Sizga ravo ko'rgan sahifalarim...  ( 87008 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


AbdulAziz  10 Yanvar 2008, 22:33:19

Assalomu alaykum!

Internet - ulkan ma'lumotlar, axborotlar ummoni. Undan istalgancha ezgu maqsadlarda foydalansa bo'ladi.
Bu mavzuni ochishdan maqsad mana shu ummonning qa'rida yotgan duru-marvaridlardan bir-birimizni baharamand qilishdir. Bu ummon qa'rida hali necha-necha ochilmagan duru javohirlar mavjud. Ba'zida biror ma'lumotni qidirish bahonasida judayam qiziqarli, boshqa do'stlaringizga ham ilinadigan sahifalar chiqib qoladi. U saytlar mashhur bo'lmasligi mumkin, hech kim bilmasligi mumkin, lekin u yerdagi ma'lumot ko'pchilikni hayratga solishi, ko'pchilikka asqotishi mumkin.

Bu mavzuda ana shunday siz boshqa birodaringizga ravo ko'rgan web-sahifalardan berib boramiz.

Mavzu shartlari:

1. Faqatgina 1 ta web-sahifa keltiring. Sayt nomidan ko'ra o'sha sizga yoqqan sahifa manzilini ko'rsatgan ma'qul.
2. Siz bizga ilingan web-sahifada maqola, she'r, programma, rasm yoxud boshqa manba bo'lishi mumkin.
3. Siz tavsiya etayotgan sahifaga hammaga mashhur saytlarni yozmang. Ularni ko'pchilik yaxshi biladi. Undan ko'ra ko'pchilik bilmaydigan saytlardagi antiqa sahifalarni tavsiya etishga urining.
4. Web -sahifa manzilini yozganingizdan so'ng, shu sahifaga biroz ta'rif berib o'ting.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Yanvar 2008, 22:42:37

O'zim boshlab bersam.

http://www.3dmekanlar.com/

Dunyo masjidlariga virtual sayohatnoma.

Sahifada asosan Saudiya Arabistoni (Masjidul-haram va Masjidun-nabaviy), Turkiya va Yevropa masjidlari o'rin olgan. U yerdagi 4-5 Mblik masjid programmalarini ko'chirib olsangiz, o'z komputeringizda 3D ko'rinish orqali mana shu masjidlarga sayohat qilishingiz mumkin. Unda siz masjidga kirib, uning xonalari, gumbazu peshtoqlari, turfa qandilu mehroblarini, peshtoq va devorlardan naqsh va yozuvlarni tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz. Programma orqali mana shu masjidning 3D ishlanmasini screensaver sifatida o'rnatsangiz ham bo'ladi. Download qilish uchun o'sha masjid rasmi ustida sichqonchani bossangiz kifoya.

Sahifa turk tilida. Uni bemalol tushunsangiz bo'ladi.

PS. O'zim ham shu sahifadagi ko'plab masjidlar 3Dsini download qilib oldim. Masjidul haramni screebsaver qilib oldim. Har gal unga tikilar ekanman, o'zimni o'sha yerda his qilayapman. Allohim, barcha muslim va muslimalar qatori bizga ham O'z Uyini ziyorat qilishni nasib aylasin!

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  10 Yanvar 2008, 23:17:28

Assalom alaykum.
AbdulAziz juda ham zo'r ekan,
Alloh rozi bo'lsin,katta rahmat.

Qayd etilgan


shoir  10 Yanvar 2008, 23:20:31

http://www.irmoq.uz/?mid=155
Harflar ortidagi raqamlar

"Irmoq" jurnalida chop etilgan maqola.
Abjad hisobi va u bilan berkitilgan sirlar haqida.
Raqamlar ostiga yashiringan sirlar va numerologiyaga qiziqqanim bois bu maqola menga juda ma'qul keldi.

Qayd etilgan


Polat  10 Fevral 2008, 00:35:36

O'zim boshlab bersam.

http://www.3dmekanlar.com/

Dunyo masjidlariga virtual sayohatnoma.

Sahifada asosan Saudiya Arabistoni (Masjidul-haram va Masjidun-nabaviy), Turkiya va Yevropa masjidlari o'rin olgan. U yerdagi 4-5 Mblik masjid programmalarini ko'chirib olsangiz, o'z komputeringizda 3D ko'rinish orqali mana shu masjidlarga sayohat qilishingiz mumkin. Unda siz masjidga kirib, uning xonalari, gumbazu peshtoqlari, turfa qandilu mehroblarini, peshtoq va devorlardan naqsh va yozuvlarni tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz. Programma orqali mana shu masjidning 3D ishlanmasini screensaver sifatida o'rnatsangiz ham bo'ladi. Download qilish uchun o'sha masjid rasmi ustida sichqonchani bossangiz kifoya.

Sahifa turk tilida. Uni bemalol tushunsangiz bo'ladi.

PS. O'zim ham shu sahifadagi ko'plab masjidlar 3Dsini download qilib oldim. Masjidul haramni screebsaver qilib oldim. Har gal unga tikilar ekanman, o'zimni o'sha yerda his qilayapman. Allohim, barcha muslim va muslimalar qatori bizga ham O'z Uyini ziyorat qilishni nasib aylasin!

Selamun aleykum!
Abdulazizbey, Allah razi olsun!
Cok guzel mekanlarmis.

Qayd etilgan


Imron  10 Fevral 2008, 01:17:59

http://transliteration.org
Қуръони Каримни срганиш истагида бслган, аммо арабча имлони билмайдиган биродарларга бошланғич манба слароқ қсл келса керак. Қуръони Каримнинг лотин ёзувидаги транслитераяисси. Сайт бслимлари (бош саҳифаси)да тажвиднинг асосий қоидаларини (турли белги ва рангларга ажратиш орқали) мужмалроқ бслса-да, тушунтиришга ҳаракат қилинган. Ҳар бир остни алоҳида аудио воситасида тинглаш имконисти бор. Аммо, шуни унутмаслик керакки, ҳеч қандай восита кишига Қуръони Каримни мустақил срганиш имконини бера олмайди. Яъни, бу воситалар ҳар қанча тараққий стган бслса ҳам, устоздан беҳожат қилолмайди. Лекин, шундай бслса-да, ҳозирги вазистимизни ҳисобга олиб, сзига устоз топа олмаётган, бироқ Қуръонни сқиб-срганиш, остларни тушуниб тадаббур қилиш нистида юрган муслиму муслима биродарларимизга бошланғич ёрдам бслса ажаб смас.

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Fevral 2008, 05:55:28

Assalomu-alaykum.
Bugungi kunda botil aqidalarini Allohning hidoyati sabab islomga alamshtirayotgan insonlar Alhamdulillah juda kop.Lekin moddiy manfaat yoki missionerlar harakatlari natijasidami,balki islomi unchalik yahshi bilmaslik sababdir islomni botil aqidaga almashtirayotgan insonlar ham topiladi.SHunday insonlarga ibratli bir sahifa ekan quyidagi sahifa
  http://noor4.com/site/modules.php?name=Video&op=view&video_id=71

Kirib ko'ring hurmatli dindoshim .Balki sizga ham nimadir manfaat bo'lar.SHahsan menga juda ta'sir qildi bu  Allohni yagonaligiga guvohlik berish va birodarlikka chorlov kalomlari...

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Fevral 2008, 08:42:46

Assalamu alaykum.
Mastura, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
JUda ham ibratli, go'zal lahzalar.
Ko'rib ko'zimdan yosh chiqib ketdi.
Alloh taolo haqiqiy mo'min va mo'minalarni safini ko'paytirsin.
Bu go'zal lahzalarni bizga ilinganingiz uchun ALloh taolo sizni Jannat ila mukofatlasin!!!
Amiyn...

Qayd etilgan


shoir  10 Fevral 2008, 14:42:02

Assalomu alaykum!
Internet orqali bepul SMS jo'natish:

MTS abonentlariga - http://sms.mts.uz/sms.php
Beeline abonentlariga - http://beeline.uz/sms/sms.php
Perfectum abonentlariga - http://cdma.uz/index.php?action=sendsms&m_id=250

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Fevral 2008, 21:22:40

Assalomu-alaykum .

Hurmatli forumdoshlar sizlarga yana bir gozal tuhfani hadiya qilmoqchiman .Bu linkda dunyoda mashhur 5 ta hofizi quron sheyhlarni Quroni Karim tilovatlari va gozal mazmuni berilgan tinglab qalblaringiz rohatlansa,bizning oilamizga bu linkni hadiya qilgan musofir birodarimizning dunyo va ohirat ishlarida hayrli natija berishini so'rab duo qilib qoysalaringiz.
http://www.quranexplorer.com/Quran/?Sura=18&FromVerse=1&ToVerse=110&Reciter=Mishari-Rashid&Translation=Eng-Pickthal-Audio&Zoom=5.2

Qayd etilgan