MUXABBAT FASLI  ( 101165 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 B


albatros  24 Oktyabr 2011, 14:36:57

Shunchalar qiyinmi?

Shunchalar qiyinmi birgina imo,
Nahotki bir lutf shunchalar qiyin.
"œKel" deb aytaman-u o’zim ketolmay,
"œSevaman"dan o’zga yana ne deyin?

Shunchalar osonmi yetdim deganda,
Ishqingizga kuyish,qovrilish yonish.
Jonidan sevdirib jonini olmoq,
Shunchalar osonmi sevgidan tonish?

Shunchalar qiyinmi sizdan kehmoqlik,
Bariga qo’l siltab ketaverish jim.
Yoningizdan ketdim,quvildim ammo,
Sizdan kechmog’imga yo’l bermas sevgim.

Shunchalar qiyinmi nigohingizga,
Ortingizdan hatto armonmi yetish?
Vidolashmoq shuncha,shuncha qiyin-u,
Osonmi dunyodan jimgina ketish?

Sayyora Qilicheva.

Qayd etilgan


Humayro  24 Oktyabr 2011, 14:57:09

- Bolalar, Muhabbat bu 99% ximya va ximik reakziyalardir, ximiyani kim yaxshi bilsa o'sha aldanmaydi muhabbatdayam ))), - derdi ximiya domlamiz

o'shanda kulardik, bugun esa man uni nima demoqchi ekanini tushunyapman

Qayd etilgan


albatros  25 Oktyabr 2011, 16:22:26

Ҳаётим - сеники

Мен сенга дунёлар бермадим,
Арим деб ксксимни кермадим.
Сен учун боғдан гул термадим,
Олавер, ҳаётим - сеники.

Ошиқ дил мисоли девона,
Унга бу дунёлар бегона.
Ҳаёлим бошингда парвона,
Олавер, ҳаётим - сеники.

Осмоним булутли гоҳида,
Лек нур бор кснглимнинг тоқида.
Ксрайин вужудим соғида,
Олавер, ҳаётим - сеники.

А­рта-кеч гул кутиб, сксима,
Ҳаётим олдида гул нима,
Келиб бош қсйсанг бас, ксксима,
Олавер, ҳаётим - сеники.*

Ботиржон А­ргашев

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Dekabr 2011, 00:49:23

Kel, yashirib qo'yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov.

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan


Solihatun  01 Dekabr 2011, 18:06:09

- Bolalar, Muhabbat bu 99% ximya va ximik reakziyalardir, ximiyani kim yaxshi bilsa o'sha aldanmaydi muhabbatdayam ))), - derdi ximiya domlamiz

o'shanda kulardik, bugun esa man uni nima demoqchi ekanini tushunyapman

Ustozingiz nima demoqchi bo`lgan ekanlar?

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Dekabr 2011, 22:19:17

Ko'p yig'lama,
og'riydi boshing,
axir baxtli bo'lmog'imiz shart.
Yomon bo'lar agar ko'zyoshing
tugab qolsa, kelgunicha Baxt.

Ko'zyoshingni sochma tunlarga,
Asrab qo'ygin yaxshi kunlarga.

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan


Humayro  05 Dekabr 2011, 13:12:08

- Bolalar, Muhabbat bu 99% ximya va ximik reakziyalardir, ximiyani kim yaxshi bilsa o'sha aldanmaydi muhabbatdayam ))), - derdi ximiya domlamiz

o'shanda kulardik, bugun esa man uni nima demoqchi ekanini tushunyapman

Ustozingiz nima demoqchi bo`lgan ekanlar?

Iqtibos
...синус икки оксиднинг бош келишикдаги саккизинчи даражали илдизининг гравитаяион доимийсининг тангенсиал синхрон сга ва кесимидан ДАК хужайраларига намуна олишни амалда ва назарий жихатдан исботлаган...

shunga o'xshash bir qoida aytvudi esimda qolmabdi.

mavzudagi bazi postlarni o'qib shu qoida esimga tushib ketdi )))  

Qayd etilgan


albatros  05 Dekabr 2011, 13:42:28

Oltmish yil sevgiga ta’rif izladim,
Izladim, bir mezon topmadim aslo.
Balki, ikki dilning qovushmog‘idir,
Ikki dilda o‘chmas tug‘ilgan vafo?!

Ayriliq, rashk, riyo sevgining yo‘li,
Men faqat vafoni bildim muqaddas.
Mening qo‘shiqlarim bitta oshiqni
Vafo saroyiga boshlay olsa, bas!

Shukrullo.

Qayd etilgan


albatros  05 Dekabr 2011, 13:43:30

TO’KMA KO’Z YOSHINGNI

To‘kma ko‘z yoshingni, yig‘lama, go‘zal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko‘tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku mendagi yurak...
Ko‘z yoshingni to‘kma, menga ham achin.

Shukrullo

Qayd etilgan


Sitora Sayfullayeva  16 Yanvar 2012, 12:07:24

Unutmoq istadim unutolmay lek
Dardli qoshigimni aytolmay sizga
Sogindim sogindim lek aytolmadim
Birinchi muhabbatim seni qomsadim

Bo`zlar endi yuragim qiynalar dilim
Saqlolmay oshkora aytmoqda qalbim
Otinaman Muhabbat ko`rsatgin kuching
Birinchi muhabbatim seni sogindim

Majruh yuragimda otildi bir soz
Sevardim kutardim soginardim men
Essiz yuragimda qolib ketdi koz
Birinchi muhabbatim SENI SEVARDIM
 



Mana bugun oshkora aytolaman men
Mana sensiz ham yasholaman men
Kunlarim otayapti befayz beun jim
Birinchi Muahbbatim seni sogindim

Yana koz yoshlarim daryo bolyapti
Yana soginchalrim  qalbim ezayapti
Sitoraning kongli vayroni loldir
Birinchi muhabbatim baxtli bo`l endi!!!


manba Sitora Sayfullayeva

Qayd etilgan