayd etilgan


zuhrahon  25 Aprel 2009, 09:54:44

hamma XON lar shu yerda ekanu :)


sevgi sevgi der ekan
sevgi dilni yer ekan
qizga mehring berguncha
molga xashak  ber ekan :D
(CHEXMIKxon)



BIZGACHA HAM OLOV BO'LGAN SUV BO'LGAN,
SIZGACHA HAM NE-NE PAHLAVONLLAR  BO'LGAN
O'ZINGIZGA BINO QO'YMANG YAXSHI YIGIT,
O'LMAS  KASHEY HAM YOSHLIGIDA YIGIT BULGAN


(HAZIL) :D ;D

Qayd etilgan


saltanat  25 Aprel 2009, 10:51:21

  Bag'ringda jismu-jonim bir nafas sarhush ko'rsam,
  Kulgung lazzatidan o'zimni behush ko'rsam,
  Quvnab-quvnab o'lardim agarda shundoq o'lsam.
  Mendek o'lmoq baxtiga qandoq etsin boshqalar?
  Armonlar olovida kuyib ketsin boshqalar!

Qayd etilgan


siddiqa  02 Iyun 2009, 05:52:08

Men senga qo'shilib yig'lay olmasman ,
faqat bosh egaman qayg'ungga so'zsiz,
men  senga talpinib aslo tolmasman ,
men seni sevaman yig'layotgan qiz .

Qayd etilgan


Kumush  02 Iyun 2009, 06:55:18

Umrimni o‘tkinchi saboga berdim,
Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim,
Bu telba ruhimni Xudoga berdim...

Sabo olib bordi, gadoga berdi,
Gado yig‘lab bordi, Xudoga berdi.
Xudo meni senga xatoga berdi,

Sen meni kimlarga berding, Azizim?

Qayd etilgan


Kumush  03 Iyun 2009, 10:41:11

BIZ BAXTLI BO`LAMIZ

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik"¦

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

Qayd etilgan


lolo  14 Mart 2010, 17:09:31

Mana muhabbat:


Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 17:31:09

КЎАГЛИМ СЕВГИАГИЗГА...

Кснглим севгингизга бутунлай кснди,
Гсё унут бслди ксҳна андуҳим.
Қайноқ қалбингиздан бсшатинг снди,
Совуқ шамолларга сргансин руҳим.

Аозик қслларингиз оҳиста тутиб,
Ушлашни унутдим қилич дастини.
Ғийбатчи, ғирромлар қулай вақт кутиб
Турибди олмоққа мендан қасдини.

Мени висол билан сийламанг ортиқ,
Ҳижрон оташида тоблансин юрак.
Ширин ссз, табассум айламанг тортиқ,
Менга алам керак, изтироб керак.

Токи дил денгиздай жунбушга келсин,
Тошларни емирсин асов тслқиним.
Бағримда қуюнлар югуриб елсин,
Довуллар, тсфонлар бслсин бетиним.

Гсзалим, ссзларим ботмасин оғир,
Ҳозир қсйнингизда ухлаш пайтимас.
Ўзимни уйғота олмасам ахир,
Ғафлатдан ксз оч, деб ҳеч кимса айтмас!

Азизбек Анвар

2010 йил

Qayd etilgan