Ko'p yeyish zararlari
1.Ko’p yeyish kishini toshbag’ir qilib qo’yadi, qalbning nurini so’ndiradi. Inson vujudida, qalbning ostidagi oshqozon qaynab turgan qozonga o’xshaydi. Uning bug’I qalbga ko’tariladi. Ko’p yeyish shu bug’ni ko’paytiradi va qalbning qorayishiga, kirlanishiga sabab bo’ladi.
2.Ortiqcha yeyish tana a’zolarining ortiqcha ishlashiga va oqibatda faoliyatining buzilishiga sabab bo’ladi.
3.Ko’p yeydigan kishining bilim va tushunchasi oz bo’ladi.
4.Ko’p eydigan kishining ibodati ozayadi. Chunki badani og’irlashadi, uyqu bosadi, sezgi a’zolari bo’shashib, ibodat qila olmay uxlab qoladi.
5.Ko’p yeyish ibodatdan zavq olishga mone’lik qiladi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) shunday deydilar: "Allohga bo’lgan ishtiyoqdan ayrilmaslik uchun musulmon bo’lganimdan keyin to’yib ovqat yemadim, qonib suv ichmadim".
6.Ko’p yeyishga odatlanishda haromga kirib qolish tahlikasi bor.
7.Ko’p yeydigan kishilarda o’lim qiyin kechadi.
Ochlik va to’qlik
Oz yemoq odamiylik ishi. Ko’p yemoqlik uning asl tabiatiga yot. "Sihat tilasang, ko’p yema", "Asalning ham ozi shirin" degan maqollar bejizga aytilmagan. Mana kam yeyish foydalari va ko’p yeyish zararlaridan ayrimlari:
-kam yeganda, yurak tiniq ishlaydi, ko’p yeyish esa, uni qisib qo’yadi, shuningdek, miya faoliyatiga ham salbiy ta’sir korsatadi;
-och qoringa qilingan ibodatning mazasi "xush yoqadi";
-kam yegan odam xotirjam yuradi, ilm va ibodatiga xalal yetmaydi;
-to’q odamning miyasi kamroq, oshqozoni ko’proq ishlaydi, o’ylaganda ham qorni bilan o’ylaydi;
-to’q ochlarni unutadi;
-kam yeyish bilan tana sog’lom bo’ladi;
-kam yeganning sarfi kam.
Tarixdan bir misol. Madinada tabib yo’qligini eshitib, Shomdan bir kishi tabiblik qilgani keldi. Ancha vaqt tursa ham, hech kim sog’lig’idan shikoyat qilmaydi. Qarasa, yurtda kasal yoq. Hayron bo’lib, sahobalarning bittasidan bu holning sirini so’raydi. Sahobiy: "Kam yeymiz, kam uxlaymiz", deb javob beradi. Tabib: "Agar shunday bo’lsa, bu yerga kasallik kirmaydi", deb yurtiga qaytib ketadi. Albatta, bu o’rinda Payg’ambarimizning (s.a.v.) Madina ahliga salomatlik tilab duo qilganlarini ham unutmaslik kerak.